Erdogan yahudiylarning yangi prezidentini tabrikladi

244
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Erdogan yahudiylarning yangi prezidentini tabrikladi

Bu esa, uning Falastin masalasining xoini ekanini isbotlamoqda

RT Arabik veb-sayti (hijriy 1442 yil 2 zulhijja, milodiy 2021 yil 12 iyul dushanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi: «Dushanba kuni kechqurun Turkiya prezidentligi devonining ma’lum qilishicha, Erdogan Gertsogni «Isroil» prezidenti lavozimini egallagani bilan telefon orqali tabrikladi. Suhbat chog‘ida Turkiya-«Isroil» o‘rtasidagi aloqalarning Yaqin Sharq mintaqasi xavfsizligi va barqarorligi uchun katta ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Turkiya va «Isroil»ning turli sohalarda, xususan, energetika, turizm va texnologiya sohalarida katta imkoniyatlarga ega ekanligiga e’tibor qaratildi.

Shu nuqtai nazardan, Turkiya prezidenti – xalqaro hamjamiyat Falastin-«Isroil» mojarosini BMT qarorlari doirasida ikki davlat echimi asosida doimiy va har tomonlama hal qilishga intilmoqda, dedi».

Roya:

Erdogan bilan Gertsog o‘rtasidagi telefon suhbatidan ko‘rinib turibdiki, Erdogan quyidagicha fikrlamoqda. Ya’ni, uningcha, Falastin masalasini Amerikaning ikki davlat echimi bo‘yicha hal etish kerak, shu paytgacha shunday tarzda hal qilinmaganligi davlatlarning yahudiy vujudi bilan turli sohalarda hamkorlik qilishiga to‘siq bo‘lmoqda hamda yahudiylarning urushlar qilishi, qonlar to‘kishi va muqaddas dargohlarni oyoq osti qilishi Erdogan va unga o‘xshagan rahbarlarni noqulay ahvolga solmoqda. Shuning uchun ham Erdogan Falastin masalasining «echim», degan niqob ostida mumkin qadar tezroq yo‘q qilinishini orzu qilyapti… Bunga yahudiy vujudi rozi bo‘lishi uchun unga turli xil va’dalar berib, avrashga tayyor turibdi. Erdoganning pozitsiyasi mana shu. Aslida, pozitsiya to‘g‘ri siyosiy ong ustiga qurilmog‘i darkor. Gap shundaki, Erdogan va uning rejimi Amerikaning piyoda kuchlaridir. Bu piyoda kuchlar musulmonlar qonlari va muqaddas dargohlari hisobiga uning rejalarini bajarib kelishmoqda. Erdoganning yaqinda G‘azo sektoriga qilingan urush paytida Quddusni uch din asosida taqsimlash to‘g‘risidagi taklifi bunga yaqqol dalildir. Uning tuyg‘uni junbushga keltiruvchi bayonotlari esa, ommaviy axborot vositalari yordamida musulmonlardan soddalarini laqillatishdan o‘zga narsa emas.

Shubhasiz, Falastin masalasini yagona echimi bunday malay rejimlarni ag‘darmoq hamda islomiy qo‘shinlarni mustamlakachi davlatlar va ularning malaylari kishanidan xalos etib, Allohu Akbar hayqiriqlari ostida Falastinni ozod etish sari safarbar qilmoqdan iborat.

Roya gazetasining 2021 yil 21 iyul chorshanba kungi 348-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.