Muborak Shom qo‘zg‘oloni o‘lmadi

294
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Muborak Shom qo‘zg‘oloni o‘lmadi

«Qo‘zg‘olon o‘lmadi» shiori ostida juma kuni Idlibning turli rayonlarida yuzlab shomliklar bir qancha namoyishlar uyushtirdilar. Namoyishlarda jangchi guruhlardan va «kafil» Turkiyadan ko‘chib ketganlarning qaytib kelishini kafolatlash uchun qonxo‘r rejim kuchlarini egallab turgan rayonlardan quvib chiqarishni talab qildilar. Faollarning aytishicha, juma namozidan so‘ng Idlib shahrining markaziy maydonida o‘nlab fuqaro to‘planib, Suriya qo‘zg‘oloni davom ettirilishini ta’kidlagan shiorlarni ko‘tarishgan hamda Xavfsizlik Kengashi va xalqaro hamjamiyatdan Asadni hokimiyatdan qulatib, u va unga yordam berganlarning xalqaro sudga topshirilishini, yurtda sodir etgan qilmishlari uchun ulardan hisob so‘ralishini talab qilganlar.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi raisi ustoz Ahmad Abdulvahhob bayonot nashr qilib, unda quyidagilarni bayon qildi:

«Hammaning nomidan gap sotishdan uzoq holda savol beramiz: yangi asrning eng buyuk qo‘zg‘oloni talablari kimning foydasiga bunchalik bachkanalashtirilyapti, namoyishchilar talab va shiorlari nega odamlarni uylariga qaytarishga qaratilib qoldi?!». «Namoyishlarda odamlarni qirg‘in qilgan, uylaridan quvib chiqargan, ayollarni zo‘rlagan qonxo‘r rejimni ag‘darish chaqiriqlari yangrashi yaxshiroq emasmidi?! Da’vat shiori Amerikaning siyosiy echimini qoralash chaqirig‘i bo‘lsa to‘g‘ri bo‘lmasmidi, axir, bu echim Shom ahlini amerikaparast hukmdorlarga qayta xor va qul qilib beradi-ku… Sizlarga nima bo‘ldi, qanday hukm chiqaryapsizlar-a?!».

Ustoz matbuot bayonoti so‘nggida Allohga duo qilib bunday dedi:

«Allohim, Shom ahliga bu qonxo‘r rejimni qulatadigan va ularni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida azizu mukarram holda o‘z uy-joylariga qaytaradigan kishilarni chiqarib ber».

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati a’zolari Hizbning «Siyosiy echimga – Yo‘q, rejimni ag‘darib Xalifalik barpo etishga – Ha» nomli olib borayotgan kampaniyasi doirasida qator tadbirlar uyushtirdilar. Jumladan, Idlibning «Shomul izzat» qochqinlar lageri yaqinida hamda Shimoliy Idlibdagi G‘arbiy Atma lagerida namoyishlar o‘tkazishdi. Idlib yaqinidagi Arabi Said qishlog‘ida namoyish uyushtirib, «Javloniy» hay’ati qamoqlaridagi mahbus birodarlarning ozod etilishini talab qildilar. Ushbu qishloq ahli o‘z qishloqlarining zulm, xiyonat va malaylik iskanjasida qolganiga qarshi ko‘tarilib, siyosiy harakat uyushtirdilar. Turkiya malaylari (ya’ni, siyosiy echim tarafdorlari) tomonidan bosib olingan hamda rus patrul xizmatining xavfsizligi ostida qolgan o‘z hokimiyatlarining qaytarilishini talab qildilar. Quyidagi savollarni o‘rtaga tashladilar: Turk va ruslarning bu qilmishlarini qanday oqlab bo‘ladi, nahotki mujohidlarimiz bunga sukut qilib, qo‘l qovushtirish bilan zolimga sherik bo‘lib qolaversalar yoki ularning boshqa aytadigan bahonalari bormi?!

Shuni ta’kidlash lozimki, Dayriz Zur sharqidagi ikki shahar: Bog‘uz va Akidotda «Qasad» (Suriya demokratik kuchlari)ning jinoyatlariga qarshi xalq namoyishi bo‘lib o‘tdi. «Furot post» veb-saytida ta’kidlanishicha, ushbu ikki shaharda g‘azabnok xalq «Qasad» kuchlarining oddiy xalqqa qarshi, ayniqsa, seshanba kuni tunda ularning xonadonlariga bostirib kirib, oddiy aholini qamoqqa olishlariga qarshi norozilik namoyishini o‘tkazdilar. Namoyishchilar Bog‘uz trassasini to‘sib olib, qamoqqa olinganlarning ozod etilishini talab qildilar, seshanba kungi bostirib kirish orqali aholini qo‘rqitilishiga qattiq norozilik bildirdilar. «Xobur» veb-saytida ham ta’kidlanishicha, Akidot yangi shahrida «Qasad» kuchlari qilmishlariga nisbatan noroziliklar uyushtirilgan. Bu tadbir ayni kuchlarga qarashli patrul tomonidan seshanba kechasidagi reydda aholiga qarata o‘q uzilib, bir yigitga qattiq jarohat etkazilishi ortidan boshlangan. Ushbu namoyish qatnashchilari ham trassani to‘sib olib, patrul xizmatining shaharga kirishga qarshilik ko‘rsatganlar.

Roya gazetasining 2020 yil 16 sentyabr chorshanba kungi 304-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.