Islom Ummati bir butun Ummat bo‘lishi vojibdir

349
0

Islom Ummati bir butun Ummat bo‘lishi vojibdir

Inson hayotda yashar ekan, atrofdagi boshqa insonlar bilan birlashib yashashi uning tabiiy sifatidir. Ammo nsonlar o‘rtasidagi bu birlashuv gohida vatanparvarlik tuyg‘usi asosida yuzaga kelsa, gohida millatchilik tuyg‘usi asosida yuzaga keladi, gohida esa mabdaiy aqidalar asosida yuzaga kelishi mumkin. Vatanparvarlik yoki Millatchilik tuyg‘usi asosida paydo bo‘lgan birlik faqat tuyg‘udangina kelib chiqqani uchun, tuyg‘u qo‘zg‘alganda mavjud bo‘lib, tuyg‘u so‘nishi bilan osonlik bilan yo‘q bo‘lib ketadigan birlikdir. Shuning uchun Vatanparvarlik yoki Millatchilikni birlik uchun asos qilib olish juda xatarli. Ammo aqidadan kelib chiqqan, ayniqsa aqlga asoslangan aqidadan kelib chiqqan birlik esa, metindek mustahkam birlik bo‘ladi. Masalan, tarixdan ma’lumki, sahrolarda tarqoq holda yashagan va kuchlisi zayifini qul qilib kelgan xalqlarning Islom aqidasi asosida birlashuvi natijasda qudratli buyuk Ummat yuzaga keldi. Oq tanli bilan qora tanlini, arab bilan ajamni, kuchli bilan zaifni, kambag‘al yurtlar bilan boy yurtlarni birlashtirgan bu aqida tarixda ajoyib namunalar qoldirdi. Islom Ummati ushbu birlik tufayli fikriy, iqtisodiy, ilmiy cho‘qqilarni zabt etdi. Hatto shu darajaga yuksaldiki, u bilan – musulmonlar u yoqda tursin – hatto yahudlar, nasroniylar va majusiylardan iborat zimmiylar ham butun dunyoga faxrlanardi.

Ammo so‘ngi paytlarda fikriy qoloqlikni boshidan kechirgan Islom Ummati har tarafdan itdek tashlangan kufr davlatlarining hujumlariga dosh bera olmay qoldi. Kufr ahli Sayks-Piko shartnomasi bilan Islom Ummatini mayda, tarqoq, hatto o‘zini ham himoya qila olmaydigan davlatchalarga bo‘lib tashladi. Avvalgi birlikdan nom nishon ham qolmadi. Kufr ahli Islomiy Ummat o‘rtasiga sun’iy chegaralar tortib, “uni himoya qilish vatanparvarlik, qahramonlik” degan soxta g‘oyalarni singdirib keldi. Bu esa Ummat boshiga xorlik, sharmandalik va insoniy musibatlar keltirdi. Bu musibatlarga bugungi kunimizda ham guvoh bo‘lib turibmiz. Chunki bu sun’iy chegaralar Ummatni parchalash va bir biriga qarshi qayrash uchun kufr tayanadigan asosiy qurollardan biridir.

Agar Ummat o‘zining hayotiy masalasi bo‘lmish aqidaviy birlikni qayta vujudga keltirishga qat’iy qaror qilsa, bunday soxta chegaralarni tag-tomiri bilan qo‘porib tashlaydigan Xalifalik davlatini tiklashga bel bog‘lamog‘i lozim. Chunki Ummatni birlashtiruvchi yagona omil – bu Xalifalik davlatidir. Ana shunda Alloh Taoloning

إِنَّ هَذِهِ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَأَنَا رَبُّكُمْ فَاعْبُدُونِ

– „Sizlarning millatingiz-diningiz haqiqatda bir dindir. Men esa barchalaringizning Parvardigoringizman! Bas, Mengagina ibodat qilinglar“. [21:92] degan oyati ro‘yobga chiqadi. Islom Ummati bitta davlatda, bitta bayroq ostida bir butun Ummatga aylanadi. Sun’iy chegaralar masalasiga esa batamom chek qo‘yiladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.