Xalqaro kvartet Islom va musulmonlarga dushmandir

330
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalqaro kvartet Islom va musulmonlarga dushmandir

«Quds» axborot agentligi veb-saytida (hijriy 1442 yil 26 jumodussoniy, milodiy 2021 yil 8 fevral dushanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaye Falastin tomoni boshqa partiyalar bilan birga Xalqaro kvartet rahnamoligi ostida bo‘ladigan jiddiy siyosiy jarayonni olqishlashini ta’kidladi».

Roya:

Bosh vazir Muhammad Shtaye olqishlayotgan Xalqaro kvartet AQSh, BMT, Evropa Ittifoqi va Rossiyani o‘z ichiga olgan komissiya bo‘lib, bu davlatlarning barchasi Islom Ummatining ashaddiy dushmanlaridir. Ushbu to‘rtlik komissiyasini tashkil qilishdan ko‘zlangan asl maqsad, yahudiy vujudini mustahkamlab, xavfsizligini ta’minlashdir. Ular bu vujudni o‘zlarining Islom Ummatiga qarshi urushlarida asosiy tayanch va Ummatning birlashishini oldini olishdagi saraton o‘simtasi sifatida ushlab kelishmoqda.

Bu kvartet Falastin masalasiga hargiz yaxshilik keltirmaydi. Ularning nopok arqonlariga osilgan har bir kimsa yo sodda xomxayol yoki xoin malaydir. Bu kvartetning Falastin masalasini hal etishda muhim roli bor, degan narsani qat’iy tiqishtirayotgan kimsalar esa, ushbu muborak zamindan voz kechish va yon berishga astoydil harakat qilayotganlardir. Muborak Falastin zamini masalasida yuzlanmoq lozim bo‘lgan birdan-bir tomon Islom Ummatidir. Ushbu masalaning sohibi va muborak zaminning shar’iy egasi bo‘lgan Ummat xuddi avval ozod etgani kabi, yana Falastinni ozod etish sari o‘zining butun armiyalarini safarbar qilajak.

Roya gazetasining 2021 yil 17 fevral chorshanba kungi 326-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.