AQSh kuchlari qaerga joylashtiriladi

337
0

AQSh kuchlari qaerga joylashtiriladi

AQSh Afg‘onistondan olib chiqayotgan qo‘shinlarini Markaziy Osiyo davlatlariga joylashtirishi mumkin. Bu haqida ommaviy axborot vositalari xabar tarqatdi. Xabarlarga ko‘ra, 15 aprel kuni AQSh rasmiylari mintaqadagi bazalardan foydalanish masalasida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston rasmiylari bilan bog‘langan.

AQSh o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishni rejalashtirmoqda. Biroq, bu Amerika nufuzining Afg‘onistondan to‘liq chiqib ketishini anglatmaydi. Hali AQSh kuchlarining 11 sentyabrgacha to‘liq chiqib ketishi ham dargumon. Amerika Afg‘onistondan chiqish bahonasida Markaziy Osiyo davlatlarida bazalar ochishga urinayotganga o‘xshaydi. Bu AQSh arab dunyosida qo‘llagan variantning o‘zginasidir. Masalan, AQSh Saddam Xusayn bahonasida Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi arab davlatlarida harbiy bazalarini ochdi. Ammo bugungi kunda Saddam rolini Eron o‘ynamoqda. Aniqrog‘i, AQSh ushbu arab mamlakatlarini Eron olabo‘jisi bilan qo‘rqitib, mintaqada o‘z bazalarini saqlab qoldi va hattoki Saudiya Arabistonda bo‘layotgani kabi yangilarini ochishga tayyorlanmoqda.

    Agar AQSh shu yo‘ldan boradigan bo‘lsa, g‘arbparast ommaviy axborot vositalari: “Afg‘onistondagi Tolibon va IShID Markaziy Osiyo uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda” deya sayray boshlaydi. Mintaqada AQSh bazalarining ochilishini osonlashtirish uchun Afg‘oniston xuddi Eron singari tahdid sifatida ko‘rsatiladi.

Shuning uchun musulmonlar mamlakatda har qanday xorijiy harbiy bazalarning ochilishiga qarshi turishlari kerak.  Chunki,  Islom buni man qiladi.

Horun Abdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.