G‘azoning sobit turishi hamda siyosiy ekspluatatsiyaning xatari

254
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

G‘azoning sobit turishi hamda siyosiy ekspluatatsiyaning xatari

Ustoz Ahmad Xutvoniy qalamiga mansub

G‘azoning mard ahli yahudiy vujudining vahshiy hujumlari qarshisida sobit turdilar. Bu esa, musulmonlarning kelajakda Ummat ma’rakalarida kufr kuchlariga va tajovuzlariga qarshi eng yirik janglarga ham kirishga qodir ekanini ko‘rsatdi. Bu mardlik bir tarafdan tish-tirnog‘igacha qurollangan va yangi turdagi arsenallarga ega bo‘lgan yahudiy vujudi armiyasi tomonidan qamal qilingan, narigi Sinay tomondan esa, Sisiy rejimi tomonidan qurshovga olingan bir parcha erda ko‘rsatildi.

G‘azoning bu mumtoz sobitligi-mardligi quyidagi ikki haqiqatni keltirib chiqardi:

1 – Bosqinchi yahudiy vujudining zaif va nimjonligi hamda uni muqarrar qattiq mag‘lubiyatga uchratish mumkin ekani.

2 – Musulmonlarda oz imkoniyat bilan ham eng yirik davlatlar ustidan g‘olib kelishga qodir ulkan yashirin qudratning borligi.

G‘azo sektoridagi harbiy etakchilik bosqinchi davlat harbiy kuchlarining zulmu zo‘ravonligiga qarshi turishda muvaffaqiyat qozondi. O‘z navbatida, bu muvaffaqiyat ushbu etakchilik zimmasiga o‘sha qo‘lga kiritgan yutuqlariga munosib biror ta’sirli siyosiy ishlarni qilish vazifasini yukladi.

Siyosiy ishlardagi ekspluatatsiyaning ikki turi mavjud:

1 – Davlatlar va hukumatlarning ekspluatatsiyasi;

2 – Xalqlar va tashkilotlarning ekspluatatsiyasi.

Bu ikki ekspluatatsiya o‘rtasida ulkan jarlik bor. Shu sababli ularning o‘rtasini birlashtirish qiyin, hatto imkonisiz, deyish mumkin. Chunki ular o‘rtasida katta kelishmovchilik bor.

Gap shundaki, bugungi kunda barcha davlatlar va hukumatlar Islomga va musulmon xalqlarga dushman. U erlardagi barcha hukmdorlar mustamlakachilarga yollangan bo‘lib, malay va sotqinlik qilishmoqda. Ularning birini ikkinchisidan yaxshi deb bo‘lmaydi, hammasining loyi va zuvalasi bitta, hech biriga ishonib bo‘lmaydi.

Misr Fors Ko‘rfazi davlatlaridan, Turkiya esa, Eron va Pokistondan farq qilmaydi, hammasining musulmonlar masalasida tili bir. O‘zlarini do‘st, deyayotgan davlatlar o‘zlarini qarshilik, deb atayotgan davlatlardan farq qilmaydi. Xiyonat va malaylikda bu davlatlar etakchiligining boshqa davlatlar etakchiligidan farqi yo‘q, faqat nom va shiorlari boshqacha, xolos.

Shuning uchun, o‘z harbiy qahramonligini ekspluatatsiya qilgan holda amalga oshirgan Hamas etakchiligining eng yomon ishi Eron va Suriya kabi «qarshilik mehvari», deb atalayotgan davlatlar hukmdorlariga maqtovlar yog‘dirishi bo‘ldi. Bu davlatlar o‘z armiyalari bilan Suriya ahlini so‘yib qonini ichganiga, millionlabini azob-uqubatlarga tashlab, o‘z yurtlaridan qochqinga aylantirganiga, uy-joylarni aholisi bilan qo‘shib er bilan yakson qilganiga qaramay, Hamas etakchiligi ularga maqtovlar yog‘dirdi.

Hamas rahbarlari sodir etgan xatolar ichida eng dahshatlisi ularning Falastin ma’muriyatiga yaqinlashish bilan bog‘liq siyosiy ekspluatatsiyasi bo‘ldi. Holbuki, bosqinchi yahudiylar tomonidan G‘azo agressiya qilingan paytda bu ma’muriyat yahudiylar bilan elkama-elka turib, bosqinchilikka qarshi o‘tkazilgan barcha namoyishlarni bostirish bilan shug‘ullandi.

Yaqinda Fath harakatidan ajralib chiqqan Nosir Qudva o‘z bayonoti bilan ma’muriyatning kimligini ochib qo‘ydi. U Falastin ma’muriyati vazifasi faqat bosqinchi davlat bilan xavfsizlik muvofiqlashuviga cheklanmaydi, balki u ayni muvofiqlashuvidan bir muncha katta vazifalar bilan shug‘ullanadi, masalan, Falastin ma’muriyatiga qarashli xavfsizlik guruhlari harbiy amaliy ta’limotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosqinchi armiyadan oladi, dedi.

