Chegara muammolari xal bo’lganicha yo’q

462
0

uAjA8JWn-YnDChegara muammolari xal bo’lganicha yo’q

Qirg’iziston bosh vazirining o’rinbosari Abdurahmon Mamataliev 6 iyul kuni Jalolobod viloyatining Suzoq tumaniga uyushtirgan ish safari davomida qirg’iz-o’zbek chegarasini borib ko’rdi, unga viloyatning kuch tizimlari rahbarlari hamrohlik qilishdi.

Suzoq tumani O’zbekiston bilan 60 kilometrlik chegaraga ega bo’lib, shundan 2 kilometri bahsli hisoblanadi. O’zbekiston va Qirg’izistonni ajratib turadi. 1986 yilgi xaritaga binoan ayrim joylarda chegara daryoning Qirg’iziston tomonidagi qirg’og’i bo’ylab o’tadi.

Tuman aholisi avvalroq Qoradaryo qirg’oqlarini mustahkamlash va unda to’g’on qurish ishlari o’tkazilayotganida O’zbekiston davlatlararo chegarani Qirg’iziston ichkarisiga qarab 300 metrga surayotganidan shikoyat qilgan, shuningdek, Qoradaryo o’zani o’zgargani yuzasidan tushuntirish berilishini so’ragan.

Bosh vazir o’rinbosari mahalliy aholi bilan uchrashuv chog’ida O’zbekiston tomoni chegarani Qirg’iziston ichkarisiga surayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga daryo qirg’og’ini mustahkamlash ishlarini olib borish bo’yicha topshiriq berganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, Abdurahmon Mamataliev mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari rahbarlarini dolzarb masalalar bo’yicha aholi orasida tushuntirish ishlari olib bormayotgani uchun tanqid qildi.

Turkiston:

Chegaralar muammolari, shu mintaqadagi davlatlarning o’zaro muammolari emas. Balki xalqaro siyosatni boshqarib kelayotgan katta davlatlar tomonidan atayin ilgari surib kelinayotgan muammolardan biridir. Bu Qirg’iziston yoki O’zbekiston hukumatlari tomonidan o’z manfaatlarini ilgari surib atayin uyushtirib kelinayotgan ish ham emas. Negaki ularning barchasi shu chegaralardagi har qanday muammolardan faqat ziyon ko’rib kelishadi. Davlatlararo kelishmovchiliklar ortidan o’rtalaridagi chegara to’siqlarini kuchaytirish yoki umuman berkitib olish bilan yakun topadi. Bu esa har ikki tomon xalqi uchun ijtimoiy, iqtisodiy muammolar keltirib chiqarish bilan bir qatorda, etnik millatlarga qarshi millatchilik harakatlari kelib chiqishiga ham asos bo’ladi.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.