Zulm tayoqlari emas, balki er yuzining eng yaxshi qo‘shini bo‘ling

264
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Zulm tayoqlari emas, balki er yuzining eng yaxshi qo‘shini bo‘ling

Ustoz Abdulxoliq Abdun Ali

Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi

matbuot bo‘limi a’zosi

Xalq bazasiga tayanmagan ruvaybiza hukmdorlar xalqlarni bostirishda odatda, armiya va politsiyadan foydalanadi. Holbuki bu xalqlar o‘zlarining oddiy huquqlarini talab qilgan hamda ishlarini boshqarmay, butunlay tashlab qo‘yishgani sababli tog‘ut hukmdorlarga qarshi qo‘zg‘algan edilar. Aslini olganda, bu ish odamlarning nafaqat oddiy huquqlaridan biri, balki Islom tomonidan zimmalariga yuklagan vojib muhosaba hamdir. Zero, ruvaybiza hukmdorlar ularga hayotning barcha sohalarida turli azob-uqubatlarni tottirib, zolim kapitalistik tuzumni tatbiq qilish bilan hayotlarini qaro qilib kelmoqdalar.

Alloh Subhanahu va Taolo bunday dedi:

كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ

«Insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo‘ldingiz. Zero siz ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasiz» [Oli Imron 110]

Termiziy Huzayfadan qilgan rivoyatda Rosululloh ﷺ bunday deydilar:

«وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَتَأْمُرُنَّ بِالْمَعْرُوفِ وَلَتَنْهَوُنَّ عَنْ الْمُنْكَرِ، أَوْ لَيُوشِكَنَّ اللَّهُ أَنْ يَبْعَثَ عَلَيْكُمْ عِقَاباً مِنْهُ ثُمَّ تَدْعُونَهُ فَلَا يُسْتَجَابُ لَكُمْ»

«Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, sizlar yo ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasizlar yoki Alloh sizlarning ustingizga o‘z dargohidan bir jazo yuborur. Keyin duo qilaverasizlar, (lekin) duolaringiz ijobat qilinmaydi».

Abu Hurayradan Bayhaqiy, Tabaroniy va Ibn Hibbon Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladilar:

«إِنَّهُ سَيَكُونُ عَلَيْكُمْ أُمَرَاءُ يَعْمَلُونَ بِمَا يَعْلَمُونَ، وَيَفْعَلُونَ بِمَا يُؤْمَرُونَ، وَسَيَكُونُ مِنْ بَعْدِهِمْ أُمَرَاءُ يَعْمَلُونَ بِمَا لَا يَعْلَمُونَ، وَيَفْعَلُونَ مَا لَا يُؤْمَرُونَ، مَنْ أَنْكَرَ فَقَدْ سَلِمَ، وَلَكِنْ مَنْ رَضِيَ وَتَابَعَ»

«Ustingizga shunday hukmdorlar keladiki, bilgan narsalariga amal qiladilar va o‘zlariga buyurilgan ishlarni bajaradilar. Ulardan keyin yana shunday hukmdorlar chiqadiki, bilmagan narsalariga amal qiladilar va o‘zlariga buyurilmagan ishlarni bajaradilar. Kimda-kim ularni qaytarsa, gunohdan salomat qolibdi. Biroq, rozi bo‘lib, ergashsa bormi…».

Termiziy Ka’ba ibn Ajuradan sahih sanad bilan rivoyat qiladi: Rosululloh ﷺ bizning oldimizga chiqdilar, biz to‘qqiz kishi edik. Ul zot bunday dedilar:

«اسْمَعُوا! هَلْ سَمِعْتُمْ أَنَّهُ سَيَكُونُ بَعْدِي أُمَرَاءُ، فَمَنْ دَخَلَ عَلَيْهِمْ فَصَدَّقَهُمْ بِكَذِبِهِمْ وَأَعَانَهُمْ عَلَى ظُلْمِهِمْ فَلَيْسَ مِنِّي وَلَسْتُ مِنْهُ وَلَيْسَ بِوَارِدٍ عَلَيَّ الْحَوْضَ، وَمَنْ لَمْ يَدْخُلْ عَلَيْهِمْ وَلَمْ يُعِنْهُمْ عَلَى ظُلْمِهِمْ وَلَمْ يُصَدِّقْهُمْ بِكَذِبِهِمْ فَهُوَ مِنِّي وَأَنَا مِنْهُ، وَهُوَ وَارِدٌ عَلَيَّ الْحَوْضَ»

«So‘zimni eshitinglar! Eshitganmidinglar, mendan keyin kelajakda shunday hukmdorlar bo‘ladiki, kimda-kim ularning oldiga kirib, yolg‘onlarini tasdiqlasa, zulmlariga yordam bersa, bas, u mendan emas, men undan emasman va Havzimga tushmas. Kimda-kim ularning oldiga kirmasa, zulmlariga yordam bermasa, yolg‘onlarini tasdiqlamasa u mendandir, men undanman va u Havzimdan suv ichar».

