Biz Xalifalik bilan tirikmiz, masjidlarimiz va muqaddas dargohlarimizni ham Xalifalik himoya qiladi

280
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Biz Xalifalik bilan tirikmiz, masjidlarimiz va muqaddas dargohlarimizni ham Xalifalik himoya qiladi

Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati matbuot bo‘limi a’zosi ustoz Abdussalom Ishoq qalamiga mansub

Islom va kufr o‘rtasidagi kurash qadimdan, Nabiy ﷺning zamonidan buyon turli xil uslub va vositalar yordamida davom etib keladi. Jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri dushmanlik qilish, qiyodat-etakchilikni ojiz va muvaffaqiyatsiz qilib ko‘rsatib, juda xunuk sifatlar bilan yomonotliq qilish kabi. Islom hayot manhaji va mukammal tuzum bo‘lib, unda inson muammolarining echimlari mavjud. Zero, insonlar Islomda o‘zaro teng hisoblanib, ularning har biriga Allohning qullari, deya qaraladi.

Muhammad alayhissalom payg‘ambar qilib yuborilganda, Islomning hayotda keng qamrovli siyosiy inqilob yasashi Quraysh kofirlariga ayon bo‘lib qolgan edi. O‘shanda Nabiy ﷺ Quraysh zodagonlari va etakchilarini yig‘ib, birgina kalimani aytinglar, shu tufayli butun arablar ustidan hukmron bo‘lasizlar, butun ajamlar sizlarga itoat qiladi, dedilar. Kofirlar: bir emas, yuzta kalimani aytmaymizmi, deyishdi. Shunda ul zot la ilaha illalloh, kalimasini aytinglar, dedi. Ular esa, illo mana shu kalimani aytmaymiz, deyishdi. So‘ng, bir qancha uslublar qo‘llab, Payg‘ambar ﷺ va u zotning ashoblari manhajiga qarshi kurashishni boshlashdi. Ular azoblash, Payg‘ambar alayhissalomning sahobalarini quvg‘in qilish, ul zot ﷺni haqoratlash… kabi bir qancha uslublarni ishga solishdi. Bu uslub va da’volar Nabiy ﷺ va ashoblariga ziyon etkazolmadi. Bil’aks, mabdada sobit turishlarini, hech kimga yaltoqlanmay, yalinmay, Allohning o‘z da’vatiga nusrat berishiga bo‘lgan ishonchlarini yanada ziyoda qildi.

Ha, kurash xususiyatlari va Islomga qarshi quturgan hujumlar o‘shandan boshlandi. Quraysh rahbarlari Muhammad ﷺning tez orada ularning hokimiyatini tortib olishini sezgan edi. Shuning uchun, ul zotning obro‘sini to‘kish, payg‘ambarligini yolg‘onga chiqarish, masxaralab-kulish va ozor etkazish, odamlarni ul zotdan to‘sish uchun turli xil tuhmat va ig‘volar tarqatish, ul zotga imon keltirganlarni xorlash kabi qo‘llaridagi barcha uslublardan foydalanishdi.

Ba’zan, ul zotni majnun, deyishdi:

 وَقَالُوا يَا أَيُّهَا الَّذِي نُـزِّلَ عَلَيْهِ الذِّكْرُ إِنَّكَ لَمَجْنُونٌ

«Ular: «Ey (o‘ziga) eslatma-Qur’on nozil qilingan (deb da’vo qilayotgan) kishi, darhaqiqat, sen, majnunsan, deyishdi» [Hijr 6]

Ba’zan, ul zotni sehrgarlik va yolg‘onchilikda ayblashdi:

 وَعَجِبُوا أَنْ جَاءَهُمْ مُنْذِرٌ مِنْهُمْ وَقَالَ الْكَافِرُونَ هَذَا سَاحِرٌ كَذَّابٌ

«(Makka mushriklari) ularga o‘zlaridan bir ogohlantiruvchi-payg‘ambar kelganidan ajablandilar. Kofirlar – bu bir yolg‘onchi sehrgardir, deyishdi» [Sod 4]

Ba’zan ul zotga shoirlik va kohinlik nisbatini berishsa, ba’zan bechora ashoblarini masxaralashdi, ularni kulgini keltiradigan va hazil-mutoyiba qiladigan kimsalar qilib ko‘rsatishdi:

