Tojikiston va Qirg‘iziston o‘z mamlakatlaridan qo‘shni davlat pasporti bo‘lgan shaxslarni deportatsiya qilmoqda

430
0

Tojikiston va Qirg‘iziston o‘z mamlakatlaridan qo‘shni davlat pasporti bo‘lgan shaxslarni deportatsiya qilmoqda

 So‘nggi bir necha kun ichida Qirg‘iziston hukumati tojik pasporti bo‘lgan 42 kishini mamlakatdan chiqarib yubordi. Ularning aksariyati Tojikistonning Laxsh viloyatida yashovchi qirg‘izlar va Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtlari talabalaridir.

 Laxsh viloyati vakili Fayzullo Barotzoda deportatsiya qilinganlar bilan tojik-qirg‘iz chegarasida shaxsan o‘zi uchrashganini aytdi. “Ularning barchasi koronavirus sinovidan o‘tgan. Endi ular o‘z uylarida. Ular orasida asosan oilalar, qolganlari esa talabalar edi. Besh fuqaroda ikki fuqarolik aniqlandi”, – dedi tuman rahbari.

 Laxsh tuman hokimiyati mahalliy aholi Qirg‘izistondan 3, 4 va 6 may kunlari deportatsiya qilinganligini ta’kidladi.

 Ayni paytda, Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari – Eurasia Today, AkiPress AkiPress va 24.kg xabarlariga ko‘ra, Tojikiston ham Qirg‘iziston pasporti bilan Laxsh viloyati aholisini deportatsiya qilgan. 24.kg axborot agentligi “muhojirlar”ning qarindoshlariga asoslanib xabar berishicha, faqat pasportini o‘zgartirishni rad etgan fuqarolar chiqarib yuboriladi.

 “Biz darhol ta’kidlaymizki, hech kim hech kimni majburlamaydi, bosim yo‘q. Qirg‘iziston fuqarolari hokimiyatga taklif qilinadi va ularga bir oy ichida qirg‘iz pasportidan voz kechib, Tojikiston pasportini berish taklif etiladi. Ko‘pchilik rozi bo‘lib, Tojikistonda qolmoqda. Va qarshi bo‘lganlardan mamlakatni tark etishni so‘raladi”, – deya rasmiylarning so‘zlarini keltiradi 24.kg muxbiri.

Ma’lumki, Rossiya O‘rta Osiyoda kim “xo‘jayin” ekanligini ko‘rsatib qo‘yish uchun chiqargan qirg‘iz-tojik chegarasidagi qurolli to‘qnashuvlarda  qurbon bo‘lganlar, jabr ko‘rganlar asosan tinch aholi vakillari bo‘ldi. Har qirg‘iz hukumati ham, tojik hukumati ham ushbu qonli to‘qnashuvlar ortida Rossiya turganligini aniq bilsada unga qarshi bir so‘z aytishga yoki qarshi biror harakat qilishga jur’at qilishmadi. Aksincha, ular bir birlaridan “qasos” olishga kirishib ketishdi. Rasmiy hukumatlarning mazkur kurashida ham jabr ko‘rayotganlar yana oddiy fuqarolar bo‘lmoqda. Har ikki hukumat Rossiya bilan har qanday aloqalarni uzish, uni o‘z erlaridagi ishtirokiga barham berish o‘rniga, pasporti yo‘qligini bahonasi ostida odamlarni oilasi, farzandlaridan ayrib deport qilishi, talabalarni chiqarib yuborishi “yomonning kuchi yapaloqqa” etganini bildiradi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.