O’zbekistonda bitta ham siyosiy mahkumga amnistiya qo’llanilmadi

475
0

O’zbekiston Konstitutsiyasining 20 yilligiga atab e’lon qilingan aministiya 840 nafar mahkumga qo’llanildi, deya bildiradi mamlakat IIV. Huquq himoyachilariga ko’ra, bu mahbuslarning ichida birorta ham siyosiy mahkumlar yo’q.

Konstitutsiyasining 20 yilligiga atab chiqarilgan amnistiyadan 840 nafar mahkum foydalanganligini bildirgan O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi mamlakatning o’n minglab mahkumlari ichida yana kim ” uzoq o’tirishi”, kim esa ozodlikka chiqishi haqida lom mim deyishmadi.

“Ezgulik” jamiyati rahbari Vasila Inoyatova ko’ra, siyosiy motivlar bilan qamalgan biror mahkumni hali 5 martga qadar davom etadigan amnistiyaga tushirmaslik haqida maxsus topshiriq bor. Bu toifa Jinoyat kodeksining 159 moddasi – “Konstitutsion tuzumga tajovuz” qilishda ayblangan 10 ming atrofidagi huquq himoyachilari, jurnalistlar va muxolifatchilarni o’z ichiga oladi.

O’zbekiston fuqarolik jamiyati siyosiy mahkumlar uchun nima qila olishi mumkin, degan savolga huquq himoyachisi Vasila Inoyatova “hech narsa” deya javob beradi.

“Dahshatli manzara, – deya xulosa qiladi Inoyatova, – men qo’limdan kelganini qilayapman, biroq siyosiy mahkumlarning ozod etilishiga kafil bo’lolmayman”.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.