Moliyaviy krizislar va raqamli valyutalar

310
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Moliyaviy krizislar va raqamli valyutalar

Doktor Muhammad Jiloniy

2008 yil mashhur «ipoteka krizisi» sababli yirik moliyaviy krizis portladi va butun jahon bozorlarining, xususan, AQSh bozorining trillionlab dollarini yo‘qotishiga, ko‘plab banklarning yopilib, dunyoning yirik kompaniyalari bankrotga uchrashiga olib keldi. Haqiqiy pullar o‘rnini egallagan virtual xayoliy pullarning inflyatsiyaga uchragani sababli shunday qulash yuz berishi muqarrar edi. Chunki qimmatbaho qog‘ozlar bozorlari va sudxo‘rlik pullari bozorlari orqali, ayniqsa, ipoteka kreditlari bilan bog‘liq bozorlar orqali xayoliy pullar o‘sdi va ko‘paytirildi.

Ushbu moliyaviy krizis kelib chiqishining sabablaridan biri «miqdoriy yumshatish» nuqtai nazaridan kelib chiqib, banklarning trillionlab dollarni riboli kredit sifatida berilishini keng yo‘lga qo‘yishi bo‘ldi. Buncha yirik miqdordagi dollarlarni AQSh Federal banki bozorga «Internet pufagi», deya tanilgan sobiq krizis oqibatida to‘kkan edi. Ammo ushbu moliyaviy krizisning asosiy sababi boshqa. Bu krizis kapitalizm hukmronligi ostidagi butun olamni o‘z domiga tortgan ekan, uning bir necha asosiy sabablari bor bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilarda aks etadi:

1972 yil dastlab dollar, so‘ngra jahon valyutalari oltin tizimidan ajratildi. 1984 yilda esa, moliyaviy o‘sish (ya’ni AQSh dollari) iqtisodiy o‘sishdan ajratildi. Pulni iqtisodiy o‘sishdan juda yuqori nisbatda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ygan bu narsa «deregulation-deregulyatsiya» (ajratish qonuni), deb ataldi. Mana shu ikki sabab moliyaviy bozorlardagi aktsiyalar narxlarining keskin oshishiga, keng miqyosda protsentli kreditlar berilishiga, binobarin, yirik miqdordagi pul boyligining to‘planib qolishiga olib keldi. Chunki bu boylikning muqobili na oltin edi va na haqiqiy mahsulot. Shu bois, xayoliy pullarning bug‘lanishiga va ayni turdagi pul bilan bog‘liq ko‘plab korxona va muassasalarning yopilishiga olib kelgan krizisning yuzaga kelishi aniq edi va bu 2008 yilda yuz berdi. Uning oqibatlari hamon saqlanib qolmoqda.

Bunday o‘tkir moliyaviy krizis, ko‘pchilikni biror bir chiqish yo‘lini qidirishga undadi. Ular bu kabi krizislarning xavfini kamaytirishga, umuman odamlarning pulini tejashga urindilar. Taklif etilgan echimlar kapitalistik tuzum shaklini o‘zgartirish, bo‘shliqlarni to‘ldirish va kompaniyalarning qimmatbaho qog‘ozlar bozorlariga kirishi jarayonini qonuniylashtirishdan iborat bo‘ldi. Aftidan, yuz berishi muqarrar bo‘lgan ayni moliyaviy krizislar oqibatlarini yumshatish uchun o‘rtaga tashlangan echimlar raqamli kripto-valyutani, ayniqsa, bitkoinni paydo qilgan ko‘rinadi. Bitkoin rasman 2008 yilning sakkizinchi oyida paydo bo‘ldi va bu eng yomon illatlardan ogohlantiruvchi moliyaviy krizis davri edi. Ushbu bitkoin g‘oyasi rasmiy muomaladagi pul mablag‘laridan uzoq ravishda va moliyaviy muomaladagi alьternativa sifatida o‘rtaga chiqdi. Ayni alьternativa asosan hech qanday qadri yo‘q xayoliy pul ekanligi, uni xayoliy pul bozoriga kiritish va oltin valyutaga bog‘lamaslik bilan bir necha lahzada havoga uchib ketishi o‘z isbotini topdi. 2008 yil 18 avgustda Bitkoin nomli birinchi shirkat AQShda qayd etildi. Ushbu raqamli kripto-valyuta 2009 yildan boshlab birinchi martda amalda muomalaga kira boshladi. So‘ng, shu valyuta bilan muomala qilishga rozi bo‘lgan muassasalardan tovarlar sotib olish uchun pul sifatida taklif qilindi. Misol uchun, ilk bor bitkoin bo‘yicha savdo bitimi 2010 yil boshida Amerikadagi «Papa John’s» kompaniyasining 10 ming bitkoinga pitstsa sotib olishi bilan amalga oshdi. Bitkoin paydo bo‘lgan vaqtda, aslida, hech kim uni pul sifatida qayd etgan yoki tanigan emas, faqat tovar ayirboshlash vositasi sifatida tanilgan, xolos. Undan ko‘pincha kichik do‘konlardan buyumlar sotib olish uchun foydalanildi. Bu holat 2013 yilgacha davom etdi va o‘shanda bir bitkoinning o‘rtacha narxi 10 dollar qiymatida saqlanib turdi, ammo moliya bozorlarida u bilan muomala qilinmadi… Faqat bitkoinlarga erishish operatsiyasiga, ya’ni blokchayn, deb nomlangan shifrlangan dasturiy ta’minot tizimlariga cheklanib qolindi. Quyidagi jadvalda bitkoinning 2009 yildan 2013 yilgacha bo‘lgan narxlari ko‘rsatilgan.

