Barcha muammolarning to‘g‘ri yechimi faqat Qur’onda

774
0

بسم الله الرحمن الرحيم

Barcha muammolarning to‘g‘ri yechimi faqat Qur’onda

Mehribon, Rahimli, hamma narsani Bilguvchi Zot – Alloh Taolo bizni muammolar qarshisida xayron holda tashlab qo‘ygan emas, balki har bir voqea-hodisalarga bekamiko‘st yechim bergan. Faqat biz Alloh Taoloning hamma sifatlari haqida yana bir bor fikr yuritishimiz, O‘sha Zotdan va uning Rosuli(s.a.v)dan bo‘lgan ta’limotlarni yagona va mukammal haqiqat deb ishongan holda amaliy ravishda o‘rganishimiz va U Zotga ishonganimizdan keyin, so‘zlarini ham haqiqat deb qabul qilishimiz lozimdir. Mana shundagina barcha muammolarimiz o‘zining tengsiz yechimini topadi.

Boshqa manbalardan yechim izlash halokatdir, shuning uchun «Rasululloh (s.a.v.) Umar ibn Xattob Tavrotning bir bo‘lagiga qarab turganini ko‘rib g‘azablandilar va: «Buning o‘rniga oppoq, sof Kitobni keltirmadimmi?! Agar birodarim Muso tirik bo‘lganida, faqat menga ergashgan bo‘lar edi», – dedilar». Sof islomiy saqofat bilan inson hayotni to‘g‘ri tushunadi. Shu asosda – sof Islom asosi bilangina – tarixda bo‘lgani kabi buyuk davlat bo‘lamiz. Bizlar bunday tengi yo‘q yechimlardan, ya’ni sof Islomimizdagi siyosiy yechimlardan kofirlarning nayranglari oqibatida yuz o‘girdik. Masalan: Qur’on fosiqqa ishonmaslikni, ular aytayotgan so‘zlarni tekshirib olishni amr qilgan. Biz esa xech kim ishonmaydigan fosiq insonlarni o‘zimiz uchun rahbar qilib oldik. To‘g‘rirog‘i, ular bizlarga rahbar, ish yurituvchi qilib qo‘yildi. (Fosiq bu – odamlar orasidagi noshar’iy muomalalari, yolg‘on va aldovlari sababli ishonchdan chiqqan odamdir). Alloh Taolo aytadi:

يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ جَاءَكُمْ فَاسِقٌ بِنَبَإٍ فَتَبَيَّنُوا أَنْ تُصِيبُوا قَوْمًا بِجَهَالَةٍ فَتُصْبِحُوا عَلَى مَا فَعَلْتُمْ نَادِمِينَ

“Ey muminlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda, biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar! [49:6]

Rosululloh(s.a.v): «لاَ يُلْدَغُ المُؤْمِنُ مِنْ جُحْرٍ وَاحِدٍ مَرَّتَيْنِ» «Mo‘min bitta teshikdan ikki marta chaqtirmaydi». dedilar (Buxoriy rivoyati). Bu hadis “ko‘r xassasini bir marotaba yo‘qotadi” kabi ma’nodadir, ya’ni mo‘min bir marotaba adashib, ilon yoki chayon yotgan teshikka qo‘l tiqishi mumkin. Keyin ahmoqlardek yana o‘sha hatoga yo‘l qo‘ymaydi. Shunday ekan ko‘p marta chaqtiradigan kimsa haqida nima deyish mumkin?!

“Mustaqillik”ka erishdik deb jar solganimizdan keyin ham, Islomdan salkam o‘ttiz yildan beri yuz o‘girib, nimaga yoki nimalarga erishdik? Nikohsiz tug‘ilib, nobud bo‘layotgan go‘daklar… yoshlarni shu ishlarga tayyorlayotgan maktablardagi kufr programmasiga asoslangan ta’lim-tarbiya… voyaga yetmagan yoshlarga berilayotgan jinsiy ta’lim… muslima qizchalarning ro‘mol o‘rashiga ko‘rsatilayotgan qarshiliklar… boyliklarimizni boshqalarga talon-taroj qildirib ko‘yib, o‘zimiz yerlarimiz va konlarimizni garovga qo‘yish evaziga Xitoy kabi mushriklardan olayotgan qarzlarimiz… oliy o‘quv maskanlarini bitirib, tirikchilik maqsadida o‘zga yurtlarda sarson bo‘lib yurgan yoshlarimiz… kufrni rozi qilish uchun «…konistitutsiyaga qarshi chiqdi» deb quvg‘in qilingan yoki qamalgan begunoh insonlar… qonun oldida taslim bo‘lish o‘rniga, noqonuniy yo‘llar bilan xalqdan o‘g‘irlagan harom boyliklarini olib, kufr kuchog‘iga qochib ketgan prezidentlar… qaysi birini aytasiz?!

