Ba’zi bir fiqhiy ra’ylardagi ixtiloflar (masalan ramazon ro‘zasini boshlash) to‘g‘risidagi savoliga javob

388
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Asadulloh Qurshiy (أسد الله القرشي)ning ba’zi bir fiqhiy ra’ylardagi ixtiloflar (masalan ramazon ro‘zasini boshlash) to‘g‘risidagi savoliga javob

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Amirimiz va shayximiz, Hizb ut-Tahrir amiri alloma Ato ibn Xalil Abu Roshtaga savol. Alloh amirimizni O‘z hifzu himoyasida asrab, u kishining hamda Hizb ut-Tahrir yigitlaridan iborat mo‘minlar guruhining qo‘li bilan Islomning azizligi va nusratini ato etsin.

Qadrli shayximiz, mening savolim Hizb tabanniy qilgan fiqhiy ra’ylarga zid kelayotgan to‘rt imom va boshqa mujtahidlarning fiqhiy ra’ylari to‘g‘risida. Ma’lumki, bu narsa ixtilof fiqhi, deb ataladi. Misol uchun, ramazon ro‘zasini astronomik hisob-kitoblar orqali isbotlash masalasiga ba’zi avvalgi fuqaholar ham to‘xtalib o‘tgan bo‘lib, Ibn Sarij shofeiy o‘z fikrlarini batafsil bayon qilgan. Bilishimcha, shayx Ahmad Shokir Misriy, shayx Mustafo Zarqo Halabiy hanafiylar ham bu masalaga to‘xtalib o‘tganlar. Savol shuki, Hizb tabanniy qilgan ra’ylarga zid kelayotgan boshqa ra’ylarga nisbatan – bu ayniqsa, katta mujtahidlarning ra’yi bo‘lsa – qanday munosabatda bo‘lamiz? Masalan, ramazon ro‘zasi astronomik hisob-kitoblar orqali isbotlansa – bunda ikki xil ra’y borligini, jumhur ulamolar uni qabul qilishni vojib emas, balki joiz sanashganini hisobga olgan holda – biz qabul qilamizmi? Shuningdek, fuqaholar o‘rtasida ixtilofli bo‘lgan masalada biror bir majburiyat yuklanmaydi, balki ularning biriga taqlid qilish joiz, degan gapni qabul qilamizmi? Bu savolni berishdan maqsadim shuki, men ixtilof fiqhi masalasini tiniq tushunib olay degandim, shuningdek, narigi ikkinchi ra’y qachon marjuh bo‘ladi, qachon qarshi kurashish lozim bo‘lgan munkar ra’y bo‘ladi yoki bizning nazarimizda marjuh hisoblansa ham qachon ixtilof fiqhiga tushadi, shularni tushunib olmoqchiman. Misol uchun, boshqa ra’yni qabul qilish jihatidan olganda, ramazon ro‘zasini astronomik hisob-kitoblar orqali isbotlash masalasi bilan Hizb ra’yiga zid ravishda ayol kishining yuz va kaftlari ham avratdir, degan masala o‘rtasida qanday farq bor. Savolim cho‘zilib ketgani uchun uzr so‘rayman. Bu nazariya ixtilofli – tabiiyki mening nazarimda ixtilofli – bo‘lgani uchun tushuntirib berishingizni iltimos qilaman, xato qilgan bo‘lsam, uzr.

Alloh ajringizni bersin, vassalamu alaykum va rohmatulloh.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Qilgan chiroyli duolaringiz uchun Alloh sizga baraka ato etsin, biz ham xayru barakot ila sizning haqqingizga ham shunday duoda bo‘lamiz.

Shar’iy dalillardan to‘g‘ri shar’iy ijtihod bilan istinbot qilingan hukm o‘z sohibi uchun shar’iy hukm bo‘lib, bir islomiy ra’y hisoblanadi. Hatto u biz aytgan va tabanniy qilgan ra’yga xilof bo‘lsa ham. Ayniqsa, agar bu ra’y ilm va taqvoda mashhur bo‘lgan mazhab imomlaridan (to‘rt mazhab imomlari va mazhab mujtahidlari)dan birning ra’yi bo‘lsa, albatta islomiy ra’ydir. Tabanniy qilgan ra’ylarimizga zid bo‘lgan boshqa fiqhiy ra’ylarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lish to‘g‘risida biz ko‘plab hizbiy saqofiy kitoblarimizda bayon qilganmiz. Men quyida ikkita narsani iqtibos qilib keltiraman, shoyad savolingizga Allohning izni ila chiroyli javob bo‘lsa:

