Tolibon qo‘shni davlatlarni o‘z hududida AQSh bazalarini joylashtirmaslikka chaqirdi

385
0

Tolibon qo‘shni davlatlarni o‘z hududida AQSh bazalarini joylashtirmaslikka chaqirdi

 “Tolibon” harakati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni o‘z hududiga chet el bazalarini joylashtirmaslikka chaqirdi.

 Toliblar OAVda AQShning Markaziy Osiyo mintaqasida harbiy bazalarini joylashtirish haqidagi rejalari haqidagi ko‘plab xabarlar tarqalishi ortidan shunday bayonot berdi.

 Bayonot matni RIA Novosti ixtiyoriga kelib tushgan.

 “Biz o‘z erimizdan boshqalar xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligini bir necha marta ma’lum qildik va boshqalarni ham o‘z erlari va havo hududlaridan mamlakatimizga qarshi foydalanmaslikka chaqiramiz”, – deyiladi Tolibon bayonotida.

 Shuningdek, “Tolibon” aks holda “barcha mashaqqat va qiyinchiliklar uchun javobgarlik bunday xatolarni sodir etganlarning zimmasiga yuklatilishini” ta’kidlagan va qo‘shni davlatlarni chet el kuchlarini joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy chorlagan.

 Avvalroq Amerika nashri “Wall Street Journal” AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini chiqargach, ularni Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirishi mumkinligi, ammo ayni vaqtda kelishuvlar yo‘qligi haqida xabar qilgan edi. Vashington 11 sentyabrgacha Afg‘onistondan qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishi haqida ma’lum qilgan.

 Izoh: AQSh Afg‘onistonda olib borgan 20 yillik bosqinchilik urushida mag‘lubiyatga uchradi. Amerika “Tolibon” harakatini harbiy yo‘l bilan yo‘q qilolmagach, o‘z oldida faqatgina Tolibonni muzokaraga tortish yo‘li borligini tushunib etdi. Chunki Amerikaning Afg‘on urushidan mag‘lubiyatga uchraganini ko‘rsatmagan holda chiqishi uchun bundan boshqa variant yo‘q edi. Bu variant Amerikaning Afg‘onistondagi strategiyasiga aylandi. Shu sababli ham u “Tolibon” bilan muzokaralar olib bordi va erishilgan kelishuvga muvofiq joriy yilning 11-sentyabriga qadar afg‘on zaminida chiqib ketishi zarur.

 Ammo, AQSh 20 yil mobaynida bergan qurbonliklari va sarflagan yuz milliard dollarlaridan voz kechib, mintaqadan osonlikcha chiqib ketmasligi aniq. Bundan tashqari, 20 yil davomida tashib kelgan qurol-yaroq, harbiy texnika va boshqa “lash-lushlarini” qaytarib o‘z yurtiga olib ketish ham qo‘shimcha sar-harajatlarni talab qiladi. Shu sababli ham AQSh Afg‘onistondan chiqib ketar ekan Markaziy Osiyo respublikalaridan birida o‘zi uchun harbiy baza barpo etish harakatiga tushdi. AQShning mintaqadagi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston bilan harbiy bazalar bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqda xabarlar paydo bo‘la boshladi. Bu ko‘rinish esa Rossiya uchun istalmagan holat. Rossiya biror respublika AQSh va’da qiladigan pulga uchib o‘z hududidan harbiy baza uchun er berishga qaror qilishini oldini olish va AQShga mintaqada kim xo‘jayin ekanligini ko‘rsatib qo‘yish maqsadida qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli mojaroni keltirib chiqardi.  Bu orqali u mintaqa davlatlariga o‘z qudratini va “tinchlik garanti” ekanligini, AQShga istagan vaqtda mintaqada yangi “bosh og‘rig‘i” paydo qilishga qodirligini ko‘rsatib qo‘ydi. Qalaversa o‘z vaqtida AQSh harbiy bazasini chiqarib yuborishni va’da qilgan va va’dasining ustidan chiqmagan Bakiev qanday badal to‘lagani Markaziy Osiyo respublikalari rahbarlarining yodidan chiqqanicha yo‘q…

 Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar o‘z hududida AQSh harbiy bazasi uchun joy bermaslikka qaror qilishsa ham bu – “Tolibon” harakatining ogohlantirishi yoki musulmon musulmonga qarshi kofirga yordam bermasligi zarur degan e’tiborda emas, balki Rossiya intiqomidan qo‘rqqanlari sababli bo‘ladi. Bu malay rahbarlarga qolsa, mustamlakachi kofir xo‘jayinlarini rozi qilish uchun o‘z xalqni hech o‘ylab o‘tirmay qurbon qilib yuborishadi. Bunga qirg‘iz-tojik chegarasidagi so‘nggi xodisa yaqqol misoldir. Ammo Toliban ham o‘z bayonotida “Biz o‘z erimizdan boshqalar xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligini bir necha marta ma’lum qildik va boshqalarni ham o‘z erlari va havo hududlaridan mamlakatimizga qarshi foydalanmaslikka chaqiramiz”, – deyish bilan kofirlarning Ummatni davlatchalarga parchalash rejasini tan olyapti.

 Abdurahmon Odilov 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.