 وَكَذَلِكَ فَتَنَّا بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لِّيَقُولُوا أَهَؤُلَاءِ مَنَّ اللَّهُ عَلَيْهِم مِّن بَيْنِنَا أَلَيْسَ اللَّهُ بِأَعْلَمَ بِالشَّاكِرِينَ

«Bizlarning oramizdan ana o‘shalarga Alloh in’om qilgan emishmi?» – deyishlari uchun ularning ba’zilarini ba’zilari bilan ana shunday imtihon qildik. Axir shukr qilguvchilarni Alloh yaxshiroq bilguvchi emas-mi?!» [An’om 53]

Kurash uslublaridan yana biri axborot kurashidir. Masalan, Islom ahkomlarini buzib ko‘rsatish va ular to‘g‘risida shak-shubha uyg‘otish kabi. Bundan boshqalarning da’vatni qabul qilishlari u yoqda tursin, hatto bu haqda fikrlashga ham o‘rin qoldirmaslikni ko‘zlashgan. Shu bois Qur’on haqida

إِنْ هَذَا إِلا إِفْكٌ افْتَرَاهُ وَأَعَانَهُ عَلَيْهِ قَوْمٌ آخَرُونَ

«Bu faqat (Muhammad) o‘zi to‘qib olgan bir yolg‘ondir, unga bu (yolg‘onni to‘qishda) boshqa bir qavm yordam qilgan» [Furqon 4]

deyishdi.

وَقَالُوا أَسَاطِيرُ الْأَوَّلِينَ اكْتَتَبَهَا فَهِيَ تُمْلَى عَلَيْهِ بُكْرَةً وَأَصِيلاً

«Yana ular – bu avvalgilardan qolgan afsonalardir. (Muhammad) ularni ko‘chirib olgan. Bas (bu afsonalar birovlar tomonidan) unga ertayu kech o‘qib berilur, deyishdi» [Furqon 5]

Ular yana bunday deyishdi:

وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّهُمْ يَقُولُونَ إِنَّمَا يُعَلِّمُهُ بَشَرٌ

«Biz ularning – (Qur’onni Muhammadga)biron odam o‘rgatmoqda, deyayotganini albatta bilurmiz» [Nahl 103]

O‘shanda musulmonlar uchun Islom manhaji va mafkurasi g‘oyat aniq bo‘lgan. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ham Qurayshning Isro va Me’roj masalasida shubha solishiga xuddi shu yo‘sinda munosabat bildirgan. O‘shanda Quraysh Abu Bakr Siddiqning oldiga borib, Rosulullohning Isro va Me’roj voqeasi haqidagi so‘zlarini aytib beradi. Shu orqali u kishi bilan Rosululloh ﷺ o‘rtasiga fitna solishga urinadi. Shunda Abu Bakr «buni Rosululloh aytdimi?», deb so‘raydi. Quraysh «Ha», deb javob beradi. Abu Bakr «Rosululloh shunday degan bo‘lsa, to‘g‘ri aytibdi», deydi. Quraysh esa, «bu masalada uni tasdiqlaysanmi?!», deb so‘raydi. Abu Bakr bunday javob qiladi: «Men ul zotni bundan kattaroq masalalarda ham, ul zotga kechayu kunduz samodan vahi kelayotganini ham tasdiqlayman-u, nega ul zotning to‘siqdan oshib, samoga ko‘tarilganini tasdiqlamayin. Allohga qasamki, bunisi unisidan ham og‘irroqdir». Abu Bakr shunday deb, Rosululloh ﷺning oldilariga boradi. Qarasa, ul zot insonlarga Isro va Me’roj voqeasini aytib bermoqdalar… Abu Bakr boshini qimirlatib, «To‘g‘ri aytdingiz, men Allohning Rosuli ekaningizni tasdiqlayman», deydi. Shunda Nabiy ﷺ Abu Bakrga qarata «Ey Abu Bakr, siz siddiqsiz», deydilar. Darhaqiqat, Abu Bakr Siddiqning Isro va Me’rojni tasdiqlashi ko‘plab mo‘minlarning ham bu voqeani tasdiqlashlariga sabab bo‘ladi. Biroq, manhaj g‘oyib bo‘lib, Usmoniy Xalifalik oxirlarida davlat zaiflashgach, G‘arb musulmonlarni o‘zining qonunchiligi bilan ochiqdan-ochiq kurashishga chaqirdi. Oqibatda musulmonlar ayni kurashda mag‘lub bo‘lib, siyosiy jihatdan butkul vayron qilindilar.