1 – Hizb ut-Tahrir tushunchalari kitobida bunday keladi:

«Islomga imon keltirish uning ahkomlari va qonunlarini tushunishdan farq qiladi. Chunki Islomga imon keltirish aql orqali yoki asli aql bilan isbotlangan yo‘l orqali vujudga kelgan. Shuning uchun bu imonga shubha kirolmaydi. Ammo Islom ahkomlarini tushunish yolg‘iz aqlning o‘ziga bog‘liq emas, balki arab tilini bilishga, istinbot quvvati mavjud bo‘lishiga hamda sahih hadislarni zaiflaridan ajratishni bilishga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun da’vatni yoyuvchilar ahkomlarni tushunishlarini «to‘g‘ri tushunish, lekin xatoning ehtimoli bor», boshqalarning tushunishlarini esa «xato tushunish, lekin to‘g‘ri bo‘lish ehtimoli bor», deb hisoblashlari lozim. Toki tushunishlari va istinbotlariga muvofiq Islomga va uning ahkomlariga da’vat qilish hamda «xatoyu, to‘g‘ri bo‘lishining ehtimoli bor», deb hisoblagan boshqalarning tushunchalarini «to‘g‘riyu, xatoligining ehtimoli bor», deb hisoblagan o‘z tushunchalariga aylantirish ularga muyassar bo‘lsin. Shuning uchun da’vatni yoyuvchilar o‘z tushunchalari haqida: «Bu Islomning ra’yi», deyishlari durust emas. Balki ular o‘z ra’ylari haqida: «Bu islomiy ra’y», deyishlari lozim. Mazhab egalari bo‘lgan mujtahidlar ahkomlarni istinbot qilishlarini «to‘g‘ri, lekin xato bo‘lish ehtimoli bor», deb hisoblashgan. Ularning har biri: «Agar hadis sahih bo‘lsa, u mening mazhabim. Mening gapimni tashlanglar», der edi. Shuningdek, da’vatni yoyuvchilar o‘zlari tabanniy qilgan ra’ylar yoki Islomdan degan e’tibor bilan etib borgan ra’ylarini «to‘g‘ri, lekin xato bo‘lishi ehtimolli» ra’ylar deb hisoblashlari lozim». Iqtibos tugadi.

2 – Jamiyatga kirish kitobidan iqtibos:

«Jamiyatga kirishga kelsak, unga har qanday aralashmalardan xoli, pok va sof Islomdan boshqa narsaning kirishiga yo‘l bermaslik vojib. Zero, kofirlar, hokimlar va siyosatchilar Islom nomi bilan – jamiyatda Islom tarafidan betayinlik paydo qilish uchun – islomiy bo‘lmagan har xil fikrlarni kirgizadilar. Musulmonlar ushbu jihatlarni to‘liq anglashlari va Islomga zid har qanday fikrga qarshi kufr fikriga qarshi kurashganday kurashishlari vojib. Zero, u ham ochiq kufrdir.

Lekin bu hujum siyosiy fikrlarga va qonunshunoslikka oid fikrlarga qarshi qaratilgan bo‘ladi, ya’ni fikrlar berilayotgan yoki bahs qilinayotgan paytda davlat ishlarida namoyon bo‘ladigan jamiyat aloqalariga taalluqli fikrlarga qarshi qaratilgan bo‘ladi. Masalan, ko‘p xotinlilikni man qilish, xayriya jamiyatlarini tuzishga ruxsat berish, vazirliklarda ishtirok etishga ruxsat berish, Islom olamidagi davlat hokimlari o‘rtasida o‘zlari o‘tirgan joyni saqlab qolish uchun birlashish, arab birligi tashkiloti, yashash darajasini ko‘tarish, ajnabiy sarmoyalarni mamlakatga kiritish va hokazo. Bularning barchasi g‘ayriislomiy fikrlar bo‘lib, ular islomiy degan e’tiborda yoki Islomga zid emas, deb kirgiziladi. Bu fikrlarga qarshi hujum qilish, kurashish va jamiyatda betayinlik paydo qilmasligi uchun unga kirib kelishiga imkon bermaslik vojibdir.

