Dayton yasagan ma’muriyat qamoqqa olish reydlari orqali yahudiylarga yordam bermoqda

215
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Dayton yasagan ma’muriyat qamoqqa olish reydlari orqali yahudiylarga yordam bermoqda

«Majd» veb saytida (hijriy 1442 yil 17 shavvol, milodiy 2021 yil 29 may shanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Bugun shanba kuni «Adolat uchun Advokatlar» guruhining ma’lum qilishicha, Falastin ma’muriyati xavfsizlik xizmati bosib olingan G‘arbiy Sohilda bir qator huquq faollari va ozod etilgan asirlarni tergovga chaqirish va qamoqqa olish kampaniyasini o‘tkazgan.

«Adolat uchun Advokatlar» guruhi xavfsizlik xizmati tomonidan G‘arbiy Sohilda ikki hafta mobaynida qamoqqa olish reydi olib borilganini aytgan. Unga ko‘ra, qator huquq faollari va ozod etilgan asirlardan iborat qamoqqa olinganlar yigirma nafardan oshgan, tergovga chaqirilganlar esa, juda ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ularning qamoqqa olinishiga qarshilik harakati bilan G‘azodagi bosqinchi kuchlar o‘rtasida sulh e’lon qilinishi ortidan ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifalarida Quddus va G‘azoni qo‘llab-quvvatlab, bildirgan izohlari sabab bo‘lgan.

Shuningdek, «Adolat uchun Advokatlar» guruhi G‘arbiy Sohilning turli rayonlarida davlat razvedka xizmati tomonidan ham yigirmaga yaqin qamoqqa olish va bir necha faollar bilan sobiq asirlarni tergovga chaqirish holatlariga guvoh bo‘lgan. Shu jumladan, bir necha kun muqaddam sobiq siyosatchi va hozirda asirlikdan ozod etilgan Haysam Sayyojning ham suhbatga bormagani uchun qamoqqa olinganini ham guvohi bo‘lgan.

Guruh ushbu qamoqqa olinganlardan bir qanchasining o‘zlari yashab turgan rayondan Ariha shahriga etap qilinishlari ortidan tahqirlash, kaltaklash va haqoratlashlarga duch kelganliklarini, bu Falastin qonunini ham, Falastin ma’muriyati imzo chekkan xalqaro shartnomalarni ham qo‘pol ravishda buzish hisoblanishini ta’kidladi. Shuningdek, «Adolat uchun Advokatlar» guruhiga ko‘ra, Falastin xavfsizlik xizmati har bir amalga oshirgan qamoqqa olish operatsiyasida vakolatli organlardan qamoqqa olish to‘g‘risida order olmasdan, qo‘pol ravishda qonunni buzgan».

Roya:

Ilgari yahudiy vujudi Quddus va G‘arbiy Sohilga yirtqichlarcha hujum qilib, G‘azo sektoriga vahshiylarcha adovat qilgan vaqtda Falastin ma’muriyati maydondan yo‘qolib, tuyaqush kabi qumga boshini tiqib olardi. Bu safar bu badbashara vujud Aqsoni oyoq osti qilib, G‘azoni bombardimon qilar hamda G‘arbiy sohilda qirg‘inlar sodir etar ekan, Falastin ma’muriyati qumdan boshini chiqardi-da o‘zining xavfsizlik xizmatini safarbar qilib, G‘arbiy Sohilda faollarga, asirlikdan ozod etilganlarga va Quddus va G‘azoga yordam berishga qaratilgan xalq tadbirlari ishtirokchilariga qarshi quturgan qamoqqa olish kampaniyasini o‘tkazish bilan bosqinchi yahudiy davlatini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Falastin ma’muriyatining bu qilmishlari shubhasiz, butun Falastin ahliga, ayniqsa, G‘azo sektori ahliga qarshi eng xunuk jinoyatlarni sodir etgan yahudiy vujudiga ko‘rsatgan xizmatlaridir. U bu bilan o‘zining mustamlakachi kofir G‘arb tomonidan yasalgan iflos qo‘g‘irchoq ekanini minginchi marta isbotladi. Zero, u G‘arb manfaatlariga xizmat qilish hamda bosqinchi yahudiy vujudini mudofaa qilish uchun paydo qilingan ma’muriyatdir. Shuning uchun yahudiy vujudi ojiz qolgan paytda unga yordam bermoqda, keti ochilib qolganda yopmoqda, vaziyat murakkablashib, omadsizligi ko‘rinib qolganda, unga chiqar yo‘lni tayyorlab bermoqda. Zero, Falastin ma’muriyatining yagona tashvishi o‘z ta’sirini saqlab qolish muqobilida, yahudiylar bilan xavfsizlik kelishuvini tatbiq qilishdir. Zotan, uning ta’siri ham mana shu jirkanch vujud minnat qilib belgilab berganchalik hajmda bo‘ladi, xolos…

Falastin ahli bunday zolim ma’muriyatga baralla ovozlari bilan qarshi chiqib, qamoqxonalarda va xavfsizlik erto‘lalarida qolayotgan o‘z farzandlarini ozod etishga uni majbur qilmoqlari kerak. zero, ular bunga qodirdirlar. Chunki odamlarning ko‘tarilishi oldida va ular bilan to‘qnashishda bu ma’muriyat juda zaifdir. Odamlar bu borada katta tajribaga egalar va bunga hamma guvoh bo‘lgan. Biroq odamlar Falastin ma’muriyatining jinoyatlariga sukut qilaversalar, u holda, ma’muriyat haqni gapirgan yoki uning siyosatini tanqid qilgan kishilarga qarshi qaroqchiligi va zo‘ravonligini yanada kuchaytiraveradi.

Roya gazetasining 2021 yil 9 iyun chorshanba kungi 342-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.