Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik barpo etishga harakat qilish Husiylar nazdida jinoyatdir!

1071
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik barpo etishga harakat qilish Husiylar nazdida jinoyatdir!

Hizb ut-Tahrir – Yaman viloyati matbuot bo‘limi chiqargan bayonotda bunday deyiladi:

«Husiylar o‘tgan rajab oyidan beri San’odagi turmalarida hamon Hizb ut-Tahrirning uch nafar a’zosini saqlab turishibdi. Ularni Xalifalik ag‘darilishining yuz yilligi xotiralari tadbirlarida qatnashishlari ortidan qamoqqa olishgan. Demak, er yuzida Allohning hukmini o‘rnatish uchun harakat qilish Husiylar nazdida jinoyat ekan. Chunki ular islomiy shariat bilan hukm yuritishga da’vat qilayotgan Hizb ut-Tahrir a’zolarini jazoga tortishmoqda… Husiylar hayotning turli sohalarida Islomning hakam qilinmayotganiga, aksincha, G‘arb davlatlarining musulmonlarga zo‘ravonlik qilishlariga rozi bo‘lishmoqda».

Bayonotda quyidagilar ta’kidlandi:

Husiylar qamoqqa olingan yigitlarni qaerda saqlayotganlarini berkitib, ularning oilalariga yolg‘on gapirishyapti… Yigitlarning sihat-salomatliklariga ham mutlaqo e’tibor berishmayapti… Shunday qilmishlaridan keyin odamlar ularni hokimiyat tepasidagi qaroqchilar, deb nega atamasinlar?!».

Bayonot so‘nggida bunday deyildi:

Hizb ut-Tahrir dunyoning qirqdan ziyod mamlakatida faoliyat qilayotgan siyosiy hizbdir. Uning faoliyati siyosiy faoliyat, mabdai Islom, tariqati Rosululloh ﷺning minhojlaridir. Ya’ni Hizb Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida Islom bilan hukm yuritish tariqatini Rosululloh ﷺning minhojlaridan olgan. Zero, Alloh Taolo ushbu davlatni barpo qilishga harakat qilayotgan mo‘minlarga bu dunyo va oxiratda nusrat-yordam berishni va’da qilib, bunday marhamat qilgan:

إِنَّا لَنَنصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ

«Biz Payg‘ambarlarimizga va mo‘minlarga dunyo hayotida ham, guvohlar hozir bo‘ladigan Kunda ham albatta nusrat beramiz» [G‘ofir 51]

Roya gazetasining 2021 yil 21 iyul chorshanba kungi 348-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.