Bishkekda 500dan ortiq ayollarga hijob kiygizish tadbiri bo‘lib o‘tdi

315
0

Bishkekda 500dan ortiq ayollarga hijob kiygizish tadbiri bo‘lib o‘tdi

13 mart kuni Bishkekdagi sport saroyida 500 dan ortiq xotin/qizlarga Allohning farzi bo‘lgan hijob kiygizish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mazkur tadbir tashkilotchilaridan biri Muhammad Asma ma’lum qildi. Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlarni xursand qilgan bo‘lsa, G‘arbparast demokratlarni g‘azablantirdi.

Bundan avval, sobiq prezident Roza Otunbaeva “Davrni o‘zgartirgan ayollar rahbariyati” nomli forumda nutq so‘zlar ekan, qirg‘iz jamiyatining islomiylashuvidan xavotir bildirgan edi. Davlat mas’ullarini masjidlardagi voqealarga e’tibor berishga chaqirgan Otunbaeva “Ertaga bular bizga: “Bugundan boshlab hammangiz qora ro‘mol kiyishingiz kerak”,  deyishadi” deya o‘z tashvishini izhor qilgan edi.

Aslida ushbu ikki tadbiri demokratiya va Islom dunyoqarashi o‘rtasidagi ochiq kurashni aks ettiradi. Demokratik dunyoqarashga ko‘ra,  ayollar bu – “foydalanilish va lazzatlanish kerak bo‘lgan mato”dir. Shuning uchun “erkinlik” va “teng huquqlik” niqobi ostida ayollarni echintirib, ko‘chalarga olib chiqishga harakat qiladi. Buning natijada, jamiyatda axloqsizlik,  fohishabozlik kabi illatlar keng tarqalmoqda.

Ammo Islom dunyoqarashi ayolga “himoya qilinishi kerak bo‘lgan or-nomus” sifatida qaraydi. Shuning uchun uning barcha hukmlari ayollarni himoya qilishga qaratilgan. Hatto safarda ham uning nomusi shubha ostida qolmasligi uchun o‘z mahrami bilan birga yurishini shart qiladi.   Shuningdek, u jamiyatda salbiy holatlarga sabab bo‘lmasligi uchun unga tanasini yopib yurishni farz qiladi. Oilaga rizq topib kelish vazifasini ayolga emas, erkakka topshiradi. Ayolga g‘amxo‘rlik qilishni nikoh marosimidayoq erkakning zimmasiga yuklaydi. Agar erkak ushbu hukmga e’tiborsiz qarasa, u shar’iy hukm to‘g‘risida ogohlantiriladi.  Natijada,  bugungi kunda biz ko‘rib turgan barcha oilaviy va ijtimoiy muammolar hal etiladi.

Mumtaz Maveranahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.