Tashiev: Ehtimol, O‘zbekistonga 50 emas, 20 gektar er berarmiz

383
0

Tashiev: Ehtimol, O‘zbekistonga 50 emas, 20 gektar er berarmiz

 Qirg‘izistonning Qora-Suv tumanidagi Savay qishloq aholisi 14 apreldan beri Kampirobod suv ombori atrofidagi 50 gektar erni O‘zbekistonga berilishiga qarshi miting o‘tkazmoqda. Ular bilan yig‘ilish o‘tkazish maqsadida u erga Qirg‘iziston milliy xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi Kamchibek Tashiev keldi.

Mahalliy aholining e’tirozidan so‘ng Tashiev bir taklif bildirdi.

 “O‘ylaymanki, boshqacha qilish mumkin – ular to‘sib qo‘ygan 20 gektar erni almashtirish. 50 emas, balki 20 gektar”, – dedi Tashiev.

 Izoh: MXDQ raisi Kamchibek Tashiev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Toshkentda 23-25 mart kunlari chegaralarni delimitatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar olib borgandi. Muzokaralar yakunlangach Tashiev ikki davlat o‘rtasidagi cheagara masalalari 100 foiz xal etilganini ma’lum qilgan edi.

 Ammo, chegara muammolari aniqlanmagan hududlarni belgilash, baxsli hududlarni o‘zaro ayirboshlash bilan xal bo‘lmaydi. Chunki, bizdagi chegaralar kufr mustamlakachilari tomonidan belgilab berilgan bo‘lib, ular bu muammolar tinchgina xal bo‘lishini istashmaydi. Ular kerak bo‘lgan vaqtda u yoki bu respublikaga chegara muammolari orqali bosim o‘tkazishda foydalanib keladi. Oddiy bir misol, ikki davlat rasmiylari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida 2019 yil yozida O‘zbekistonning Rishton va So‘x tumanlarini bog‘lovchi yo‘l ochildi. Biroq oradan ikki kun o‘tmay, qirg‘iz rasmiylari yo‘l ochilishi EOII talablariga javob bermasligini bahona qilib yo‘lni qayta yopib qo‘yishdi. O‘sha vaqtdagi Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov yo‘l yopilishini:

 “Mazkur hududda ish juda ko‘p. Birinchi Evro Osiyo iqtisodiy ittifoqi bilan bog‘liq ishlarni qilishimiz kerak. Bu tashkilot doirasida Qirg‘izistonga yuklangan veterinar, fitosanitar xavfsizlik masalalari bor. Mana shu ishlar tugallangunga qadar yo‘lni ocha olmaymiz”, – deb tushuntirgan edi.

 Demak-ki, bu endi chegaralarda muammo bo‘lmaydi deganini anglatmaydi. Mustamlakachilar istagan vaqtda sohta vatanparvarlarni ishga solib ayirboshlangan hududlar yoki boshqa erlarni bahona qilib yangi muammolarni keltirib chiqaraveradi.

 Chegara muammolarining xal qilishning yagona yo‘li ikki qardosh xalq imon keltirgan aqida asosida birlashish, shu aqidaga asoslangan davlatni barpo etishdan iborat. Mana shundagina kufr mustamlakachilari tomonidan o‘rtalarimizga tortgan sun’iy chegaralar yo‘q bo‘ladi va o‘zaro birodarlik hamda yagona Ummat aloqalari o‘rnatiladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.