Hizb tabanniy qilgan fikrlarga zid bo‘lgan islomiy fikrlarga kelsak, undagi tushunish yo‘li bayon qilinadi. Lekin ularga hujum qilinmaydi, balki ular ham islomiy ra’y ekani, lekin dalili zaifligi ko‘rsatib beriladi. Masalan, mujtahidlardan ayrimlari xalifa faqat Qurayshdan yoki ahli baytdan bo‘lishi joiz, degan bo‘lsa, ba’zilari ayol kishi qozi bo‘lishi mumkin emas, degan. Yana ba’zilari esa oltin va kumushni, ularning zakoti berilgan bo‘lsa ishlatmay to‘plash joiz degan, yana ba’zilari erni ijaraga berish joiz deyishadi va hokazo. Bularning barchasi islomiy ra’ylar bo‘lib, ularning jamiyatga kirishi man etilmaydi, chunki bular jamiyatda betayinlikni paydo qilmaydi. Zero, ular ham Islom bo‘lib, Hizb tabanniy qilgan ra’ylar kabi dalilga yoki shibhi dalilga suyanadi. Bunday islomiy fikrlarga nisbatan ularning xatosini ko‘rsatib berish bilan kifoyalaniladi.

Biroq Hizb o‘zining nashra, kitob va munozaralarida o‘zi tabanniy qilgan ra’yga zid bo‘lgan birorta ra’yni ko‘tarib chiqmaydi. Lekin u avval tabanniy qilinmagan ra’ylarni fiqhiy yoki qonuniy narsani tushunish uchun namuna sifatida tarqatishi mumkin. Bunda ushbu ra’ylar kimdan chiqqanligi ko‘rsatilmay, uning dalili bilan kifoyalaniladi. Bular Hizb tarqatish bilan shug‘ullanadigan ra’ylarga nisbatandir. Ammo agar Hizbdan boshqalar tarafidan biror islomiy ra’y tarqatilsa-yu, bu ra’y Hizb ra’yiga zid bo‘lsa, munozara qilishga zarurat bo‘lsa munozara qilish bilan kifoyalaniladi. Zarurat bo‘lmasa, ushbu ra’yni e’tiborsiz tashlab qo‘yaveradi. Mana shular yordamida Hizb jamiyatda paydo bo‘lishi xavfi bo‘lgan betayinlikni to‘sadi.

Islom bilan kufr o‘rtasidagi kurash kufr engilib, Islom g‘olib bo‘lguncha davom etaveradi». Iqtibos tugadi.

Yuqorida keltirilganlardan ochiq ko‘rinib turibdiki, Hizb o‘zi tabanniy qilgan ra’yga zid keladigan boshqalarning fiqhiy ra’ylarini – modomiki to‘g‘ri shar’iy ijtihod bilan istinbot qilingan ekan – inkor qilmaydi. Agar shunday bo‘lsa, ularni rad qilmaydi. Balki shu haqda ular bilan bahs-munozara qilib, ra’ylarining xatoligiga, Hizbning ra’yi dalillarga asoslangan to‘g‘ri ra’y ekaniga ularni qanoatlantirishga harakat qiladi. Ammo ularning ra’yiga qarshi kurashmaydi, hujum qilmaydi, balki faqat xatoligini bayon qilish bilan kifoyalanadi. Hizb bularning jamiyatda mavjud bo‘lishiga qo‘yib beradi. Chunki ular ham bir islomiy ra’ydir. Hatto Hizbning nazdida ular marjuh va dalili zaif bo‘lsa ham.

–     Bunga misollardan biri, ayolning yuzi va kaftlari ham avratdir, degan gap. Bu ham bir islomiy fiqhiy ra’y bo‘lib, uni ayrim fuqaho va mujtahidlar aytgan. Biz esa, ularning aytgan gaplarini inkor qilmaymiz. Ammo ularni ayolning yuzi va kaftlari avrat emas, degan o‘zimizning ra’yga chaqiramiz hamda shar’iy dalillar bilan ushbu ra’yimizning to‘g‘riligini bayon qilib beramiz. Biroq ularning mazkur ra’yiga hujum qilmaymiz va ergashishdan qaytarmaymiz. Chunki ular ham fuqaho va mujtahidlar aytgan islomiy ra’ydir.

