Uch rayosat o‘rtasidagi kurash xalqaro kuchlarning Tunisni yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish jinoyatiga tortishlari uchun qulay imkoniyat yaratib beradi

214
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Uch rayosat o‘rtasidagi kurash xalqaro kuchlarning Tunisni yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish jinoyatiga tortishlari uchun qulay imkoniyat yaratib beradi

«Sado net» veb-saytida (hijriy 1442 yil 22 jumodussoniy, milodiy 2021 yil 4 fevral payshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Hizb ut-Tahrir «Tunisdagi mavjud uch rayosat (parlament, hukumat, prezidentlik ma’muriyati) o‘rtasida siyosiy kurash ketayotgan bir paytda, G‘arb davlatlarining mustamlakachilik rejalari»ga ilinib qolishdan ogohlantirdi. Hizbning ta’kidlashicha, Tunisga tuzoq qo‘ygan xalqaro moliyaviy va siyosiy kuchlar hokimiyat ustida bo‘layotgan qizg‘in nizodan foydalanib, yurtning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligi uchun muqarrar tanlov sifatida, Tunisni ham sionist vujud bilan munosabatlarni normallashtirish to‘lqiniga tortishmoqchi.

Hizb ut-Tahrirning siyosiy bo‘limi raisi Abdurauf Omiriy payshanba kuni Hizbning Arьyana shahridagi ofisida matbuot forumi o‘tkazib, unda Tunisdagi siyosiy vaziyatning izdan chiqishi sababini quyidagicha izohladi: «Buning sababi, uchala hokimiyatning xalq manfaatlari va orzu-umidlari hisobiga o‘zaro bemaza tortishuv va kurashlar bilan shug‘ullanayotganidir. Chunki ular qasddan xalqning real masalalarini yo‘q qilishga qaratilgan rolьni o‘ynash bilan bandlar. Bu rolь kapitalistik tuzum va mustamlakachi davlatlar rejalariga muvofiq, xalqning bo‘ynidan bog‘lab olib, uning zaminiga mutlaq ega chiqishdir».

Roya gazetasining 2021 yil 10 fevral chorshanba kungi 325-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.