بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Husiylar iqtisodiy istiqlol degan narsaga erishish uchun Jahon bankiga ishonmoqdalar!
Jahon banki San’odagi Husiylar hukumatiga 150 million dollar miqdorida qo‘shimcha grant ajratishga rozilik berganini e’lon qildi. Bank o‘zining bayonotida «berilayotgan navbatdagi grantlarning muassasalarni saqlab qolishga yordam berishi»ni ta’kidladi. Ushbu kredit BMTning Yamanda faoliyat qilayotgan va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, YuNISEF va boshqa tashkilotlarga beriladi.
Ta’kidlash lozimki, bu haqda Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi quyidagi tabiiy savollarni o‘rtaga tashladi:
«Siz Husiylar o‘z murojaatlaringizda va gazeta sahifalaringizda har doim qarg‘ab, shu orqali tarafdorlaringizni laqillatayotganingiz tashkilot shu BMT emasmidi?! Endi esa, uning sizga grant berish uchun uzatilgan qo‘lini tutyapsiz… Axir, buning o‘rniga tarafdorlaringizni safarbar qilish bilan, bu tashkilotni sindirsangiz bo‘ladi-ku?!».
Matbuot bayonotida Hizb quyidagilarni qo‘shimcha qildi:
«Ey musulmonlar! Sudxo‘rlik muomalasini qilish bilan Allohga urush ochgan mana shu Husiylar bo‘ladi! Axir, nahotki ular Jahon bankidan kredit olish bilan biror jo‘yali ish qilamiz deb o‘ylashayotgan bo‘lsa?! Holbuki, bu bank bir vakil tayinlab, u orqali ayni grantlarni sarflash yo‘llarini ham sizga ko‘rsatib bermoqda-ku?! Biz hayron bo‘lyapmiz, bu Husiylar G‘arbning shunday iqtisodiy muassasalari bag‘riga o‘zlarini otish bilan qanday qilib iqtisodiy mustaqillikka erishishlari mumkin?! Aslida esa, Jahon bankining ularga iqtisodiy ko‘mak berishdan ko‘zlagan maqsadlari odamlarning oshqozonini tuzoq qilishdir. Eng muhimi, Jahon banki Yamandagi iqtisodiy resurslarga ega chiqishni rejalashtirgan ekan, bu rejalari qatoriga Husiylarni ham qo‘shmoqda».
Bayonot quyidagi so‘zlar bilan yakunlandi:
«Jahon banki bilan muomala qilishdan to‘xtashning yagona yo‘li, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishdan iborat. Hizb ut-Tahrir barpo etish uchun faoliyat qilayotgan ushbu davlatgina ribo asosidagi pul muomalasiga chek qo‘yajakdir.
Roya gazetasining 2021 yil 21 iyul chorshanba kungi 348-sonidan