–     Ammo astronomik hisob-kitoblar masalasiga kelsak, bu haqda ko‘pchilik to‘xtalib o‘tgan. Ba’zilar agar oy kechasi chiqsa, o‘sha kecha ramazonning birinchi kechasi bo‘ladi, degan. Ba’zilar esa, agar oy kunduzi chiqsa va quyosh botgandan keyin g‘oyib bo‘lsa, qancha muddat g‘oyib bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘sha kecha ramazondir, degan. Yana ba’zilar astronomik hisob-kitoblar va ko‘z bilan ko‘rish o‘rtasini muvofiqlashtirishga urinib, agar oy kunduzi ko‘rinib, quyosh botgandan so‘ng ko‘z bilan ko‘rish imkonini beradigan muddatcha g‘oyib bo‘lsa, u holda, shu kecha ramazonning birinchi kechasidir, degan. Keyin 10 daqiqa bo‘ladimi, 15 daqiqa bo‘ladimi, 20 daqiqa bo‘ladimi, mana shu muddatning qanchaligi haqida ixtilof qilganlar. Men buni to‘g‘ri ijtihod deb bilmayman. Chunki ramazonni boshlash va tugatishni oyni ko‘z bilan ko‘rishga bog‘lagan ochiq nususlar bor:

«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ»

«Oyni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, oyni ko‘rib ro‘zani tugatinglar». (Imom Muslim rivoyati). Shunday bo‘lgach, ular buni qo‘yib, qanday qilib hisob-kitobga o‘tib ketishadi?! Ayniqsa, oy bulut ortida mavjud bo‘lib, bulut to‘sib qolgani uchun ko‘rinmayotgan bo‘lsa ham, ko‘z bilan ko‘rmaslik sha’bonni 30 kun qilib belgilashini Rosululloh ﷺ ko‘rsatib berdi-ku.

«فَإِنْ غُمِّيَ عَلَيْكُمُ الشَّهْرُ فَعُدُّوا ثَلَاثِينَ»

«Agar bulut to‘sib qolsa, (sha’bon) oyini o‘ttiz kun qilinglar». (Imom Muslim rivoyati). Bularning barchasi ro‘zani boshlash va tugatish oyni ko‘rishga sabab ekanini, boshqa sabab yo‘qligini yaqqol ta’kidlab turibdi. Shuning uchun, astronomik hisob-kitoblar to‘g‘ri shar’iy ijtihod bilan istinbot qilingan deb hisoblanishiga qalbimda biroz shubha bor. Biz shar’iy ko‘rishni tabanniy qilgan ekanmiz, unda Allohning izni ila, to‘g‘ri shar’iy usulga muvofiq to‘g‘ri ijtihodga tayanilgan.

–     Xulosa shuki, mo‘’tabar mujtahidlar aytgan islomiy ra’ylarning – modomiki to‘g‘ri shar’iy ijtihod bilan istinbot qilingan ekan – birortasiga hujum qilmaymiz. Balki, bizning ra’yimiz to‘g‘ri ekanligi borasida ular bilan chiroyli munozara yuritib, dalillar keltiramiz, ularning gapini ham eshitamiz. Biroq, g‘ayriislomiy ra’ylarni Islomga kiritmoqchi bo‘lib, odamlarni adashtirayotgan kimsalarga qattiq qarshi chiqamiz. Chunki u ra’ylar Islomdan ancha uzoqda!

Bu ra’ylarning soxtaligini ochib berishda e’tiborsiz bo‘lmaslik kerak. Masalan, sudxo‘rlik protsentini muboh sanagan yoki kufr tuzumlarida ishtirok etish va Alloh nozil qilmagan narsalar bilan hukm yuritish joiz, degan ra’ylar. Holat shu darajaga etib bordiki, hatto yahudiylar bilan sulh (tinchlik) bitimini imzolash va yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish joiz deb aytishmoqda.

أَلاَ سَاءَ مَا يَحْكُمُونَ

«Ogoh bo‘lingizkim, ular (bu qilmishlari bilan) eng yomon hukm chiqarmoqdalar» [Nahl 59]

Bizning zamonamizga kelib tarqalgan bu kabi ra’ylar to‘g‘ri shar’iy istinbot qilinmagan, aksincha, ulardan ba’zilari Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlardagi qat’iy dalillarga tamoman zid keladi. Shuning uchun bu kabi ra’ylar shar’iy ahkom ham, islomiy ra’y ham hisoblanmaydi. Ularni gapirgan va ularga amalga qilgan kimsalar mutlaq rad etiladi, bunday ra’ylarga qarshi kurashilib, ularning bo‘lishini oldi olinadi.

Mana shu kifoya bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Vallohu a’lam va ahkam.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

Hizb ut-Tahrir amiri

25 sha’bon 1442h

7 aprel 2021m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.