Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas

378
0

Agar sizlarga Alloh yor bo‘lsa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lmas

 Xalifalik davlatni tiklash borasida so‘z ketganda ayrim odamlar tomonidan hozirgi globallashuv zamonida, olam siyosatini boshqarayotgan davlatlar mislsiz harbiy quvvatga ega bo‘lib turgan vaqtda buni amalga oshirish imkoni yo‘q. Ular o‘zlariga raqib bo‘lgan davlatni vujudga kelishiga, oyoqqa turib, etakchilikni o‘z qo‘llaridan tortib olishiga zinhor yo‘l qo‘ymaydilar degan mazmundagi so‘zlar aytiladi. Ular bunday baho berishlariga Ummatning hozirgi zaif holati, tarqoqligi, o‘z diniy qadriyatlarini ham saqlashdan ojiz bo‘layotganlarini sabab qilib ko‘rsatishadi. Aslida ham shundaymi?

 Agar sirtdan olib qaraganda, barcha ishlarga faqat voqelik va aql hamda musulmonlarning o‘zidagi quvvat va imkoniyatga nazar solgan holda baho beriladigan bo‘lsa, ularning so‘zlari haqiqatga yaqindek ko‘rinadi. Ammo shu o‘rinda, biz musulmonlar uchun e’tiqodiy masala bo‘lgan Allohning nusrati, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning bashoratlariga bo‘lgan ishonch, o‘z imkoniyatimizdagi ishlarni mukammal bajargan holda, natijani Allohga tavakkul qilish e’tiborsiz qoldirib qo‘yiladi. Siyratga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam Madinada Islom davlatini tiklagan vaqtlarida, o‘z zamonasining qudratli davlatlari Rum va Fors imperiyalari qudratda bo‘lgan. Shunday bo‘lsada, musulmonlar o‘z zimmalaridagi omonatni ado etish yo‘lida jiddu-jahd bilan harakat qilishdi. Davlatni mustahkamlash bilan bir qatorda Islom risolatini olamga da’vat va jihod yo‘li bilan olib chiqishdi. Ular o‘z imkoniyatlaridagi ishlarni bajargan holda, Allohga haqiqiy tavakkul qilishdi. Natijada qisqa vaqt ichida ushbu qudratli davlatlar ustidan g‘alabaga erishib, olamdagi etkachi kuchga aylanishdi va bu asrlar davomida olamga adolat va xotirjamlikni baxsh etib kelishdi…

Hozir ustimizda hukm yuritayotgan kapitalistik tuzum va uning homiylari bo‘lgan qudratli davlatlar ham xuddi tarixda bo‘lgani kabi Islom davlati e’lon qilingan vaqtda unga qarshi chiqishga harakat qilishlari va bu yo‘lda o‘z imkoniyatlaridagi barcha vositalarni ishga solishlari aniq. Ammo ularning bu harakati bo‘g‘izlangan xayvonning jon talvasasida tipirchilashiga o‘xshash bo‘lib, tez orada jon taslim qiladi. Bunday deyishimga sabab, hozir tashqi ko‘rinishi qudratli bo‘lgan kufr davlatlari allaqachon ichidan chirib, jar yoqasiga kelib bo‘lgan. Bu tuzumning siyosiy (boshqaruv), iqtisodiy, ijtimoiy… sohalarda tanazzulga yuz tutganiga ancha bo‘ldi. Boshqaruvda yaroqsizligi shundaki, ushbu tuzum oddiy fuqarolar emas, balki yirik kapitalistlar manfaatlariga xizmat qilishi, barcha narsaga shaxsiy manfaat nuqtai-nazaridan qarashi, g‘amxo‘r boshqaruvchilik shaxsiyatiga ega emasligi sababli hatto o‘z fuqarolari ishonchidan mahrum bo‘lmoqda. Chunki, g‘amxo‘r boshqaruvchi dunyoni omonlik qirg‘og‘iga olib chiqish uchun o‘zidagi ba’zi narsalarni qurbon qiladi, garchi o‘zida ehtiyoj bo‘lsa-da va insoniyatni boshqarish ustida ozorlarga uchrasada, o‘zini qo‘yib o‘zga insonlarni ixtiyor qiladi…