Yana Islomdan yuz o‘girishda davom etsak bu xorliklar, sharmandaliklar “HOLVA” bo‘lib qoladi. Holat faqat aldov emas, aniq qullik tomon yo‘nalmoqda. Har bir noshar’iy ishimiz va harakatimiz katta balo bo‘lishi mumkin. Chunki rasmiy hokimiyat o‘zini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan xujayinlarining maqsadiga mos ish yurita olmay qolganida, mustamlakachi kofirlar bizlarni chalg‘itish uchun bemani shov-shuvlarni, tus-to‘palonlarni uyushtirishadi. Har qanday holda ham Islomdan yuz o‘girishimiz xalokatdir, chunki mustamlakachilar shariatga quloq solmaganimizdan ham o‘zining foydasiga yaxshigina foydalanadi. Masalan: 2010chi yilda yangi hokimiyatni musahkamlash uchun millatchilikdan foydalandi. Vaholangki bu ish Islomda johiliyatning sassiq tarafkashligi hisoblanadi. Jubayr ibn Mut’imdan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambar(s.a.v) shunday deganlar:

«لَيْسَ مِنَّا مَنْ دَعَا إِلَى عَصَبْيَّةٍ، وَلَيْسَ مِنَّا مَنْ قَاتَلَ عَلَى عَصَبِيَّةٍ، وَلَيْسَ مِنَّا مَنِ مَاتَ عَلَى عَصَبِيَّةٍ»

«Tarafkashlik (millatchilik, vatanparastlik, irqchilik)ka chaqirgan odam bizdan emas. Tarafkashlik qilib urushgan odam bizdan emas. Tarafkashlik qilib o‘lgan odam bizdan emas» (Abu Dovuddan).

Qarz berishda ham kofirlar faqat o‘z foydalarini ko‘zlabgina qarz beradilar. Bugungi kunda biz bunga guvoh bo‘lib turibmiz. Rahbarlarimiz tashqi siyosatda olib borgan ishlarini kaysi asosda qilganini o‘ylab ham ko‘rmadik. Endi kasofati hammaga tegmoqda. Biz uchun najot, har doim va har qanday holatda faqat Islomdadir, chunki Alloh Taolo aytadi:

وَمَا أَرْسَلْنَاكَ إِلَّا رَحْمَةً لِلْعَالَمِينَ

– „(Ey Muhammad alayhis-salom), darhaqiqat, Biz sizni barcha odamlarga faqat rahmat (ya’ni, Allohning rahmati-jannatiga yetaklaguvchi) qilib yubordik“. [21:107]

Bizning vujudimiz ham, kuchimiz ham Islom ta’limotlariga quloq solishda. Mustamlakachi kofirlar o‘z rejalarini amalga oshirishni maqsad qilgan har bir ishiga musulmonlar bitta jasad bo‘lib qarshi turishlari ham Islomni muborak ta’limotlaridandir, chunki Rosululloh (s.a.v)ning: «Mo‘minlarning bir-birlariga muhabbat qilib, rahmdil bo‘lishlarining va mehribon bo‘lishlarining misoli bir jasadga o‘xshaydi. Agar undan bir a’zo kasallansa jasadning boshqa a’zolari bir-birlarini bedorlik va istmalash bilan yordamga chaqiradilar» (Sahih Muslim) degan so‘zlari va «Mo‘min, mo‘min uchun ba’zi qismi ba’zi qismini mahkam ushlab turgan binoga o‘xshaydi» (Sahih Muslim) degan so‘zlari, bizlarning bor bo‘lishimiz ham, boshqalarga qarshi turishimiz ham, bitta jasad kabi birlikda bo‘lib harakat qilishimizda ekanini uqtirmoqda.

Islomdan yuz o‘girib nima qilmoqchimiz?! Xitoylarga o‘zimiz qarshi tura olamizmi? Yoki yana xoinlarga ishonamizmi, ular el uchun nima qilib berishdi?! Yoki kofirlardan najot kutamizmi? Islom bunga ruhsat bergan emas, chunki kufrning har qanday nufuzi bizga kirib kelishini Alloh Taolo harom qilgan:

وَلَن يَجْعَلَ اللّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً

– „Va Alloh hargiz kofirlar uchun mo‘minlar ustiga yo‘l bermagay“. [4:141]

Tozalikni saqlash uchun ulkan miqdorda jarimani qonuniy to‘lov qilish faqat yaltiroq so‘zlar bilan poraxo‘rlikni kuchaytirishdan o‘zga narsa emas. Kim bu qonunni pora aralashmasdan to‘g‘ri ijro qilinishiga ishonadi?! Tozalikka rioya qilmaganlarga nisbatan avvalo maktablar, radio-televideniya, gazeta-jurnallar orqali tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish kerak. Rosululloh (s.a.v) “Iymon yetmish necha yoki oltmish necha bo‘lak bo‘ladi, eng yuqorisi “la ilha illoloh” so‘zi va eng quyisi yo‘ldan ozorni ketkazish, hayo (ham) iymonning bir bo‘lagi ”- deganlar. Yoki Alloh Taolo aytadi:

إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ التَّوَّابِينَ وَيُحِبُّ الْمُتَطَهِّرِينَ

Albatta Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi [2:222]. Alloh Taolo yomon ishning o‘zi yarasha jazo belgilagan:

وَالَّذِينَ كَسَبُوا السَّيِّئَاتِ جَزَاءُ سَيِّئَةٍ بِمِثْلِهَا وَتَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ مَا لَهُمْ مِنْ اللَّهِ مِنْ عَاصِمٍ

Yomon amallar qilgan kimsalar uchun esa o‘sha yomonliklari barobarida yomon jazo bo‘lur va ularni xorlik o‘rab olur — ular uchun Alloh tarafidan biron-bir (jazodan) saqlovchi bo‘lmas. [10:27]

Jazo aslida jinoyatdan tiyib qo‘yish uchun bo‘lishi kerak hamda qonun hammaga barobar qo‘llanishi shart, bunga dalil Oisha(r.a.) rivoyat qilgan mana bu hadisdir:

«كَانَتْ امْرَأَةٌ مَخْزُومِيَّةٌ تَسْتَعِيرُ الْمَتَاعَ وَتَجْحَدُهُ, فَأَمَرَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِقَطْعِ يَدِهَا, فَأَتى أَهْلُهَا أُسامَةَ بنَ زَيْدٍ فَكَلَّموهُ, فَكَلَّمَ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِيْهَا, فَقَالَ لَهُ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: يَا أُسَامَةُ لاَ أَرَاكَ تَشْفَعُ فِي حَدٍّ مِنْ حُدُودِ اللَّهِ عَزَّ وَ جَلَّ, ثُمَّ قَامَ خَطِيبًا فَقَالَ: إِنَّمَا أَهْلَكَ مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ بأَنَّهُ إِذَا سَرَقَ فِيهِمُ الشَّرِيفُ تَرَكُوهُ, وَإِذَا سَرَقَ فِيهِمُ الضَّعِيفُ قَطَعوهُ, وَالذي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ كَانَتْ فَاطِمَةَ بِنْتَ مُحَمَّدٍ لَقَطَعْتُ يَدَهَا, فَقَطَعَ يَدَ الْمَخْزومِيَّةِ»

«Maxzumlik bir ayol narsalarni oriyatga olib, keyin tonardi. Payg‘ambar(s.a.v) uning qo‘lini kesishga buyurdilar. Ayolning ahli Usoma ibn Zaydning oldiga kelib gaplashishdi. U Payg‘ambar(s.a.v) bilan gaplashdi. Shunda Payg‘ambar(s.a.v) «Ey Usoma, seni Olloh Azza va Jallaning bir hadi borasida o‘rtaga tushasan, deb o‘ylamagan edim», dedilar-da, o‘rinlaridan turib shunday xitob qildilar: «Sizlardan avvalgilar shuning uchun ham halokatga uchraganlarki, obro‘lilari o‘g‘irlik qilsa, tek qo‘yganlar, zaiflari o‘g‘irlik qilsa, qo‘lini kesganlar. Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, agar Muhammadning qizi Fotima o‘g‘irlik qilganida ham albatta, uning qo‘lini kesgan bo‘lardim». Shundan so‘ng maxzumlik ayolning qo‘lini kesdilar».

Bizda esa, kambag‘al, tanish-bilishlari yo‘q jinoyatchi baloga qoladi. Ammo nufuz egalari, rahbarlar, hatto “TANIShLARI” ko‘p insonlar jinoyat qilsa ularni jin ham urmaydi. Buning asosiy sababi o‘z Islomimizdan yuz o‘garganimizdir, chunki Alloh Taolo aytadi:

وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا

–„Kim mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas albatta uning uchun tang-baxtsiz hayot bo‘lur“. [20:124]

Biz Islomni yaxshi o‘rganib, o‘sha asosida har bir holatimizga yechimlarni faqat sahih ijtihod orqali olish bilangina to‘g‘ri tomon harakat qilgan bo‘lamiz. Ichki siyosatda ham, tashqi siyosatda ham, hatto o‘sha to‘g‘ri hayot tarzi(sistemasi)ni hayotga qaytarishda ham faqat Islom yo‘li – TARIQATIdan chetga chiqmasligimiz zarur. Chunki hayotning izdan chiqishiga nizomdagi kamchilik sabab bo‘lsa, to‘g‘ri sistemani hayotda tadbiq qilinmasligiga esa, tariqat, ya’ni yashash tarzini amalga oshirish yo‘llaridagi kamchilik sabab bo‘ladi.

G‘arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.