Siyosiy Islom

555
0

Siyosiy Islom

Kofir G‘arb Britaniya boshchiligida 1924 yil 3 martda Xalifalik davlatini qulatgan kundan boshlab uni qayta oyoqqa turmasligi uchun harakat qilib kelmoqda. Dastavval G‘arb bu borada o‘zini biroz erkin his qildi. Chunki u Xalifalikni qulatgani bilan g‘ururlanib, uning qayta oyoqqa tura olishiga biroz e’tiborsiz qaraganlay bo‘ldi. Angliya tashqi ishlar vaziri Karzon Britaniya parlamentining quyi palatasi oldida nutq so‘zlar ekan, “Gap shundaki, Biz Turkiyani yo‘q qildik, u endi hech qachon oyoqqa turolmaydi, chunki biz uning ma’naviy kuchini – Islom va Xalifalik timsolida namoyon bo‘ladigan kuch-qudratini yo‘q qildik», deganda barcha ingliz deputatlar xursand bo‘lib qarsak chalib yuborishdi. Chunki bu kufr davlatlari bir necha asrlardan buyon eta olmagan orzularining ushalganini anglatardi.

Shunday bo‘lsa-da kofir G‘arb Xalifalik davlati qayta oyoqqa turmasligi uchun harakat qilishdan bir lahza ham to‘xtagani yo‘q. Zero Britaniya elchisining Mustafo Kamol “Otaturk”ka qo‘ygan va la’nati “Otaturk” so‘zsiz qabul qilgan to‘rtta shartning uchinchisi “Xalifalikni qayta tiklashi mumkin bo‘lgan har qanday harakatni bostirishga va’da berish” bo‘lgan edi. Shuningdek bosqinchi yahud vujudini Islom o‘lkalarining qoq markaziga o‘rnashtirib qo‘yishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham shudir.

Biroq G‘arb har qancha to‘sqinlik qilishiga qaramay – Allohga behisob hamdu sanolar bo‘lsin – Xalifalikni qayta tiklash fikri musulmonlar ongida qayta shakllana boshladi. Chunki musulmonlar zehnidagi Islom aqidasi nasroniylik aqidasidan farqli o‘laroq tirik aqidadir. Qolaversa, Alloh Taolo bu Ummat orasidan har 100 yilda dinni yangilab turuvchi shaxsni chiqarib turishni va’da qilgan ekan, boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas.

Bundan 100 yil avval Islom davlatining qulashi bilan sevingan G‘arb bugungi kunda musulmonlarning Xalifalikni xalqaro sahnaga qaytarish uchun yana astoydil bel bog‘laganlaridan qattiq bezovta bo‘la boshladi. Buning oldini olish uchun har qanday fitnalarni to‘qib chiqarmoqda. Terrorizm, ekstremizm, radikal Islom, mo‘’tadil Islom, an’anaviy Islom shular jumlasidandir. Hatto musulmonlar orasidan Islomni badnom qiladigan va Islom nomidan turli agressiv ishlarni amalga oshiradigan jamoatlarni paydo qildi. Maqsadlari Xalifalik davlatini terror davlati qilib ko‘rsatish va uni hayotga qaytarish uchun faoliyat qilayotgan har qanday harakat, uyushma va hizbga nisbatan terrorizm tamg‘asini yopishtirish va ularga qarshi o‘zlarining har qanday noqonuniy harakatlarni “terrorga qarshi kurash”, deya oqlashdir. Chunki G‘arbning nazarida Islomiy siyosatni hayotga qaytarish uchun faoliyat qilayotgan shaxslar terrorchilar, jamoalar esa terroristik tashkilotlar hisoblanadi.

Aslida, terrorizm so‘zining lug‘aviy ma’nosi qo‘rqitish, xavf solish bo‘lib, bu so‘zning alohida shar’iy ma’nosi yo‘q. Ammo G‘arb bu so‘zdan istilohiy ma’no yasab olib, o‘z manfaati uchun foydalanmoqda. Uning istilohida terrorizm – bu barcha sohalarni, shu jumladan siyosatni ham o‘z ichiga olgan haqiqiy Islomdir.

