Shri-Lanka rejimi Hizb ut-Tahrirni taqiqlash va uning mas’ullarini qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqarmoqchi

133
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Shri-Lanka rejimi Hizb ut-Tahrirni taqiqlash va uning mas’ullarini qamoqqa olish to‘g‘risida qaror chiqarmoqchi

Shri-Lanki Davlat Xavfsizligi vaziri Sarat Veerasekara 2021 yil 10 mart chorshanba kuni parlamentda Hizb ut-Tahrirni taqiqlash va uning yurtdagi mas’ullarini qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qilmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Bu haqda Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi raisi Salohiddin Azoza bunday deydi:

Shri-Lankadagi jamoatchilikka hamda siyosiy va matbuot doiralariga birinchi va asosiy savolimiz shuki, vazirning bunday qaror qilishi uchun Hizb ut-Tahrir qanday jinoyat sodir etdi?! Vaholanki, Hizb ut-Tahrir Shri-Lanka va uning atrofidagi davlatlarda, musulmon yurtlar va dunyo davlatlari poytaxtlarida uzun yillardan beri faoliyat qilar ekan, xalqlar xavfsizligini buzuvchi birorta harakat qilganligi mutlaqo qayd qilinmagan. Bil’aks, Hizb ut-Tahrir har doim xalqlar diqqat-e’tiborini o‘zlarining tortib olingan haq-huquqlariga qaratib, ularga qarshi bo‘layotgan til biriktiruvlarni fosh etmoqda hamda sayyidimiz Muhammad mustafo ﷺning minhojlari asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga da’vat qilib kelmoqda».

Ushbu matbuot bayonotida yana qo‘shimcha qilinadi:

«Hizb ut-Tahrirga terrorizm ayblovini qo‘yish butun dunyo bo‘ylab yolg‘onlarning kattasiga aylanib qoldi. Shri-Lanka rejimi esa, mana shunday tahdidlar orqali musulmonlarni o‘z aqidalaridan va islomiy asosiy marosimlaridan voz kechishga majbur qila olaman, deb o‘ylayapti. Shu orqali mamlakatdagi muxolif irqchi mayda millatchi jamoalarning qo‘llab-quvvatloviga erishishni o‘ylayapti».

Roya gazetasining 2021 yil 31 mart chorshanba kungi 332-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.