Biroq, 2013 yildan keyin bitkoin ham qimmatbaho qog‘ozlar kabi o‘n minglab dollarga etishi mumkin bo‘lgan faraziy, xayoliy qiymatga ega bo‘lgan tovar sifatida sotib olina boshladi. 2014-2020 yillardagi jadvalda ko‘rsatilganidek, bitkoin hech qanday davlatga bog‘lanmadi.

Bu turdagi tovarlarning eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, u hech qanday naqd pul yoki moliyaviy valyutani o‘zida shakllantirmaydi. Chunki pul davlat yoki siyosiy vujudga uzviy bog‘liqdir hamda qanday davlat bo‘lmasin, uning moliyaviy xususiyatlaridan biri pul-valyutadir. Buni bir qator narsalardan ko‘rish mumkin: Birinchidan: Valyuta narxini, ya’ni naqd pulni, sotib olish qiymatiga yoki global almashuv qiymatiga nisbatan belgilash uchun bevosita javobgar davlatdir. Keyin, odamlarning qo‘lida muomalada naqd pulning bo‘lishiga javobgar ham davlat. Shu bois, pul har qanday holatda ham davlatdan yo‘qolib qolmasligi kerak. Faqat tuzum almashib yoki bosqin bo‘lib, davlatning o‘zi yo‘qolib qolgan holatdagina pul ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Chunki pul bor bo‘lish va yo‘q bo‘lishda davlatga suyanadi. Bitkoin kabi kripto-valyuta, degan narsaga kelsak, uni miyasida saqlab turuvchi elektron tizimda biror buzilish yuz bersa, u butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu hol bitkoin tizimida texnik sabablarga ko‘ra bir necha marta – faqat bir necha soat bo‘lsa ham – sodir bo‘ldi. Bunday texnik nosozlik vaqtida bitkoin muomalasi butunlay to‘xtab qoldi. Bundan tashqari, davlatga qarashli pul davlatning o‘zi va muassasalari tomonidan kafolatlangan bo‘ladi. Agar davlatning litsenziyasiga ega biror bank xakerlik hujumiga uchrasa va ko‘plab odamlarning puli o‘g‘irlangan bo‘lsa, demak, davlat mana shu qonuniy mablag‘larni to‘laydi. Biroq, bitkoin holatida esa, kimning hisobi buzilgan bo‘lsa, uning ichidagi barcha mablag‘ini yo‘qotadi, uning mulkini to‘lanishiga hech qanday javobgar tomon topilmaydi. Shuning uchun, kripto-valyutani, asosan bitkoinni pul deb bo‘lmaydi. Chunki naqd pul – bu biror suveren davlat tomonidan chiqarilgan va maxsus qonun bilan belgilangan almashuv qiymatiga ega tovar va xizmatlarni olish vositasidir.

Darhaqiqat, denyodagi yirik moliya muassasalar bitkoin kabi kripto-valyuta tizimi bilan pul sifatida emas, balki tovar sifatida muomala qilishyapti. Ushbu tovar esa, real talab va taklif asosida narxi ko‘tarilishi va tushishi mumkin. Darvoqe, Nьyu-York Fond Birjasi (NYSE) 2019 yilning olti oyi ichida bitkoinni Nьyu-York bozorlarida almashinadigan tovarlar ro‘yxatiga kiritishga harakat qildi. O‘sha vaqtdan beri bitkoin narxi moliya bozorida sodir bo‘layotgan voqealar asosida keskin ko‘tarilib-tushib bilan o‘zgara boshladi. Masalan, «Tesla» elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniya bitkoinda 1.5 milliard sarmoya kiritganini e’lon qilgach, bitkoin narxi 70 ming dollardan oshib ketdi. Keyin o‘sha investor tomonidan katta miqdorda bitkoin sotilgach, uning narxi orqaga qaytdi.

Shuni unutmaslik kerakki, bu kripto-valyutalar uchun bitkoin tizimi 2008 yilda xayoliy pul inflyatsiyasi sababli yuzaga kelgan moliyaviy krizisni bartaraf qilish maqsadida taklif qilingan. Biroq, bu tizim xuddi o‘sha moliyaviy falokat girdobida yana qaytib kelib, ishga tushdi hamda ayirboshlanadigan xayoliy valyuta tizimiga aylanib qoldi. Borib-borib krizis portlab, odamlar o‘zlarining mulki, deya xayollagan barcha mablag‘ asfala sofilinga qarab ketadi.

Demak, insonlar pullarining himoyasini faqatgina haqiqiy manbaga tayangan, haqiqiy qonunga binoan tuzilgan moliyaviy nizomgina kafolatlaydi. Bu esa, o‘z qonunlarini mustahkam poydevor asosidagi odil tuzumga muvofiq ishlab chiqqan davlatdagina bo‘ladi. Shubhasiz, bu – Xalifalik davlati bo‘lib, u barcha qonunlarini adolat va ezgulikka buyuruvchi shariatga asoslangan holda chiqaradi. Xalifalik davlati naqd pulni faqat oltin va kumush asosida chiqaradi. Shu orqali xayoliy pul vujudga kelishini oldini olib, insonlar pulini himoya qiladi, ishlab chiqarishni oltin boyligini saqlashga olib keladigan darajada oshiradi… Toki, oltin boyligi odatda omadsiz kapitalistik tuzumda uchrayotgani kabi, narx-navoning oshishi va inflyatsiya oqibatida zoe ketmasin.

Roya gazetasining 2021 yil 9 iyun chorshanba kungi 342-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.