Hamduk Sudan krizisi echimini shu krizis sababchilaridan so‘ramoqda!

221
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hamduk Sudan krizisi echimini shu krizis sababchilaridan so‘ramoqda!

Sudan bosh vaziri Abdulloh Hamduk «Milliy krizis, o‘tish davri masalalari – oldinga olg‘a» nomli tashabbus boshladi. Tashabbusning asosiy jihati bo‘lgan «Kengqamrovli siyosiy muvofiqlashuv»ida Hamduk davlat ichkarisidagi qaror chiqaruvchi markazlarni birlashtirish va ularni mushtarak qarashlar asosida ishlatish to‘g‘risida gapirdi.

Shu munosabat bilan Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:

«Sudan Mustamlakachi kofirdan go‘yo «mustaqil» bo‘lganidan buyon siyosiy va o‘tkir iqtisodiy krizisni boshdan kechirmoqda. Kundan-kunga krizis murakkablashib, bosh vazirni echim izlashga undamoqda. Biroq u krizis echimini demokratik kapitalizm tuzumning valyuta fondidan boshqa erdan qidirmayapti! Holbuki, etmish yildan beri siyosiy va iqtisodiy muvaffaqiyatsizlikni keltirgan mana shu Xalqaro Valyuta Fondi bo‘ladi».

Matbuot bayonotida buning echimi quyidagilardan iboratligi aytildi:

«Birinchidan: Islomning boshqaruv, iqtisod va boshqa barcha nizomlari yurtdagi barcha krizisni bartaraf etishga kafildir. Ikkinchidan: Islomda mutlaq xo‘jayinlik shariatnikidir. Hukmdoru fuqaro doxil har bir shaxs Islom ahkomlariga rioya qilishlari shart. Hokimiyat Ummatniki bo‘lib, u hukmdor (xalifa)ning barcha shartlari topilgan hamda Allohning Kitobi va Rosuli ﷺ sunnatlari asosida bay’at qilingan shaxsga beriladi. Bu bilan xuddi Hamduk shikoyat qilayotgan qaror markazlarining turfa xilligiga barham beriladi. Uchinchidan: Islom davlatining yagona qurolli kuchlari bu armiyadir va armiyaning doktrinasi buyuk Islom aqidasidir. Armiyaning vazifasi Alloh yo‘lida jihod qilish va yurt sarhadlarini mudofaa qilishdan iborat. Bu bilan ham qurolli kuchlarning ko‘pqirraligi barham topadi».

Bayonot so‘nggida quyidagilar ta’kidlandi:

«Aynan mana shular krizislarning tub echimidir. Bu esa, faqat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati soyasida amalga oshadi. Hizb ut-Tahrir Ummat bilan birgalikda barpo etishga harakat qilayotgan ushbu davlat Islom ahkomlarini fuqarolar hayotida yashaydigan reallikka aylantiradi va bu bilan Rahmon rozi qilinib, bu dunyoyu oxirat ne’matiga noil bo‘linadi».

Roya gazetasining 2021 yil 7 iyul chorshanba kungi 346-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.