Hizb ut-Tahrir a’zolari Allohga yaqin bo‘lish uchun uning shariatini tatbiq qilish yo‘lida faoliyat olib bormoqdalar

294
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir a’zolari Allohga yaqin bo‘lish uchun uning shariatini tatbiq qilish yo‘lida faoliyat olib bormoqdalar

Tahriri Shom hay’ati esa, kofir G‘arbga yaqin bo‘lish uchun Hizb a’zolarini qamoqqa olmoqda!

Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati matbuot bo‘limi ustoz Ahmad Abdulvahhob bunday dedi:

«2021 yil 2 mart kuni Tahriri Shom hay’ati yana Hizb ut-Tahrirning uch nafar a’zosini qamoqqa oldi. Ulardan biri Latamna shahrilik Muhammad Abu Yazin bo‘lib, u Sarmada shahrida qamoqqa olindi. Ikkitasi Sahora shahrilik Roid Daybu bilan Sulaymon Sulaymon bo‘lib, ular Ma’nota o‘tish punktida qamoqqa olindilar. Ularning qamoqqa olinishi Hizb ut-Tahrir Xalifalik qulatilishining alamli yuz yilligi xotirasida «Ey musulmonlar, Xalifalikni barpo qilinglar» shiori ostida boshlagan kampaniya doirasida faoliyat olib borishlari ortidan sodir etildi».

Ustoz Abdulvahhob quyidagilarni qo‘shimcha qildi:

«Hizb ut-Tahrir a’zolari Alloh Azza va Jallaga yaqin bo‘lish uchun Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish orqali Islom shariatini tatbiq qilishga da’vat qilmoqdalar. Tahriri Shom hay’ati kabilar bo‘lsa ushbu xalqaro hamjamiyatga yaqin bo‘lish uchun Hizb a’zolarini va xalqaro siyosatga qarshi chiqqanlarni qamoqqa olmoqda. Bu bilan ularning yuzlari qoraligi va g‘arbparast ekanliklari yana bir bor isbotlandi. Ammo ba’zi kishilarning yuzlari oq, ba’zi kimsalarning yuzlari qora bo‘ladigan, molu davlat ham, obro‘ ham, hokimiyat ham foyda berolmaydigan Kunni bu hay’at go‘yo bilmaydiganday».

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati markaziy aloqalar qo‘mitasi a’zosi ustoz Shayx Nosir Abdulhay ham bunday dedi:

«Xalifalik qulatilishining alamli yuz yillik xotirasida Hizb ut-Tahrir boshlagan xalqaro kampaniya Alloh va Rosuliga qarshi kurashayotgan rejim va hukumatlar oromini buzdi. Rossiyadan tortib, Markaziy Osiyo davlatlari, Tunis, Turkiya va uning Suriyadagi gumashtalarigacha har erda Hizb a’zolarining qamoqqa olinayotgani Islom davlatini barpo etishga bo‘lgan da’vatimizning qanchalar kuchli ekanini hamda Xalifalik davlatini barpo etish orqali Allohning shariati bilan hukm yuritishga chaqirayotgan insonlarni qamoqqa olib, Alloh va Rosuliga oshkora urush e’lon qilayotganlarning esa, nomard, zaif va omadsiz ekanliklarini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bu yirik tog‘ut kuchlari va ularning mayda dumlari shuni bilib qo‘ysinlarki, zulm ham yo‘qoladi, sharmandalik va rasvolikka yo‘liqqan zolimlar ham yo‘qoladi. Bu qamoqqa olishlar bizni faqat sabotimizga sabot qo‘shmoqda. Biz o‘z g‘oyamiz yo‘lida molu jonimizni qurbon qilishga oid qasam ichgan ekanmiz, ular buni hargiz buzishga muvaffaq bo‘lisholmaydi. Ogoh bo‘lsinlarki, bizning g‘oyamiz Allohning dushmanlari istamasalarda, kufr va zulm rejimlarini ag‘darib, er yuzini Allohning hokimiyati bilan boshqarishdir.

وَسَيَعْلَمُ الَّذِينَ ظَلَمُوا أَيَّ مُنقَلَبٍ يَنقَلِبُونَ

«Zolim kimsalar yaqinida qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar» [Shuaro 227]

Shu nuqtai nazarda, G‘arbiy Halabning Sahora shahridagi ozod ahli «Ey Tahriri Shom hay’ati, muammoyingiz nima o‘zi?!» nomli namoyish o‘tkazdilar. Shuningdek, ular bayonot chiqarib, unda o‘z farzandlarining Tahriri Shom hay’ati tomonidan qamoqqa olinayotganini qoraladilar.

Roya gazetasining 2021 yil 10 mart chorshanba kungi 329-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.