Darhaqiqat bugungi kunda G‘arb “terrorizm” yoki “terrorchilar” deganda Islom va Musulmonlarni nazarda tutayotgani sir bo‘lmay qoldi. Masalan biror erda portlash yoki tinch fuqarolarga qarata o‘t ochish yoxud shunga o‘xshash holat yuz bersa qaraladi; Agar o‘rtada musulmon kishining ismi zikr qilinsa, darhol terrorchilik harakati sodir etildi deya jar solishadi. Agar ommaviy qirg‘inni sodir etgan shaxs musulmon bo‘lmasa, jabrlanganlar qancha ko‘p bo‘lishiga karamay, hujumchi “aqlan nosog‘lom” bo‘lib chiqadi.

G‘arbning Islomga “terrorizm” tamg‘asini yopishtirishdan ko‘zlagan asosiy maqsadi musulmonlarning birlashuviga, bitta davlatda jamlanib, o‘z mabdalarini tatbiq etishlariga va risolatni olamga olib chiqishlariga qarshi kurashdir hamda shu yo‘ldagi intilishlarni yo‘q qilishdir. Ya’ni bir so‘z bilan aytganda Islomni siyosiy maydondan uzoqlashtirib, uni masjidlarga cheklab qo‘yishdir. Ana shunda ularning istaklarini ikkilanmay qabul qilaveradigan “Mo‘’tadil Islom” vujudga keladi va ular Islom davlatining qayta vujudga kelishidan xotirjam bo‘lishadi. Shuning uchun ham Islomning siyosiy jihatini ko‘tarib chiqqan har qanday kishi ularning nazarida haqiqiy terrorchidir.

Ha, kufr etakchilarini larzaga solayotgan narsa ham mana shu Islomning siyosiy jihatidir. Kufr namoyondalari bo‘lmish Jorj Bush, Ri¬chard Mayers, Donalpd Rams¬felpd, Dik Cheyni, Genri Kissenjer, Gordon Braun, Toni Bler, Charlpz Klark, Nikolya Sarkozi, Jak Shirak, Vladimir Putin, Sergey Lavrov va hokazo bulardan boshqa kufr etakchilarini Xalifalik davlatini qayta tiklanishi haqida dahshatga tushib gapirishga majbur qilgan ham mana shu Islomning siyosiy jihatidir.

 Siyosiy Islom o‘z davlatiga ega bo‘lmay turib kufrni shunchalik dahshatga solayotgan bo‘lsa, Xalifalik davlati tiklangandan keyin ahvol qanday bo‘lishini o‘zingiz o‘ylab ko‘ravering. Ammo Xalifalik davlati ular da’vo qilayotgan terror davlati emas. Balki hidoyat, ma’rifat va madaniyat davlatdir. U insoniyatni adolatga baxtiyor hayotga, hayotning barcha sohasida buyuk taraqqiyotga eltuvchi davlatdir. U kufrning zulmiga, zo‘ravonligiga, adolatsizligiga, fitnalariga chek qo‘yib, butun dunyo bo‘ylab adolatni yoyadigan davlatdir. Bularning barchasiga tarixning o‘zi guvoh. U 13 asrdan ko‘proq vaqt mobaynida butun insoniyatga baxtli hayot baxshida etib kelgan haqiqatdir. Hatto o‘z yurtlarida adolat nimaligini bilmagan g‘ayridinlar ham Islom adolatini orzu qilib o‘tishgan.

Shunday ekan, ey musulmonlar, biz sizlarni Allohning qonunlarini hayotga qaytarib, adolatni yoyadigan Xalifalik davlatini tiklash uchun Hizb ut–Tahrir bilan elkama–elka turib harakat qilishga chaqiramiz. Zero bu siz-u biz uchun ikki dunyo baxt-saodatining garovidir.

 Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.