O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalalarini “uch oy ichida hal qilish”ga kelishdi
Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari Toshkentda ikki davlat orasidagi baxsli bo‘lib kelayotgan chegara masalalarini “uch oy ichida hal qilish”ga kelishib olgan.
O‘zbekiston Qirg‘iziston tomoniga chegara oldi tumanlari aholisi munosabatlarida ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelgan Unqur-tog‘ hududini berishga tayyorligini bildirgan.
Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot-kotibi Galina Bayterek Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlariga oid bayonotida ma’lum qildi.
“Qirg‘iziston tomoni O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududida joylashgan So‘x anklaviga transport va avia-qatnovlarni ochishga tayyor. Anklav aholisi davlat chegarasi orqali erkin harakatlanishlari mumkin. O‘z navbatida O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga, shu vaqtga qadar chegara oldida yashovchi aholi o‘rtasida bahs va siyosiy ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelgan Unqur tog‘ hududini berishga tayyor”, – deyiladi Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibi bayonotida.
Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga ikki kunlik davlat tashrifi 12 mart kuni nihoyasiga etdi.
Tashrif yakuniga oid brifingda Shavkat Mirziyoev Sadir Japarov bilan har bir chegara masalasi bo‘yicha chegaralarni “juda qattiq va aniq kelishib olishgan”ini bildirgandi.
Izoh: Qirg‘iziston prezidenti matbuot kotibining qirg‘iz tomoni O‘zbekistonning So‘x anklavi uchun transport yo‘lagi berishi to‘g‘risida bergan bayonoti ijtimoiy tarmoqlarning qirg‘iz segmentida qizg‘in baxs-munozaralarga sabab bo‘lib, ushbu qarorga nisbatan tanqidiy fikrlar bildirildi. Shundan so‘ng prezident matbuoat xizmati rus tilida e’lon qilgan birinchi bayonotini o‘chirib tashlab, o‘rniga boshqa bayonot e’lon qildi. Yangi bayonotda qirg‘iz hukumati So‘x anklavi uchun transport yo‘lagi emas, balki faqat havo yo‘lagi berishga tayyor ekanligi aytildi.
O‘z navbatida, O‘zbekistonning baxsli Unqur tog‘ hududini Qirg‘izistonga berishga tayyor ekanligi to‘g‘risidagi xabar ham ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbek segmentida asosiy muhokama mavzusiga aylandi. Tarmoqlarda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov bermagan joyni Mirziyoev berib yuborgayotgani aytilib, marhum tog‘ut deyarli qaxramon darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek segmentida ham bu qarorga nisbatan salbiy munosabatlar bildirildi…
Mulhid Sovetlar ittifoqi O‘rta Osiyo respublikalari o‘rtasida sun’iy chegara chiziqlarini chizayotgan vaqtda ularni shaxmat taxtasidagi kataklar kabi ajratib, kerak bo‘lgan vaqtda ular o‘rtasida chegara va boshqa er masalalarida kelishmovchilik va ziddiyatlar paydo qilish imkonini o‘z qo‘lida saqlab qolgan edi. Ittifoq inqirozga uchrab, davlat sifatida dunyo xaritasidan yo‘q bo‘lganidan so‘ng uning merosxo‘ri bo‘lgan Rossiya o‘zining sobiq mastamlakalariga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lsa aynan mana shu chegara muammolaridan foydalanib kelmoqda. Qo‘shni davlatlar o‘rtasida to‘xtovsiz kelib chiqayotgan chegara mojarolari, bu mojarolarda qurol qo‘llashgacha etib borib, tinch fuqarolarning qoni to‘kilishi, qurbon bo‘lishi ortida Rossiyaning biror respublikaga bosim o‘tkazish istagi turgani shubhasiz. Ushbu respublikalar o‘zaro kelishib chegara muammolarini xal qilishga kelishib olishgan taqdirda ham Rossiya buni amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaydi. Agar bu kelishuvlar uning manfaatlariga zid keladigan bo‘lsa darhol soxta vatanparvarlar (psevdopatriot)ni ishga solib, xalq ra’yini ushbu kelishuvlarga qarshi yo‘naltirishga va shu orqali ularni bekor qilishga harakat qiladi. Tabiiyki, ular bunda vatanparvarlik va millatchilik fikrlaridan foydalanishadi va chegara muammolari xal bo‘lmay qolaveradi.
Agar O‘rta Osiyo musulmonlari chindan ham o‘rtalarida chegaralar yo‘q bo‘lishini, bir-birlari bilan hech qanday to‘siq va muammolarsiz erkin bordi-kelishni xohlashsa avvalo mustamlakachi kofirlar bizlarni bo‘lib tashlab boshqarish uchun bizlarga singdirgan sassiq va tuban millatchilik va vatanparvarlik fikrlarini tark qilib, musulmonlar aka-ukadirlar fikrini qabul qilishlari, so‘ngra o‘rtalarimizga sun’iy chegaralar chizib bergan mustamlakachi kofirlar va ularning mahalliy malaylari hokimiyatini uloqtirib tashlashlari zarur. Bu ish Xalifalik davlatini barpo qilish bilangina amalga oshadi. Shunday ekan, biz musulmonlar bizlarni ikki dunyo saodatiga eltuvchi Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishimiz shart.
Abdurahmon Odilov