Musulmonlar G‘arbning qonunchilik hujumiga uchragan paytlarida G‘arb erishgan yirik sanoat inqilobiga og‘izlari ochilib-hayron bo‘lib qolishgan. Shu bois, o‘zlaridagi muammolar echimini kapitalistik sistemaga hamda G‘arb erishgan buyuk ixtiroyu sanoatlarga bog‘lashgan. Ayni shu erdan fikrlash buzildi… O‘z navbatida, Islom ahkomlariga bo‘lgan ishonchlarida ham buzilish paydo bo‘ldi. Masalan, G‘arb «banklar iqtisod uchun zarurdir, Islomda banklar aytilganmi?» deganda, musulmonlar banklar haqidagi Islomning hukmini so‘ramadilar, aksincha Islomni zamonga moslashishi kerakligini aytishdi. Oqibatda ulamolar «zarurat fiqhi», «etimning molini talofat etishidan saqlash» kabi hujjatlar bilan ozgina protsentli riboga fatvo berishdi hamda boshqaruv, iqtisod va ijtimoga aloqador islomiy qonunchilikdagi G‘arb hujum qilgan bir qancha ahkomlarni buzishdi. Shu tarzda G‘arb saqofati bilan ko‘zlari qamashgan kimsalar uning yo‘lidan yurishdi. Bugunga kelib, ahvolimiz shu darajaga etdiki, hatto namoz ahkomlarida ham koronavirus pandemiyasi, degan narsani dastaklab, masofa saqlab namoz o‘qiladigan bo‘lib qoldi. Ya’ni bu muammoni hal qilishda ham G‘arbga taqlid qilindi. Rosululloh ﷺ aytganlar:

«لتَتَّبِعُنَّ سَنَنَ مَنْ قَبْلَكُمْ شِبْراً بِشبْرٍ، وَذِرَاعاً بِذِرَاعٍ، حَتَّى لَوْ سَلَكُوا جُحْرَ ضَبٍّ لَسَلَكْتُمُوهُ»

«Sizlar o‘zlaringizdan oldingilarning yo‘liga qarichma-qarich, qulochma-quloch ergashasizlar… Hatto ular kaltakesak iniga kirishsa, sizlar ham kirasizlar».

Hozirgi kunda kofir G‘arb nazariyasiga moslashish uchun diniy xitobni yangilashga ahamiyat qaratilib, saroy ulamolarining bu borada Allohning shariatini o‘zgartirib bergan fatvolari keng tarqatilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, zolimlarga bo‘yin egmaydigan hamda mustamlakachi kofirga qul bo‘lishni o‘ziga ravo ko‘ruvchi kimsalarga og‘ib ketmaydigan Muhammad ﷺning suyukli Ummati o‘z payg‘ambarlarining haqoratlanishiga qarshi ko‘tarildi. Buning ortidan Frantsiya mahsulotlari boykot qilinib, Makron o‘z yurti manfaatlaridan tashvishlanib qoldi. Natijada, Makron yaltoqlik qilib, Frantsiya din sifatida Islomga dushman emas, deya bayonot berishga majbur bo‘ldi. Qaranglar-a, musulmonlarning bu pozitsiyasi Islomning musulmonlar qalbidan joy olganini va bu narsa G‘arbni qo‘rqitayotganini naqadar ko‘rsatmoqda! Shuning uchun ham G‘arb Ummatni adashtirishga urinyapti. Endi, Ummatning davlati, g‘amxo‘ri bo‘lsa nima bo‘lishini tasavvur qilavering!

«إِنَّمَا الْإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَى بِهِ»

«Xalifa qalqondir. Uning ortida jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi».

Biz Xalifalik bilan tirikmiz. Jonlarimiz va nomuslarimizni ham Xalifalik himoya qiladi. Xalifalik bilan masjidlarimiz himoyada, aqidamiz omonda, muqaddas dargohlarimiz mudofaada bo‘ladi.

Roya gazetasidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.