Kapitalizm dunyoni jahannamga aylantirdi

510
0

Kapitalizm dunyoni jahannamga aylantirdi

3 mart kuni Turkmaniston fuqarosi ikki qizning onasi Ikbal Egenberdieva o‘ziga o‘zi o‘t qo‘yishi natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida Centralasia.media axborot agentligining xabar tarqatdi. Xabarga ko‘ra, doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan Iqbol Egenberdieva va uning turmush o‘rtog‘i ijaraga er olib bug‘doy etishtirish bilan kun kechirib kelgan. Bu ish oilani boqish uchun etarli bo‘lmaganligi uchun Iqbol bozorda meva va sabzavotlar sotib kelgan. Biroq pandemiyaga qarshi choralar tufayli bozorlar bir yildan beri yopiq bo‘lgarligi sababli oilaning xarajatlari uchun mablag‘ etarsizligidan qattiq qiynalgan Iqbol 3 mart kuni uy jihozlari bo‘lgan xonaga kirib, o‘ziga benzin sepib, yoqib yuborgan va kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan.

Turkmaniston gaz qazib olish bo‘yicha dunyoda 11-o‘rinda turadi. U yiliga 80 milliard kubometrdan ziyod gaz qazib oladi. Shunga qaramay xalqi qashshoqlikda kun kechiradi. Mamlakatda odamlardan ko‘ra itlar va otlarning qadri baland turadi. Ular uchun bayramlar nishonlanadi va yodgorliklar o‘rnatiladi. Mamlakat boyliklari prezident va atrofidagi bir hovuch boylarning qo‘lida. Bundan tashqari, Turkmaniston ham boshqa musulmon davlatlari singari yirik davlatlarning mustamlakasi bo‘lganligi sababli, mamlakat boyliklarining haqiqiy egasi ham o‘sha mustamlakachilardir, boshqacha aytganda, turkman rejimi gazni kimga sotadi va qancha bahoga sotadi, buni mustamlakachilar hal qiladi.

Bu hodisa arab bahori qo‘zg‘oloniga sabab bo‘lgan Tunisdagi voqeani eslatmoqda. O‘sha paytda ham Tunis fuqarosi kun kechirish uchun aravachasida mevalar sotayotgan paytda, politsiyachilar uning savdosini taqiqlab, mevalarini olib qo‘yishgan edi. O‘shanda Tunislik yigit norozilik sifatida o‘zini yoqib yuborgan edi. Bunday voqealar dunyoda juda ko‘p. Faqat kun kechirish uchun odamlar ertalabdan kechgacha tinim bilmay mehnat qilishadi. Ko‘pchilik uchun pul topish jahannamga aylangan. Kapitalizm (demokratiya) tuzumi insoniyatga g‘amxo‘rlik qilish va ish bilan ta’minlashga qodir emasligini ko‘rsatdi. Chunki kapitalizm kuchlilarga imkon yaratadigan tuzumdir. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra,  dunyoda qariyib 1 milliard inson o‘ta qashshoqlikda kun kechiradi. Dunyo aholisining 50 foizidan ko‘prog‘ining kunlik daromadi 2,5 dollardan kamdir. Kapitalizm (demokratiya) tuzumi – bir hovuch boy odamlarning yanada boyishiga va qolgan aholining o‘ta qashshoqlashishiga yo‘l ochadigan mustamlakachilik tuzumidir. Shuning uchun kapitalizm qulab, tabiiy boyliklarni adolatli taqsimlaydigan va insonlarga inson sifatida g‘amxo‘rlik qiladigan tuzum o‘rnatilmaguncha insoniyat yana uzoq vaqt azob chekishda davom etaveradi. Bunday tuzum esa faqat Islomda mavjud.

Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:

وَمَنْ أَعْرَضَ عَنْ ذِكْرِي فَإِنَّ لَهُ مَعِيشَةً ضَنكًا

“Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur” [20: 124]

Horun Abdulhak

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.