Shayx Jarroh rayoni Ummat va uning armiyalari uchun hujjatdir

138
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shayx Jarroh rayoni Ummat va uning armiyalari uchun hujjatdir

Shayh Jarrohda sodir bo‘lgan hodisa butun Falastin ahliga, xususan, Quddus ahliga qarshi to‘xtovsiz ravishda sodir etilayotgan qator azob-uqubatlarning navbatdagisi bo‘ldi. Bu ilgari 1948 yilda o‘z erlari va uy-joylaridan ko‘chirilgan oilalarga nisbatan qo‘llanilgan navbatdagi ko‘chirib yuborish hodisasidir. Bosqinchi yahudiy vujudining xatti-harakatidan shu narsa ochiq ko‘rinib turibdiki, u Quddus ahlini o‘z yurtlaridan quvib chiqarish va o‘rinlariga kelgindi yahudiylarni erlashtirish uchun ularni quvg‘in qilishda davom etadi.

Shu bois, Shayx Jarroh rayonida sodir bo‘lgan hodisa muammoning tub echimi yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlashdan hamda Falastin ahlini o‘z tuproqlariga qaytarishdan iborat ekanini, unga aslo gumanitar muammo sifatida qarab bo‘lmasligini, xuddi Iordaniya rejimi Shayx Jarroh aholisiga nisbatan qilgani kabi yahudiy vujudi zo‘ravonligi natijasida kelib chiqqan oqibatlarga echim berishdan ham iborat emasligini ko‘rsatib turibdi. Zero, Iordaniya rejimi Falastinni ozod etish va aholisini o‘zlarining shahar va qishloqlariga, uy-joylariga qaytarish o‘rniga, (UNRWA) bilan hamkorlikda 28 nafar oilani Quddusga qochqin oilalar sifatida erlashtirib, 1948 yilda bosib olingan erlardan quvilgan qochqinlik huquqidan mahrum qildi. Mana, bugun yahudiy vujudi mana shu 28 oilani yana quvg‘in-tazyiq ostiga olmoqda, Iordaniya rejimi esa, ulardan voz kechib, yana orqalaridan pichoq uryapti, hatto ko‘chmas mulklarga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini ham bermayapti.

Shayx Jarroh ahli o‘z uylariga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatga muhtoj emaslar, chunki shundoq ham ular shu zaminning egalaridir. Buni o‘z uylaridan jilmay, mulklarini sabot bilan himoya qilish bilan, shuningdek, bosqinchi yahudiy vujudi, ko‘chmanchi yovuz to‘da hamda mustamlakachilarning nopok sudlari qarshisida tik turish bilan isbotladilar. Shunga qaramay, ular real xavf ostidalar. Chunki yahudiy vujudi ularni o‘z uy-joylari va ko‘chmas mulklariga egalik qilish huquqidan voz kechgan holda vaqtincha yashab turish yoki ko‘chib ketish variantlaridan birini tanlashga majburlamoqda. Bugun musulmon xalqlar hukmdorlarning xiyonat qilishayotganini, Falastin masalasidan voz kechib, yahudiylar bilan hamkorlik qilish va munosabatlarni normallashtirish yo‘liga o‘tishganini hamda zo‘ravonligi va qaroqchi yahudiy vujudi Shayx Jarroh ahliga va Aqso masjidiga qarshi qanday qilmishlarni sodir etayotganini, hammasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib turibdilar. Shu bois, ular bu hukmdorlarga qarshi ko‘tarilmoqlari va armiyalardan Quddus ahliga va muborak Aqso masjidiga nusrat-yordam berishni talab qilmoqlari lozim. Ana shunda, Hittin va Ayn Jolut ma’rakalari qayta boshlanib, bosqinchilarni quvib soladilar va ushbu muborak zaminni ularning iflosligidan poklab, fuqarolarni ularning jinoyatlaridan, yovuzliklaridan qutqaradilar.

Muborak Aqso masjidini ozod etish uchun bo‘lgan haqiqiy harakat mustamlakachi davlatlardan himoya so‘rash bilan ham, Xavfsizlik Kengashi kabi tashkilotlar yig‘inini o‘tkazish bilan ham – chunki bu tashkilotlar insonlar borasida na ahdga va na burchga boqadigan yirik davlatlar qo‘lidagi quroldir – shuningdek, qoralash va norozilik bildirish bilan ham bo‘lmaydi. Balki musulmon yurtlari armiyalaridan bu manfur yahudiy vujudini ildizi bilan qo‘porib tashlashni va uning yomonligidan musulmonlarni qutqarishni talab qilish bilan bo‘ladi. Bundan boshqa yo‘l tutilsa, Aqso masjidi yana yahudiylarning bostirib kirish va iflos qilmishlaridan azob chekaveradi, Quddus va Falastin bosqinchilar olovida jizg‘inak bo‘laveradi.

Bu Islom Ummati armiyalari va qo‘mondonlariga qaratilgan hayqiriqdir. Bas, dushman bilan til biriktiruvchi bu qo‘rqoq rejimlarga shuncha itoat qilganingiz etar endi… Diningizga nusrat-yordam berish, Payg‘ambaringiz ﷺning Isro maskanini va birinchi qiblangizni ozod etish uchun harakatga keling… Harakatga kelib, yahudiylarni o‘nlab yillardan beri himoya qilib kelayotgan barcha zararkunanda davlatchalar va xoin rejimlarni yo‘q qiling. Agar xolis niyat qilsangiz va ahd-paymon bersangiz, bu juda osondir, chunki Alloh siz bilan, U amallaringizni hargiz besamar ketkazmaydi.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انفِرُواْ فِي سَبِيلِ اللَّهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الأَرْضِ أَرَضِيتُم بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنَ الآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الآخِرَةِ إِلاَّ قَلِيلٌ  إِلاَّ تَنفِرُواْ يُعَذِّبْكُمْ عَذَاباً أَلِيماً وَيَسْتَبْدِلْ قَوْماً غَيْرَكُمْ وَلاَ تَضُرُّوهُ شَيْئاً وَاللَّهُ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

«Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z eringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?! Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltirur. Sizlar esa U zotga biron ziyon etkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir» [Tavba 39]

Roya gazetasining 2021 yil 12 may chorshanba kungi 338-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.