Demak, Falastin rejimi xavfsizlik sohasida tom ma’noda bosqinchi rejimga aylandi, u bilan muomala qilmoq bosqinchi bilan muomala qilmoqni anglatadi. Shuning uchun, Hamasning vazifasi bunday rejim bilan muomala qilish o‘rniga, uni taxtdan yiqitib, butunlay yo‘q qilishdan iborat edi. Zero, Hamasning yaqindagi jangdan muzaffar holatda chiqishi hozirda eng zaif ahvolda turgan Falastin rejimini ag‘darish uchun oltin fursatdir.

Hamasning Falastin rejimi bilan kelishish orqali xalqaro hamjamiyatga va Amerikaga yaqinlashayotganiga kelsak, bu unga hech qanday foyda keltirmaydi. Aksincha, bu Hamasni halok qiladi va kelajakda bosqinchi davlat bilan muzokara olib borish botqog‘iga tiqadi.

Xolid Mash’al – nima uchun Amerika biz bilan xuddi Tolibonga qilgan muomalasini qilmayapti, degan savolni ko‘tardi. Bizning bunga javobimiz shuki, Amerika Tolibonga nisbatan zaif pozitsiyada muomala qildi, kuchli g‘olib pozitsiyada turolmadi. Tolibon Amerikaning malayi afg‘on hukumatini tan olgani yo‘q, ammo Hamas Mahmud Abbos hukumatini tan oldi. Agar Hamas Falastin ma’muriyatini boykot qilib, tan olmaganda va uni yo‘q qilishga harakat qilganda hamda Falastinning sakson foiz erini hech qanday evazsiz yahudiylarga berib yuborayotgan Falastin Ozodlik (taslim bo‘lish va yon berish) Tashkilotini ham bekor qilganda, shuningdek, bir tashkilot emas, bir siyosiy vujudga asos solganda edi, Amerika va xalqaro hamjamiyat ham u bilan aloqa qilgan bo‘lur edi. Chunki Hamasning bu pozitsiyasi kuchli pozitsiya bo‘lgan bo‘lardi va Amerika u bilan muzokara qilishga majbur bo‘lardi, xuddi kuchli pozitsiyada turgan va o‘zi siyosiy vujud hisoblangan Tolibon kabi.

To‘g‘ri, Tolibon harakatining Amerika bilan muzokaraga o‘tirgani juda katta siyosiy xatodir, buni hech kim inkor etmaydi. Biroq, Tolibonning bu xatosi Hamasning xatosi bilan teng emas. Chunki Hamas malay bir rejim bilan sulhga kelishdi va shu kelishuvi bilan yanada zaiflashdi, shuncha topgan yutuqlarini bir pul qildi.

Hamas harakatining yaqindagi G‘azo urushi ortidan o‘z siyosiy ekspluatatsiyasi orqali sodir etgan uchinchi ulkan xatosi uning tog‘ut Sisiy rejimi bilan hamkorlikni oshirgani bo‘ldi… Axir Sisiy rejimiga umuman ishonib bo‘lmaydi va buni Hamasning o‘zi boshdan o‘tkazgan… qancha-qancha xiyonatlari, jinoyatlari va sotqinliklarini ko‘rgan. Ming afsuski, shu kunlarda mana shu tog‘ut Sisiyning surati G‘azo ko‘chalariga ilib qo‘yildi. Holbuki, Misrdagi «Robiatul adaviy» qirg‘inini sodir etgan va Ixvon hokimiyatini ag‘dargan, hamon misrliklar boshida zulmu zo‘ravonlik bilan o‘tirib, ulardan o‘ch olayotgan mana shu Sisiy rejimi bo‘lsa!

Hamasning siyosiy ekspluatatsiya orqali yo‘l qo‘ygan xatolari bor-bora o‘zini zaiflashtirib, Fath harakati bilan rejimni kuchaytiradi. Malay rejimni u bilan bo‘ylasha oladigan darajaga ko‘taradi. Vaholanki, hali ham kech emas, Hamas oldida bu rejimdan butkul qutulish imkoniyati bisyor.

Mana shunday xatolar sababli anavi Bashar Asadning qabih yuzi chiroyli qilib ko‘rsatildi hamda eronlik hukmdorlarning Shom diyorlaridagi nufuz va jinoyatlari yanada kuchaydi.

Bu xatolarning yaqindagisi sababli Sisiy rejimi G‘azodagi o‘zining nufuzini kuchaytirishda qonuniy bahonaga ega bo‘ldi.

To‘g‘ri va haqiqiy siyosiy ekspluatatsiya faqat xalqqa cheklanadi, undan nariga o‘tmaydi. Bu – nusrat yutuqlarini doimiy himoya qiladigan xalq bazasi asosidagi yagona ekspluatatsiyadir.

Roya gazetasining 2021 yil 9 iyun chorshanba kungi 342-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.