Din sohasida davlat siyosatining yangi kontsepsiyasi muhokama qilindi

362
0

Din sohasida davlat siyosatining yangi kontsepsiyasi muhokama qilindi

 9-mart kuni Bishkek shahrida Qirg‘izistonning din sohasidagi davlat siyosati bo‘yicha navbatdagi kontsepsiyasi loyihasi muhokama qilindi. Xabar qilinishicha, maxsus ishchi guruhi 2021-2026 yillarga mo‘ljallangan kontsepsiya loyihasi va uni amalga oshirish bo‘yicha harakatlar rejasi ko‘rib chiqildi.

 Yig‘ilishda 2014-2020-yillarga mo‘ljallangan kontsepsiya sarhisob qilindi va navbatdagi hujjatning asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari muhokama qilindi.

 Din sohasidagi davlat siyosatining yangi kontsepsiyasi loyihasida qayd etilishicha, Qirg‘izistonda fuqarolarning diniy radikallashuvi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.

 Shuningdek, “ba’zi odamlar diniy e’tiqodi tufayli o‘z vazifalarini bajarishdan bosh tortayotgani, fuqarolarning radikallashuvining dolzarbligi saqlanib qolmoqda” va din sohasidagi me’yoriy-huquqiy baza aniq emasligi ta’kidlandi.

 Kontsepsiya mualliflarining fikricha, Qirg‘izistonga radikal diniy oqimlar vakillarining kirib kelishi o‘rnatilgan davlat-konfessiya munosabatlari va konstitutsiyaviy tizim uchun katta tahdid bo‘lib qolmoqda.

 Izoh:  Dastlab, 2014- yili Atambaev tashabbusi, Mudofaa kengashi qarori bilan diniy soha bo‘yicha davlat siyosatini 2020- yilga qadar mo‘ljallangan yangi kontseptsiyasini ishlab chiqishga kirishilgan edi. Natijada din ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi bo‘linmalari diniy tuzilmalari faoliyatlarini analiz qilish, qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdi.

  Ular olib borgan analizlar ortidan Qirg‘izistonda faoliyat olib borayotgan Tablig‘ jamoasini taqiqlash masalasi ko‘tarildi. Ammo Qirg‘iziston musulmonlari bu masalaga jiddiy qarshilik bildirishlari ortidan hukumat bu ishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

  2016-yil yoz oyida Almazbek Atambaev “Ekstremistik faoliyatga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Natijada qamoqxonalarda nohaq ushlab turilgan musulmonlarni boshqa mahbuslardan ajratish, musulmonlar uchun maxsus yopiq turdagi qamoqxona qurish harakati boshlandi. Garchi  o‘zlari qabul qilgan qonunga muvofiq mahbusning jazo turini o‘zgartirish faqat sud hukmi bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lsada, qonunga xilof ravishda musulmonlarni yopiq turdagi qamoqxonalarga o‘tkazish boshlandi va bu kurash hozirga qadar u yoki bu ko‘rinishda davom etib kelmoqda.

 Bugunga kelib yana Tablig‘ va da’vat masalasi ko‘tarila boshlandi. Musulmonlarning o‘z dinlariga borgan sari ko‘proq intilishi, sof Islomni tushunishga bo‘lgan harakati, jamiyatni islomiylashib borishi rasmiy hukumat tinchini o‘g‘irlab qo‘ydi. Shu sababli ham yana musulmonlarning “radikallashuvi” masalasi ko‘tarila boshlandi. Ularning nazari bo‘yicha rasmiy hukumat talablariga mos tushmaydigan, Islomga hukumat xohlagandek emas, shariat talab qilganidek amal qiladigan har qanday musulmon radikaldir.

 Ammo, hukumat Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgani kurashini tobora kuchaytirayotgan bo‘lsada, jamiyatda buzuqchilik va beqarorlik keltirib chiqarishga xissa qo‘shayotgan g‘arbparastlarning kuchayib borishiga ko‘z yumib kelmoqda. Nafaqat ko‘z yummoqda, balki ularning kuchayishi uchun sharoit yaratib ham beryapti. Gender tenglik va ayollar huquqlari bahonasi ostida, eks-prezident Roza Otunbaeva boshchiligida Bishkekdagi muzeyda o‘tkazilgan yalong‘och ayollar ishtirokidagi ko‘rgazma, har yili “8 mart” bayrami bahonasi bilan lesbiyanka va besoqolbozlar namoyishlarini uyushtirish odatiy hol bo‘lib qoldi. Ayniqsa bu yilga “8 mart” bayramida “Bakay bank”ning ayollar xodimlari uchun tayyorlagan “sovg‘asi” jamiyatda keskin e’tirozlar va munozaralarga sabab bo‘ldi. Aslida aksar aholisi musulmonlardan iborat bo‘lgan jamiyatda haqiqiy beqarorlik keltirib chiqaruvchilar jamiyatdagi fikr va tuyg‘ularga qarshi ish olib borayotganlardir. Ammo hukumat ularga e’tibor ham bermaydi, ulardan xavfsiramaydi. Chunki, buzuq tuzumga buzuqilar tahdid tug‘dirmaydi. 

 Abdurahmon Odilov 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.