«Ey musulmonlar, Xalifalikni barpo qilinglar» kampaniyasi Tunisni mustamlaka qilgan kofirlarga qarshi kampaniyadir

301
0

«Ey musulmonlar, Xalifalikni barpo qilinglar» kampaniyasi Tunisni mustamlaka qilgan kofirlarga qarshi kampaniyadir

Musulmon farzandlari bo‘lgan xavfsizlik xizmati xodimlari ayni kampaniya doirasida ish olib borayotgan da’vat egalarini nega qamoqqa olmoqdalar?!

Urush harom qilingan Rajab oyining birinchi kunida, Hizb ut-Tahrir Islomiy Xalifalik ag‘darilganining alamli yuz yilligi xotirasida boshlagan «Ey musulmonlar Xalifalikni barpo qilinglar» nomli kampaniyaning ilk damlarida xavfsizlik xizmati xodimlari Hizb a’zolari Afif Xalif va Umar Ahmadlarni qo‘lga olib, Saqiyat Zayt shahridagi xavfsizlik idorasiga olib ketishdi. Bu ikki yigit Safoqis shahrida «Ey musulmonlar Xalifalikni barpo qilinglar» nomli bannerlarni ilishga harakat qilishayotgan edi. Ular faoliyatiga ruxsat berilgan partiya safida siyosiy faoliyat olib borishlariga qaramay, xavfsizlik xodimlari tomonidan hibsga olindi. Xavfsizlik xizmati xodimlari birodarimiz Afif Xalifning Xalifalikni barpo etishga chaqirish borasidagi shar’iy burchi va tabiiy huquqini talab qilishiga to‘sqinlik qilishar ekan, unga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lishdi. Ilinayotgan bannerning manbasi va kampaniya doirasida banner ilayotgan shaxslarning ismlari aniqlangach, advokat ishtirokida protokol tuzilib, birodarlar ozod etildi. Birodarimiz Afifga shifoxonada davolanishi uchun yo‘llanma berildi.

Ma’lumki, biz Hizb ut-Tahrir Tunis viloyati a’zolari rasmiy siyosiy sinfning mustamlakachi kofirga qaram ekanini fosh etib, ularni Ummat tarafida turishga hamda uning masalalarini, ayniqsa roshid Xalifalikni barpo etish masalasini qo‘llab-quvvatlashga chaqirib kelamiz. Bu narsa barchaga ma’lum bo‘lishiga qaramay, ayrim xavfsizlik xizmati xodimlarining bunga nisbatan tutayotgan pozitsiyasi bizni hayron qoldiryapti. Allohni, Uning Rosulini va mo‘minlarni do‘st tutishni buyuradigan, ma’rufga buyurib, munkardan qaytarishni talab qiladigan Islom aqidasi talablariga e’tibor bermayotgan hamda fikr yuritmasdan hamon siyosatchilarning ko‘rsatmalarini bajarishda davom etayotgan ba’zi bir xavfsizlik xizmati xodimlarining pozitsiyasi bizni taajjublantiryapti. Holbuki, Ular siyosatchilarning malayligini hamda yurt musibatlari sababchisi ham ular ekanini, juda yaxshi bilishadi. Bundan tashqari, siyosatchilarning ko‘rsatmalarini bajarish oqibatida so‘nggi namoyishlarda hamda Ben Ali qochib ketganidan keyin o‘zlarining xalq tomonidan tahqirlanganiga ham uzoq vaqt bo‘lgani yo‘q. Shunday ekan, siyosatchilar va ularning ayrim kadrlari orqali berilayotgan mustamlakachilarning ko‘rsatmalari xavfsizlik xizmati xodimlarini dushman qo‘lidagi tayoqqa aylantirib qo‘yganini, ularni xalqdan uzib, sha’nini erga urganini nahotki anglab etishmasa?! Nahotki, Alloh Taolo qiyomat kuni sodir etgan ishlari haqida ulardan so‘rashini va u kunda xo‘jayinlari ulardan tonishini bilishmasa?!

إِذْ تَبَرَّأَ الَّذِينَ اتُّبِعُواْ مِنَ الَّذِينَ اتَّبَعُواْ

«U kunda peshvolar ergashuvchilardan tonadilar» [Baqara 166]

Shu narsa aniqki, da’vat yo‘lidagi qiyinchiliklar Hizb ut-Tahrir qat’iyatini kuchaytiradi. Qamoqqa olish va ozodlikdan mahrum qilishlar Hizb a’zolarining matonatini kuchaytirib, Allohning nusratiga bo‘lgan ishonchlarini yanada oshiradi. Nahotki, ular buni bilishmasa?!

Hizb ut-Tahrir «Ey musulmonlar, Xalifalikni barpo qilinglar» deya butun musulmonlarga sidqidildan xitob qilmoqda. Toki ular Xalifalikni barpo etib, o‘z hayotlarini Islomning buyuk nizomi bilan qayta boshlasinlar. Bu nido eng avvalo xavfsizlik xizmati xodimlari va harbiylarga qaratilgan. Shunday ekan, ular haq tomonga o‘tib, hukmdorlarning xiyonatidan xalos bo‘lsinlar va Alloh Taoloning ushbu qavliga quloq solsinlar:

أَرَأَيْتَ الَّذِي يَنْهَى * عَبْدًا إِذَا صَلَّى * أَرَأَيْتَ إِن كَانَ عَلَى الْهُدَى * أَوْ أَمَرَ بِالتَّقْوَى

«(Ey inson), bir bandani (ya’ni Muhammad alayhissalomni) namoz o‘qigan vaqtida (namozidan) to‘sadigan kimsani ko‘rdingmi?! Xabar bergin-chi, agar u (namoz o‘qiguvchi) o‘zi To‘g‘ri yo‘lda bo‘lsa, yoki (o‘zgalarni) taqvoga (Allohdan qo‘rqishga) buyursa (uni namozdan va taqvodan to‘sgan kimsa halok bo‘lmasmi)?» [Alaq 9-12]

Abu Jahl mag‘lub bo‘lib, Muhammad ﷺning da’vati g‘olib bo‘lgan. Xuddi shuningdek, roshid Xalifalikka bo‘lgan da’vat ham yaqin kunlarda g‘olib bo‘lib, barcha dushmanlar ustidan g‘alaba qilajak.

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«So‘ng Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi».

Hizb ut-Tahrirning Tunisdagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.