 Kapitalizm tabiatida bo‘lgan iqtisodiy, moliyaviy inqirozlar sababli bu davlatlar iqtisodi inqirozga yuz tutdi. Ulkan qarzlar botqog‘iga botdi. Hozir bu davlatlar faqat kreditlar va hech narsaga asoslanmagan qog‘oz pullarni bosib chiqarish orqaligina tiriklik nishonasi bermoqda. Ijtimoiy sohada gender tenglik iddaosi bilan ayollar zo‘ravonlik qurboniga aylanishi, ekspluatatsiya qilinishi, qashshoqlik va ruhiy inqirozlar sabab o‘z joniga qasd qilish holatlari oshib borayotgani, bir jinsli nikohlarga ruxsat berilishi ortidan tug‘iish kamayib, tez qarib borayotgan jamiyatga aylanib qoldi. G‘arb davlatlari xalqlari ichida o‘zlaridagi muammolarni xal etish va ruhiy xotirjamlik topish umidida Islomga murojjat qilish, bu dinni qoniqish va xotirjamlik bilan qabul qilish holatlari tobora ko‘payib bormoqda. Jamiyatlarida Islom e’tibori va musulmonlar soni o‘sib bormoqda. Shu sababli ham ular Islomni yomonotliq qilish, Islomni buzib ko‘rsatish, bu dinni terrorchilar dini qilib ko‘ratishga urinish orqali jamiyatning islomiylashib borishini oldini olmoqchi bo‘lishmoqda.

 Bugungi kunda kapitalistik davlatlar suyanayotgan asosiy kuch bu – o‘zlarining harbiy quvvatlari bo‘lib turipti xolos. Ammo ularning bu quvvatlari ham aldamchi bo‘lib, bir kuchli zarbaga dosh bera olmasligi aniq. Bugun birlashmagan, bir boshchiga bo‘ysunmaydigan jihodiy harakatlar ularning harbiy quvvatlari qanchalik ekanligini fosh qilib qo‘ydi. Bunga AQSh va NATO kuchlarini Afg‘onistonda botqoqqa botib qolgani, o‘z mag‘lubiyatlarini yashirish va afg‘on urushidan xuddi g‘olibdek chiqib ketish uchun turli xil siyosiy makr-xiylalarni ishga solayotgani yaqqol misol bo‘la oladi. Bundan tashqari, harbiy quvvati bilan doim faxrlanib kelgan Rossiya faqat vaxshiyona qirg‘inlar orqaligina Chechen urushini to‘xtatishga erishdi, musulmon va nomusulmon davlatlardan iborat harbiy koalitsiya Suriya inqilobini to‘xtatishga qodir bo‘la olmayapti. E’tiqodida mustahkam turgan jihodiy harakatlar bu davlatlar uchun “bosh og‘rig‘i” bo‘lib turgan holda, Xalifalik davlati tiklanib, bir qo‘mondon boshchiligidagi izzat va azizlik uchun jon fido qilishga tayyor bo‘lgan millionlab askar, yuz minglab tank va harbiy samolyotlar, bunga qo‘shimcha, atom bombasiga ega bo‘lgan qo‘shin qarshisida ular qanday holatga tushishlarini tasavvur qilish qiyin emas. Albatta, buning uchun jiddu-jahd va aziz narsalarimizni qurbon qilishga tayyor bo‘lishimiz, o‘z imkoniyatimizdagi barcha ishlarni mukammal ado etib, natijani Allohga tavakkul qilishimiz va Uning va’dasiga ishonishimiz shart. Alloh taolo aytadi:

إِنْ يَنْصُرْكُمُ اللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُم

 “Agar sizlarga Alloh nusrat bersa, hech kim sizlardan g‘olib bo‘lolmaydi” (Oli Imron: 160).

 Mustamlakachi kofirlar Islom va musulmonlar oldida zaif ekanliklarini anglashyapti. O‘z tuzumlari insoniyatni baxtsizlik va azob-uqubatdan qutqara olmasiligini tushunishyapti. Islomdan qo‘rqishyapti, qayta birlashishimizdan xavfsirashyapti. Shuning uchun ham yuz yil avval bizni bo‘lib, parchalab tashlashgandan keyin qayta jamlanishimizga yo‘l qo‘ymaslik uchun bor imkoniyatlarini sarflashyapti. Buni biz quturib hujum qilishayotganidan, “terrorizm” dastagi ostida sohta urushlar keltirib chiqarishayotganidan, malay hokimlarimizdan bizga qarshi foydalanishayotganidan anglashimiz mumkin. Bas, shunday ekan, Allohning arqonini mahkam tuting, ulardan aslo qo‘rqmang, Alloh Subhanahuning va’dasiga hech shubha qilmang. Chunki, bizni va barcha mavjudotlarni yaratgan Zot Rosululloh sollallohu alayhi va sallamga va ul zot bilan birga bo‘lganlarga avvalda nusrat berganidek bizga ham nusrat berishga qodirdir. Biz Xalifalik qulatilishini xotirlar ekanmiz, sizni birgalikda ushbu buyuk farzni ado etishga, islomiy hayotni qayta barpo etishga da’vat qilamiz. Biz shubhasiz Rosululloh sollallohu alayhi va sallamning:

ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ

“Keyin Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik bo‘ladi”, deya qilgan bashoratlari ro‘yobga chiqishiga ishonamiz.

 Hizb ut Tahrir – Qirg‘iziston matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.