KXShT Afg‘oniston shimolidagi vaziyat yomonlashayotganini bildirdi

432
0

KXShT Afg‘oniston shimolidagi vaziyat yomonlashayotganini bildirdi

 Afg‘onistonning shimoliy tumanlarida vaziyat yomonlashmoqda va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotida (KXShT) jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Stanislav Zas ma’lum qildi.

 “Afg‘onistonda, aslida, vaziyat yomonlashmoqda. Halokatli deyolmayman, biroq jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Tojikistonga tojik-afg‘on chegarasida xavfsizlikni ta’minlashda yordam berish zarur”, – dedi u.

 Stanislav Zasning so‘zlariga ko‘ra, u ushbu chegaraning turli uchastkalarida bo‘lgan.

 “Chegarada xavfsizlikni ta’minlash uchun chegarachilarga yordam berish talab qilinadi”, – dedi Zas.

Tashkilot bosh kotibining aytishicha, KXShT chegarada toliblar bilan otishmalarni qayd etmoqda.

 Izoh: Afg‘oniston muammosidan AQSh ham, Rossiya ham o‘z manfaatlari yo‘lida imkon qadar ko‘proq foylanib qolishga harakat qilishmoqda.

 AQSh Afg‘onistonda 20 yilga yaqin olib borgan bosiqinchilik urushida – garchi bu urushga deyarli butun dunyodagi hamkorlarini jalb qilgan bo‘lsada – sharmandali mag‘lubiyatga uchradi. U bu vaqt mobaynida ham ulkan moddiy, ham insoniy yo‘qotishlarga duchor bo‘ldi. Tabiiyki, u shuncha bergan qurbonlik va yo‘qotishlaridan osonlikcha voz kechib, mintaqani Rossiya ihtiyoriga tashlab chiqib ketmaydi. AQSh mintaqada o‘z harbiy ishtirokini saqlab qolish uchun mintaqa davlatlaridan birida harbiy baza barpo etishga jiddiy harakat qilmoqda. Chunki, uzoq vaqt olib borgan bosiqinchilik urushi davomida olib kelgan harbiy texnika, qurol-yaroqlarni yana qaytarib ortga olib ketish qo‘shimcha mablag‘ talab qiladi. Eng maqbul yo‘l bu – Afg‘onistonga qo‘shni O‘rta Osiyo respublikalaridan birida harbiy baza barpo etish. AQSh mintaqadagi davlatlarni o‘z uchun harbiy baza berishga majbur qilish uchun afg‘on qochqinlari muammosidan foydalanishga urunmoqda.

 3 iyun kuni Tojikiston chegarachilari Tolibon harakati bilan janglardan so‘ng chekinishga majbur bo‘lgan 300 nafardan ortiq afg‘on harbiy xizmatchilarini respublika hududiga kiritdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmatiga tayanib “Hovar” agentligi xabar berdi.  Bundan oldin ham 22 iyunda 134 nafar afg‘on harbiysi Tojikistondan boshpana so‘rashga majbur bo‘lgan. 27 iyunda esa yana 17 nafar afg‘on harbiysi toliblar bilan to‘qnashuvlar vaqtida chekinib, Tojikiston tomonga o‘tgan edi.

 O‘zbekiston ham qachoq afg‘on harbiylari muammosi bilan duch kelmoqda. 28 iyunda 47 nafar, 26 iyunda 3 nafar, 27 iyunda 44 nafar afg‘onistonlik harbiy O‘zbekiston chegarasini buzib kirgan, o‘zbek chegarachilari ularni vataniga qaytarib yuborgan edi. Bu hozircha faqat Tolibon bilan janglarda qochib o‘tgan harbiylar. Xali bosqinchi kuchlarga hukm va ijroiy ishlarda yordam bergan, xalqaro kuchlarga tarjimonlikka yollangan mahalliy aholi vakilalri ham turipti. Yaqinda 10 mingdan ortiq tarjimonlikka yollanganlar AQSh hukumatidan boshpana berishlarini so‘rab murojjat bilan chiqishgan edi. Kuni kecha AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Markaziy Osiyodagi uchta davlatdan Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlik qilgan 9 000ga yaqin afg‘onistonlik fuqaroni vaqtincha o‘z hududida joylashtirishni so‘radi. Bu haqda Bloomberg muzokaralardan xabardor bo‘lgan ikki manbasiga asoslanib xabar qildi. Bu qochqinlarni Markaziy Osiyo respublikalaridan boshqa qochadigan yo‘llari qolmagan. Shu sababli ham vaqti kelib Afg‘onistonga qo‘shni respublikalar 9 ming emas, yuz minglab qochiqinlar oqimiga duch kelishlari mumkin. AQSh bu qochqinlar oqimi imkon qadar ko‘proq bo‘lishiga zamin tayyorlab qo‘ydi. Shu sababli ham afg‘on harbiylari butun boshli harbiy bazalarni qarshiliksiz, qurol-yaroq va harbiy texnikalari bilan tashlab chiqib ketishmoqda.

 Rossiya oliy sudi Tolibonni terrorchi guruh deb topib, harakat faoliyatini taqiqlagan bo‘lsada, rasmiy hukumat Tolibon bilan muzokaralar o‘tkazish uchun bir necha bar harakat vakillarini Moskvada qabul qildi. Ba’zi norsmiy manbaalarga ko‘ra, Rossiya hukumati Tolibonni xalqaro kuchlarga karshi kurashidan qurol-yaroq bilan ta’minlab ham kelgan.

 Rossiya ham afg‘on muammosidan O‘rta Osiyodagi o‘zining harbiy ishtirokini yanada kuchaytirish uchun foydalanib qolishga intilmoqda. Kuni kecha KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov “Tojikiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat yuzasidan yordam so‘rasa, unga yordam berishga tayyor”ligini ma’lum qildi. Garchi hozir Tojikistonda 201-sonli Rossiya harbiy bazasi mavjud bo‘lsada afg‘on muammosidan foydalanib o‘zi boshchiligidagi KXShT xalqaro kuchlarini ham kiritishi va yana bir harbiy baza ochishi mumkin. Bundan tashqari, shu bahonada O‘zbekistonni ham KXShTga qaytarishga urinadi.

 Xulosa qilib aytganda, AQSh va Rossiya o‘rtasidagi mintaqa ustidan nufuz talashish kurashi to‘xtagani yo‘q. Aksincha yangi bosqichga – siyosiy va iqtisodiy bosqichdan bevosita harbiy  ishtirok etishga o‘tdi.

 Biz musulmonlar, xususan da’vat yukini ko‘tarib chiqayotganlar bu holatga qarshi sukut saqlashimiz joiz emas. Biz bosqinchi kuchlarga qarshi iymoniy muhitdan kelib chiqqan nafrat va norozilikni paydo qilishimiz shart. Kofirlar musulmonlarning ong-tuyg‘ularini ham zabt etishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim. Zero, haqiqiy mag‘lubiyat bu – onglarimizni ham kofirlar zabt etishidadir. AQSh, undan oldin sobiq SSSRni Afg‘onistonda mag‘lubiyatga uchrashining asosiy sababi ham ular mahalliy aholi ongini zaharlashga qodir bo‘lmaganlarida edi. Agar biz jasadimiz, moddiy boyliklarimiz ortidan zehnlarimizni ham kofirlarga asir qilib bersak haqiqiy mag‘lubiyatga uchragan bo‘lamiz. Ana shunda kofirlar biz va avlodlarimiz ustidan ko‘ngillari tusagan ishni qilish imkoniga ega bo‘lishadi, bundan Alloh saqlasin.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.