Bu va boshqa dalillar tashriiy manbalarimizda juda ko‘p. Ularning barchasidan hukmdorlarni ishlari va xatti-harakatlari ustidan muhosaba qilish farz ekanligi tushuniladi. Agar hukmdorlar fuqarolar haq-huquqini poymol etsa, yoki ular oldidagi o‘z vazifalarida qusurga yo‘l qo‘ysa, yoxud fuqaroning biror ishiga e’tiborsizlik qilsa, xususan, Islom ahkomlariga zid ish tutib, Alloh nozil qilgan narsalar bilan hukm yuritmasa, bunday holatlarda ularni o‘zgartirishga bo‘lgan mazkur buyruq qat’iy buyruq bo‘lib qoladi. Hukmdorlarni munkardan qaytarish uslublari kuch ishlatish, kuch bilan tiyib qo‘yish va qattiq gapirish, bosim qilish, tinch namoyishlar o‘tkazish, maqolalar yozish va shariat muboh qilgan shu kabi boshqa uslublardan iboratdir. Bunday hukmdorlarni munkardan qaytarmagan kimsa gunohda ularga sherik, deb e’tibor qilinadi. Hukmdorlarni muhosaba qilmagan musulmonlar gunohda ularga sherik hisoblanar ekan, buning dalili ularni muhosaba qilishning farzligi, ularga qattiq turish va e’tiborsiz bo‘lmaslik to‘g‘risidagi qarinadir.

Ey musulmon qo‘shinlar!

Sizni o‘zlari istagan vaqtda va istagan tarafga safarbar qilayotgan bu tog‘ut hukmdorlarga qo‘g‘irchoq bo‘lib qolavermang.

Ey Islomning eng yaxshi qo‘shinlari!

Armiya-qo‘shinlar bu maqsadda ta’sis etilmaydi. Siz eng yaxshi qo‘shinlarsizmi, demak asl vazifangiz Ummatingiz tarafida turish, Islomga va bechoralarga nusrat berish, Allohning kalimasi oliy bo‘lib, kofirlar so‘zi tuban bo‘lishi uchun Alloh yo‘lida jihod qilishdan iboratdir. G‘oyangiz ikki go‘zal ishdan biri bo‘lmog‘i darkor. Ya’ni hech ortga qaytmay nusrat quchish yoki Alloh yo‘lida shahid bo‘lishdir. Bas, ushbu go‘zal ishni ko‘z oldingizga keltiring va shaytonlarni do‘st tutgan, AQSh va kofir G‘arbga malaylik qilayotgan hukmdorlaringizga itoat qilmang. O‘z xalqingizning dushmanlari bo‘lmang hamda mustamlakachi kofir G‘arbning ularga zulm qilishdagi quroliga aylanib qolmang.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلاَ تَوَلَّوْا عَنْهُ وَأَنْتُمْ تَسْمَعُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Rosuliga itoat qilingiz va (Qur’onni) eshitib turib, undan yuz o‘girib ketmangiz!»  [Anfol 20]

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا أَطِيعُوا اللَّهَ وَأَطِيعُوا الرَّسُولَ وَلاَ تُبْطِلُوا أَعْمَالَكُمْ

«Ey mo‘minlar, Allohga itoat etingiz va Rosuliga itoat etingiz va amallaringizni botil-befoyda qilib qo‘ymangiz!» [Muhammad 33]

Siz Allohning

إِنَّ رَحْمَتَ اللَّهِ قَرِيبٌ مِنَ الْمُحْسِنِينَ

«Allohning rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir» [A’rof 56]

degan va’dasiga inoning, Ummati Muhammadga ishoning. Chunki u juda ajoyib yaxshilikka boy Ummat bo‘lib, Allohning o‘zi uni dini uchun saralab chiqargan va insonlarga guvoh qilgan. Bugun Islom Ummati juda og‘ir musibatlarga uchramoqda, ammo shunga qaramay, u Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish bilan Rosululloh ﷺning bashoratlarini – Allohning izni ila – albatta ro‘yobga chiqarishga qodirdir. Ummat shuningdek, Allohning izni ila, er yuzini kofirlar va ularning malaylaridan tozalashga, Rimni fath etishga, Islomni er yuzining mag‘ribidan to mashriqigacha yoyish bilan ushbu bashoratni ro‘yobga chiqarishga qodirdir.

Ey eng yaxshi qo‘shin!

Buni ro‘yobga chiqarish uchun Xalifalikni barpo etish, Allohning dinini er yuzida g‘olib qilish va uni da’vat va jihod orqali butun dunyoga olib chiqish g‘oyasi yo‘lida faoliyat qilayotganlarga nusrat-yordam berishga loyiq qo‘shinga aylanishingiz lozim. Ogoh bo‘ling, ushbu g‘oya uchun Hizb ut-Tahrir kunduzlarini tunlarga ulab, molu jonini sarflab hamda rabboniy mohir ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshta – hafizahulloh – etakchiligi ostida faoliyat qilmoqda. Hizb Payg‘ambarimiz alayhissalomning

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi», degan bashoratlari ro‘yobga chiqmagunicha o‘z faoliyatini to‘xtovsiz davom ettiradi.

Allohim, ushbu yaxshilikni Ummati Muhammadga etkaz va uning farzandlari va qo‘shinlari dillarini ochib, qalblarini haqqa moyil qil.

Allohim, musulmonlar dillarini bir-birlariga ulfat ayla, oralarini isloh et, ularni nusrating va roziliginga etkaz.

Roya gazetasining 2021 yil 9 iyun chorshanba kungi 342-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.