Sadir Japarov: Qirg‘iziston xorijiy sarmoyadorlarni mamlakatga jalb qilishdan manfaatdor

332
0

Sadir Japarov: Qirg‘iziston xorijiy sarmoyadorlarni mamlakatga jalb qilishdan manfaatdor

26 aprel kuni Prezident Sadir Japarov BMTning Osiyo va Tinch okeani bo‘yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining 77-sessiyasiga videokonferentsiya orqali ishtirok etdi. Japarov Pandemiya iqtisodiyotga zarar etkazganini ta’kidlar ekan, Qirg‘iziston uchun xalqaro yordam zarurligini va BMT dasturlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

«Qirg‘iziston xorijiy sarmoyadorlarni mamlakatga jalb qilishdan manfaatdor. Biz investitsiya va savdo siyosatini takomillashtirish bo‘yicha faol ish olib bormoqdamiz. Bizning asosiy maqsadimiz – biznesni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, tadbirkorlar va investorlarning huquqlari himoyasini ta’minlashdir”, dedi Japarov.

Bugungi kunda G‘arb “sarmoya jalb qilish va savdo-sotiqni izga solish iqtisodiy rivojlanishga olib keladi” degan fikrni uchinchi dunyo davlatlariga majburlab tiqishtirmoqda. Shuning uchun bizning rahbarlarimiz va G‘arbga mahliyo bo‘lgan kimsalar xalqaro konferentsiyalar va uchrashuvlarda investitsiya va savdo haqida ko‘p gapirishmoqda. Aslida bunday tizim uchinchi dunyo davlatlarining boyliklari talon-taroj qilinishiga va G‘arb mahsulotlari uchun bu mamlakatlarning bozorga aylanishiga olib keladi.  “Sarmoya” bu – mustamlakachilarning tabiiy boyliklarimizga egalik qilishiga xizmat qilsa, “erkin savdo” esa, ushbu boyliklarimizni xorijga olib chiqib ketilishi va G‘arb mahsulotlarini bizning bozorlarimizga erkin kirib kelishiga imkoniyat yaratadi. Faqat bir tarafni boyitadigan bunday tizim  albatta uchinchi dunyo davlatlarining yanada qashshoqlashishiga va qarz botqog‘iga botib qolishiga olib keldi. Aslida vaziyat shu qadar og‘irki, bunday iqtisodiy tizim natijasida yuzaga kelgan og‘ir vaziyatlar tufayli odamlar ochlikdan o‘lmoqda. BMTning statistik ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining 50 foizi kuniga 2,5 dollardan kam mablag‘ bilan kun kechiradi va har kuni 26 500 – 30 000 nafar bolalar qashshoqlik tufayli vafot etadi. Ko‘rib turganingizdek,  ushbu tizim faqat boylar manfaatiga xizmat qiladi va oddiy odamlarni qashshoqlikka mahkum qiladi.

Pandemiya kapitalizm zulmini fosh qilgan hodisa bo‘ldi. Shuningdek kapitalizmning har bir tarmog‘ini, ayniqsa iqtisodiyotni larzaga keltirdi. Hozirda turli xil konferentsiyalar va muzokaralar o‘tkazilmoqda va ushbu zolim tuzumni avvalgi qolipiga keltirish uchun harakatlar qilinmoqda.

Biz musulmonlar bu vahshiy kapitalizmdan qutqaradigan va adolatni ta’minlaydigan tuzumga egamiz. Bu Islom tuzumidir. Unda iqtisodiy sohadan tortib, ma’muriy boshqaruvgacha bo‘lgan barcha sohalarni qamrab olgan mafkura mavjud. Islomga qaytish vaqti kelmadimi?!

Horun Abdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.