Jamiyatda iqtisodiy muvozanatni saqlash

221
0

Jamiyatda iqtisodiy muvozanatni saqlash

 Rizq beruvchi Alloh. Alloh taolo O‘zi xohlaganicha odamlarga rizq beradi. Shu sababli, bu sinov dunyoda rizqi kenglar va ularga nisbatan rizqi kamlar bo‘ladi. Bu rizq masalasida iymon keltirishimiz vojib bo‘lgan aqidaga taalluqli jihati. Endi, bandalarning amallariga taalluqli jihatiga kelsak, bandalar “rizq shu tarzda taqsimlangan ekan” deb, boylikni o‘zlari xohlagandek sarflamasligi yoki dangasalik qilib yotib olmasligi kerak. Aksincha, bu boradagi hukmlarga amal qilishlari vojib.

 Bunday shar’iy hukmlar Islomiy iqtisod nizomida qayd etilgan va ijtimoiy muvozanatga alohida e’tibor qaratilgan. Bu boyib ketish taqiqlangan degani emas, shuningdek, barcha odamlar boyligi teng bo‘ladi degani ham emas. 

 Har bir odam yashash huquqiga ega. Demak, hayotga kimningder sovg‘asi yoki inoyati deb emas, balki Alloh taolo tomonidan berilgan huquq deb qaralishi kerak. Mazkur huquq doirasida odamlar halol yo‘llar bilan boy bo‘lishga targ‘ib qilinadi, natijada boyishga layoqatlilar boyib ketishadi. Ammo shu bilan birga, odamlar turli sabablarga ko‘ra kambag‘al bo‘lishlari ham tabiiy. Biroq, ular boylar oldida o‘zlarini majburiyatli his qilib yashamasliklari kerak. Shu munosabat bilan Islom ko‘plab shar’iy hukmlarni joriy qildi. Bu hukmlar tatbiq etilishi bilan jamiyatda iqtisodiy muvozanat ham saqlanib qoladi. Agar biror sababga ko‘ra jamiyatda iqtisodiy muvozanat buzilsa, davlat darhol iqtisodiy muvozanatni tiklashi vojib. Bu quyidagicha amalga oshadi:

– Jamiyatda boylik bir xovuch odamlar qo‘lida to‘planib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar boylik bir xovuch odamlarning qo‘lida to‘plangan bo‘lsa, davlat ularning boyliklari qulay sharoitlarda odamlar o‘rtasida aylanishiga majbur qilish choralarini ko‘radi. Masalan, bir shaxsning un ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati rivojlanib, unga raqobatchi bo‘lmasa va odamlar uning marxamatiga qarab qolsalar, davlat darhol davlatning o‘ziga qarashli un zavodini quradi va odamlarni arzon narxda un bilan ta’minlashga kirishadi. Shu bilan birga odamlar ish bilan ta’minlanadi va boshqalarga qaramlikdan ozod bo‘ladi.

 Kapitalizmda esa buning aksi. Hozir ko‘rib turganimizdek, “koronavirusdan zarar ko‘rgan kompaniyalarga yordam berish kerak, chunki ishlab chiqarish shu bilan tiklanadi” degan bahona bilan hokimiyatdagi odamlar o‘z kompaniyalariga davlat hisobidan yordam berishni boshladilar va endi ular monopolistga aylanishadi. 

 Shunga o‘xshash yana bir misol. Hozir Bishkekda test-analiz olishni faqat Bonetskiy laboratoriyasiga topshirib qo‘yishdi. Odamlar analiz topshirish uchun unga 2000 som to‘lashadi. Demak, karantindan keyin ochiladigan ishxonalarning barcha xodimlari unga pul to‘lab tekshiruvdan o‘tadi va shundan keyin ishlashga ruxsat oladi. Aslida bunday talab davlat tomonidan qo‘yilgani sababli davlat labaratoriyalari buni bepul amalga oshirishi kerak edi. Shundoq ham boy bo‘lgan laboratoriyani odamlar cho‘ntagidan yanada boyitmay.

– Davlat muhtoj fuqarolarga o‘zining ko‘chma va ko‘chmas mulklaridan ajratib beradi. Masalan, uy-joy bilan ta’minlashda davlat muhtojlarga er ajratadi, ularni shar’iy qurilish shirkatlari tashkil etishiga va shu orqali uylar qurib olishiga yordam beradi…

– Dexqonchilik uchun davlat o‘z mulkidan muhtojlarga er ajratib beradi va ularni rivojlantirish uchun mablag‘ ajratadi.

– Davlat boylar pulni xazina qilib to‘plashini taqiqlaydi. Agar boylar xazina qilib to‘playotgani aniqlansa – hatto zakoti berilgan bo‘lsa ham – musodara qiladi. Shu sababli boylik bozordan chiqib ketmaydi, odamlar o‘rtasida iqtisodiy arteriyada aylanib turadi.

 Mazkur shar’iy hukmlarning amalga oshirilishi bilan jamiyatda iqtisodiy muvazanat saqlanib qoladi.

 Abdulhakiym Qoraxoniy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.