Ta’ziya

376
0

Ta’ziya

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

 “Ularga biror musibat etganda aytadilar: Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz”

 Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan Hizb ut-Tahrir jamoasi chuqur qayg‘u bilan da’vat omonatini ko‘tarib chiqqan muslima opamiz Mamajonova Ma’mura opa uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 13-mart kuni sevimli Robbisi xuzuriga rihlat qilganini ma’lum qiladi.

 Mamajonova Ma’mura opa 1966-yili O‘sh shahrida tavallud topgan edi. 3 o‘g‘il, 1 qizning mehribon onasi bo‘lgan Ma’mura opa farzandlariga go‘zal tarbiya berib, ularni imonli, e’tiqodli qilib tarbiyaladi. Hizb ut-Tahrir fikrlari bilan tanishgan dastlabki kundan boshlab da’vat omonatini ko‘tarib chiqdi. 15 yildan ortiq vaqt mobaynida Hizb safida olib borgan faoliyati bilan bir vaqtda ayollarga Qur’on ilmidan saboq ham berib keldi. Ma’mura opa eriga go‘zal itoatli, Allohning farzlarini bajarishga xaris, o‘ta sabrli, go‘zal xulqli, mexmondo‘st, eshigi din uchun doim ochiq edi.

 Opamiz bir yildan ko‘proq vaqtdan beri og‘ir betob bo‘lishiga qaramay da’vat faoliyatini biror lahza bo‘lsin to‘xtatmadi. Kasallikni Alloh tomonidan berilgan bir sinov sifatida qabul qilib, Allohga shukri va ibodatin yanada ziyoda qildi va umrining har bir daqiqasini insonlarni Haqqa etaklashga sarfladi.

 Biz Mehribon va Rahimli Allohdan Ma’mura opamiz chekkan dardlarini gunohlariga kafforat qilishini, gunohlarini mag‘firat qilib, O‘zining keng jannatlarida rizqlantirishini so‘raymiz.

 Opamizning ortida qolgan farzandlari, qarindosh-urug‘lari va yaqinlariga sabru jamil tilab, o‘z ta’ziya va hamdardligimizni izhor qilamiz. Alloh sizlarga go‘zal sabr bersin va sizlarni chiroyli sabr kilishlik ortidan yaxshiliklar bilan mukofotlasin.

 Albatta, har bir musulmonning, xususan, da’vat omonatini ko‘tarishda elkadosh bo‘lgan muslim va muslimaning vafoti bizlarni chuqur qayg‘uga solib, qalblarimizni mahzun qilsa-da Allohning rozi qiluvchi so‘zdan boshqasini aytmaymiz:

الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

“Ularga biror musibat kelganda aytadilar: Albatta biz Allohning bandalarimiz va albatta O‘ziga qaytajakmiz”. [Baqara 156]

 Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.