Sadir Japarov Putin bilan uchrashdi

211
0

Sadir Japarov Putin bilan uchrashdi

 24 may kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Sochi shahrida Rossiya prezidenti Vladimr Putin bilan uchrashdi.

 Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan, uning davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.

 “Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, shu jumladan KXShT, MDH va ShHT doirasidagi hamkorlik, shuningdek, Evrosiyo iqtisodiy integratsiyasini chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarga alohida e’tibor qaratiladi”, – deyiladi xabarda.

 Bundan tashqari, tomonlar koronavirus pandemiyasiga qarshi choralarni, shu jumladan Qirg‘izistonga Rossiya vaktsinalarini etkazib berishni muhokama qilishni rejalashtirmoqdalar.

 Izoh: Sadir Japarov ham prezidentlikka saylangach o‘tmishdoshlari kabi birinchi rasmiy safarini Moskvadan boshlagan edi. Odatdagidek, bu safardan foyda ko‘rgan faqat Rossiya bo‘ldi. Safar ortidan Jeruy oltin koni Rossiyaga “qo‘shqo‘llab” topshirib yuborildi. Ammo Japarov safar oldidan va’da qilgan gaz narxini arzonlatish va boshqa muhim masalalar hal bo‘lmay qolaverdi. Hozirga qadar qirg‘iz xalqi gazning 1000 kub.metr uchun 220 dollardan haq to‘lab kelmoqda. Hatto, o‘tgan yili pandemiya sababli jahon bozorida gaz narxi tushib ketganida ham Qirg‘izistonda gaz arzonlamadi. “Gazprom” va’da qilgan gazlashtirish ishlari ham oddiy xalq hisobidan olib borilmoqda. Uyiga gaz tushirmoqchi bo‘lgan odam “gazchilarga” trubasidan tortib devorga qoqiladigan miqigacha olib bermoqda. Bundan tashqari, Japarovning Putin bilan uchrashib qaytganidan so‘ng maktablarda o‘quvchi qizlarning ro‘moli yana “kun tartibiga” chiqdi.

 Bu safargi uchrashuvda Putin Japarovga qirg‘iz-tojik chegarasi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam berish uchun barcha sa’y-harakatlarni ko‘rishini ma’lum qildi. Rossiya chegara masalasida qanday yordam berganiga yaqindagina barchamiz guvoh bo‘ldik. Rossiya boshchiligidagi KXShT, ShHT yoki EOII bilan aloqalarni kuchaytirish qullik kishanini yanada mustahkamlash xizmat qiladi xolos. Shunday ekan Japarovning navbatdagi safaridan ham xalqimiz uchun biror manfaatli bo‘lgan o‘zgarishni kutish o‘rinsiz.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.