BMT bilan uning ortida turgan AQSh gumanitar yordamlar degan o‘yin bilan siyosiy yutuqqa erishishmoqda, ziyonni esa, Shom qo‘zg‘oloni ko‘ryapti

203
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

BMT bilan uning ortida turgan AQSh gumanitar yordamlar degan o‘yin bilan siyosiy yutuqqa erishishmoqda, ziyonni esa, Shom qo‘zg‘oloni ko‘ryapti

«Zaytun» axborot agentligi o‘zining (hijriy 1442 yil 19 zulqa’da, milodiy 2021 yil 30 iyun chorshanba kuni) nashr qilgan xabarida bunday deydi:

«Evropaning Britaniyadagi qo‘shnichilik munosabatlari bo‘yicha vazirasi Vendi Morton seshanba kuni Suriya-Turkiya o‘rtasidagi Bobul Havo chegara punktini ziyorat qildi. Vazira gumanitar yordam mollari uchun chegara punktining ochiq bo‘lishiga ishonch hosil qilish uchun bordi.

Britaniya hukumati bayonotida Mortanning 10 iyulda BMT Xavfsizlik Kengashida ovoz berish ishi bo‘lib o‘tishi oldidan Bobul Havo chegara punktidan Suriyaga gumanitar yordamlarning qanday etib borayotganini shaxsan o‘zi tekshirish maqsadida borgani aytiladi.

Bayonotda London pozitsiyasi ma’lum ekani ta’kidlandi: «Oziq-ovqat, boshpana, tibbiy materiallar kabi insonlar jonini qutqaruvchi yordam mollarini kiritish hamda hayotiy yordam operatsiyalari davomatini ta’minlash uchun Bobul Havo chegara punkti va boshqa chegara punktlari ochiq qolishi kerak».

Bayonotda Xavfsizlik Kengashining barcha a’zolaridan Suriyaning shimoliy-g‘arbida anchadan beri davom etayotgan og‘ir gumanitar sharoitning yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun insonparvarlik yordamlari o‘tish yo‘llarini kengaytirishga ovoz berish talab qilingan».

Roya:

Bu nimani anglatadi? Suriya rejimi va uning Rossiya bilan Eron doxil ittifoqchilari sodir etayotgan qirg‘in va jinoyatlar ularning qo‘shtirnoq ichidagi insoniyligiga to‘g‘ri kelmasligini anglatadimi?! Yoki ularning qirg‘inlari ular bilan birga yurishni istamaganlarni yo‘lga solish uchun bir vositami?! Hech shubha yo‘qki, BMT bilan uning ortida turgan Amerika insonparvarlik yordamlari, degan o‘yin bilan siyosiy yutuqqa erishishmoqda, ziyonni esa, Shom qo‘zg‘oloni ko‘ryapti. Ular ushbu «insonparvarlik» ishidan insonlarga bosim sifatida foydalanishyapti, toki insonlar rejimni o‘zgarishini talab qilishdan tiyilsinlar va Amerikaning siyosiy echimiga rozi bo‘lsinlar. Ya’ni, qonxo‘r rejim bilan yarashish va uning qo‘yniga qaytib kirish echimini qabul qilsinlar. Ularning 2254-raqamli qarorlaridagi chiroyli gaplari rejimni o‘zgartirish echimi emas. Qaror bo‘yicha rejim boshini o‘zgartirishi mumkin, biroq, qolgan qotillar saqlab qolinadi va jinoyatlari uchun sudga tortilmaydi. Bil’aks, Shom ahli ustidan ularning hukmronlik va zo‘ravonliklarini yanada mustahkamlanadi. Mana sizga xalqaro hamjamiyatning «insonparvarligi», mana sizga 2254-raqamli qarordan ko‘zlashgan asl niyatlari. Chiroyli gaplar, ammo niyatlar nopok!

Roya gazetasining 2021 yil 7 iyul chorshanba kungi 346-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.