Falastin: Entoni Blinken Yaqin Sharqqa safar qildi

192
0

Falastin: Entoni Blinken Yaqin Sharqqa safar qildi

Xabar qilinishicha, AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Falastinda sodir bo‘lgan so‘nggi xodisalar sababli Yaqin Sharqqa safar qilgan. Safar davomida Blinken (isroil) bosh vaziri Benyamin Netenyaxu bilan uchrashdi. AQSh davlat kotibining safari 27-mayga qadar davom etadi. U Falastin, Iordaniya, Misr rahbarlari bilan yuqori darajada uchrashuvlar o‘tkazishi xabar qilindi. Entoni Blinken (isroil) xavfsizligini himoya qilib, u o‘zini mudofaa qilish huquqiga ega ekanligini ta’kidladi va prezident Baydenning parda ortidagi diplomatiyasi yordami bilan Falastinda o‘q otish to‘xtatishga erishilganini aytib: “Ikki tomondan ham yo‘qotishlar bo‘ldi”, – dedi.

Ushbu xabar va bayonotlardan ko‘rinib turiptiki, biz avvaldan aytib kelayotgan haqiqat o‘z isbotini topmoqda. Bu haqiqat – AQSh boshchiligidagi xalqaro hamjamiyat Falastin masalasiga faqat (isroil) manfaatlarini himoya qilish uchungina aralashadi! Mana, AQSh davlat kotibi Falastinga borib yahudiylarning xavfsizligi uchun jon koyitmoqda, (isroil) o‘zini mudofaa qilish huquqiga ega deb yahudlarni vahshiy jinoyatlarini oqlayotgan bo‘lsa, “Ikki tomondan ham yo‘qotishlar bo‘ldi” deb (isroil) qirg‘inini yashirmoqda. Aslida 11 kun davom etgan ushbu qirg‘inda falastinlik 250dan ortiq musulmon o‘ldirildi, ko‘pchiligi jarohatlandi, ularning uy-joylari va turli inshaotlar vayron bo‘ldi. Bu ikki tomon emas, balki faqat bir tomon yo‘qotishlarga uchraganini ko‘rsatib turipti. Agar 1948-yildan beri o‘ldirilgan musulmonlar soni va vayron bo‘lgan uylarni hisoblaydigan bo‘lsak, Falastinda tarixdagi eng dahshatli genotsid bo‘layotganiga guvoh bo‘lamiz.

Blinkenning bunday harakatlari va bayonotlari boshqa davlatlarga Falastin masalasiga aralashishda qanday mavqeni ushlash kerakligi borasidagi ogohlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Blinken musulmonlarni Falastin muammosining haqiqiy echimidan chalg‘itishga va ularni Falastinga insonparvarlik yordami ko‘rsatish ishlariga burishga urinmoqda. AQSh davlat kotibi ushbu safar doirasida Iordaniya va Misrga ham borishi xabar qilindi. Demak, AQSh (isroil) xavfsizligini himoya qilayotgan bu ikki davlatga alohida e’tibor qaratmoqda. Sababi, musulmon mamlakatlardagi ushbu ikki rejimning o‘ziga xos o‘rni bor. Falastinda musulmonlar hududlari hisoblangan faqat ikkitagina hudud qoldi, bular – G‘arbiy Sohil va G‘azo. Ayni mana shu ikki rejim G‘arbiy Sohil va G‘azo bilan chegaradosh: Misr G‘azo bilan, Iordaniya esa G‘arbiy Sohil bilan chegaradosh. Yahudiylar musulmonlarni qanchalik qirg‘in qilishmasin, qanday azob-mashaqqatlarga solishmasin Iordaniya va Misr rejimlari musulmonlarga yordam ko‘rsatish uchun chegaralarin ochmaydi, aksincha (isroil) xavfsizligini ta’minlash uchun chegaralarni qattiq qo‘riqlaydi. Iordaniya va Misrdagi musulmonlar falastinlik birodarlariga yordam berisha olmaydi. Falastinlik musulmonlar yahudiylar qirg‘inidan qochib Iordaniya yoki Misrdagi birodarlari tomonga o‘ta olmaydi. So‘nggi voqealar bu haqiqatni yanada aniqroq ko‘rsatdi. Masalan, yahudiylar falastinlik musulmonlarni bo‘mbabo‘ron qilishni kuchaytirganda Iordaniya-G‘arbiy Sohil chegarasidag minglab musulmonlar yig‘ilib, chegarani ochishni talab qilishdi, minglab shahid bersak ham Quddusni ozod qilamiz degan shiorlarni ko‘tarishdi. Biroq, Iordaniya rejimi chegarani ochish u yoqda tursin, yig‘ilgan musulmonlarning yo‘lini to‘sib, ularni tarqatishga harakat qildi.

Misrga keladigan bo‘lsak, bu rejim Misr-G‘azo chegarasida joylashgan Sinay yarim orolini “polgonga” aylantirgan. Misr rejimi har doim bu hududda ketma-ket harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib, to‘xtovsiz “terrorchilarni” o‘ldirayotgani yoki qo‘la olayotganini ko‘rish mumkin. Bu hudud alohida harbiy zonaga aylangan. Shu sababli musulmonlar Falastinga yordam berish u yoqda tursin, hatto Falastin deb shior ham ko‘tara olmaydi, chunki shu zahoti “terrorchi”ga chiqarilib o‘ldiriladi yoki qamoqqa olinadi. Iordaniya rejimi (isroil)ni sharq tomondan himoya qilayotgan bo‘lsa, Misr rejimi janub tomondan mudofaa qilmoqda. Ushbu ikki rejim ham, ayniqsa so‘nggi voqealarda, xalq qarshiligiga qaramay o‘z chegaralarini qattiq ushlab turishdi. Shu sababli ham AQSh davlat kotibi Blinken bu ikki rejim rahbarlari bilan yuqori darajada uchrashishi xabar qilindi. Blinken ularning ko‘rsatgan “qahramonlik”lari uchun maqtab, “bu ishinglardan voz kechmanglar” demoqchi.

Shuning uchun (isroil)ning yo‘q qilinishi va Falastinni ozod bo‘lishi musulmon yurtlardagi rejimlar qulashi bilan boshlanadi. Shuningdek, Falastin masalasi insonparvarlik masalasi emas, bu – musulmon armiyalari ozod qilishi vojib bo‘lgan musulmonlarning taqdiriy masalasidir. Falastin musulmonlardan insonparvarlik yordami emas, balki ularni yahudiylar zulmidan ozod qiladigan buyuk qo‘shinni kutmoqda.

Xorun Abdulhaq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.