Shimol-janub yo‘li: loyiha qiymati 937 million dollarga ko‘tarildi

134
0

Shimol-janub yo‘li: loyiha qiymati 937 million dollarga ko‘tarildi

 Transport, arxitektura, qurilish va aloqa vaziri o‘rinbosari Nurlanbek Kayinbaev shimol-janub muqobil yo‘liga jalb qilingan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 Unga ko‘ra, ushbu loyihaning umumiy qiymati 937 million 500 ming dollarga baholanmoqda. Bundan 857 million 400 ming dollari foizli qarz, 46 million 200 ming dollari grantdan iborat. Ushbu mablag‘lar Xitoyning “Eksimbank”i, Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot bankidan olingan. Qirg‘iz hukumati loyihaga 33 million 700 ming dollar qo‘shgan.

 Izoh: 2014-yili Qirg‘iziston transport va aloqa vaziriligi shimlo-janub muqodil yo‘lini qurish loyihasini amalga oshira boshladi. Yangi barpo etiladigan yo‘lning umumiy uzunligi 433 kilometrni tashkil etadi. Yo‘l qurilishi boshlangan datlabki vaqtda loyihaning umumiy qiymati 850 million dollarga baholangan edi. Dastlabki hisob-kitoblarda har bir kilometr yo‘l uchun o‘rtacha 2 million dollar sarflanadigan bo‘ldi. Loyihaning asosiy moliyalovchisi odatdagidek Xitoyning “Eksimbank”i bo‘lib, loyiha uchun 700 million dollar mablag‘ ajratgan. Loyihaning amalga oshirish esa Xitoyning “China Road & Bridge Corporation” kompaniyasiga topshirildi. Loyiha uch bosqichdan iborat bo‘lib, reja bo‘yicha 2022-yili foydalanishga topshirilishi kerak…

 Rasmiylar tomonidan Qirg‘iziston mustaqillikka erishaganidan bera amalga oshirilayotgan eng katta loyihalardan biri sifatida taqdim qilib kelayotgan mamlakat shimolini janub bilan bog‘lovchi avtomobil yo‘li aslida mamlakatni cheksiz qarz botqog‘iga botirishga xizmat qiladi xolos. Bunday deyishmizga sabab, bugungi kunda Qirg‘izstonning aosiy moliyaviy kreditori bo‘lgan Xitoy biror mamlakatda amalga oshirishi rejalashtirilgan loyiha uchun qarz ajratadigan bo‘lsa, qarz ajratuvchi bank ham, uni amalga oshiradigan pudratchi ham Xitoy kompaniyasi bo‘ladi. Kompaniya loyihani uskunalar va ishchi kuchi bilan ta’minlaydi. Shu tariqa olingan qarzlar tasarrufi to‘lig‘icha Xitoy nazorati ostida bo‘ladi va pullar mohiyatan Xitoyda qoladi. Bishkek IES, “Datka-Kemin” EUL uchun Xitoyning “Eksimbank”i qarz ajratdi, pudratchi esa TBEA kompaniyasi bo‘ldi. Bundan tashqari loyiha uchun qarz olayotgan davlat pudratchining ishlariga aralasha olmaydi, kompaniya qurilishda foydalanayotgan texnika va uskunalarni qanchaga sotib olayotganini, Xitoydan olib kelingan ishchilarga qancha maosh to‘layotganini, ishning sifatini nazorat qila olmaydi. Xitoyning pudratchi kompaniyasi esa loyiha qiymatini o‘z manfaati va istagiga qarab oshirib boraveradi. Masalan, Bishkek IESning rekonstruktsiya qilish daastlab 250 million dollarga baholangan edi. Biroq, Xitoyning pudratchi TVEA kompaniyasi tomonidan narxlar sun’iy oshirilishi natijasida loyihaning oxirgi narxi 386 million dollarga borib taqaldi. “Eksimbank”dan olingan 386 million dollar kredit 2033-yilga qadar 480 million qilib qaytarilishi kerak. Shimol-janub loyihasi ham boshlanganidan beri 87,5 million dollarga qimmatladi.

 Qolaversa, Qirg‘izistonning “ avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonuniga binoan yangi qurilgan yo‘llarning kafolat muddati 5 yil, qayta tiklangan yo‘llar uchun kamida uch yil bo‘lishi  belgilangan. Yangi qurilayotgan yo‘lning sifati ham shunga qarab bo‘ladi. Demak, shartnomaga muvofiq, Qirg‘iziston yangi qurilgan yo‘l to‘liq foydalanishga topshirilmay turib yaqin kelajakda har bir kilometri uchun 700 mingdan 1,5 million dollargacha mablag‘ sarflab yo‘lni kapital ta’mirlashni boshlashiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, buncha mablag‘ qirg‘iz hukumatida mavjud emas, demak ta’mir uchun yana qarz olishga majbur bo‘ladi. Shu tariqa qarz charxpalagi to‘xtovsiz aylanaveradi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.