Ey musulmonlar, Xalifalikni barpo qilinglar

356
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey musulmonlar, Xalifalikni barpo qilinglar

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrirning Misr viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

Ummatlar o‘zlari ko‘tarib chiqadigan va tuzumlar shaklida namoyon bo‘ladigan fikr va tushunchalar bilan uyg‘onadi. Agar fikr va tushunchalar tuzumlardan ayriladigan bo‘lsa, inqiroz yuz beradi. Bunga arablarning Nabiy ﷺning risolatidan oldingi hayotini hamda bugungi kunda ustimizdan hukmronlik qilayotgan kapitalistik tuzum soyasi ostida yashayotgan Islomiy Ummatning holatini misol qila olamiz. Ummat faqat Islom bilan uyg‘onadi hamda o‘zining sobiq ulug‘ligi va kuch-qudratiga faqat Islom bilan erishadi. Alloh rozi bo‘lsin, Umar roziyallohu anhu bunday degan edi: «Biz, Alloh Islom bilan aziz-qudratli qilgan qavmmiz. Agar kuch-qudratni Islomdan o‘zga erdan qidirsak, Alloh bizni xor qiladi».

Kimdir o‘ylamasdan, aqlini ishlatib ko‘rmasdan, «G‘arb Islomsiz, hatto barcha dinlardan voz kechib, kapitalizm va demokratiyani mabda sifatida ko‘tarib chiqqan paytda rivojlandi-ku, deb aytishi mumkin. Agar diqqat bilan qaraganda edi, bunday demagan bo‘lardi. Chunki kapitalizm yangi din. Agar buni tan olishmasa, u holda kapitalizmning dinni hayotdan ajratgan aqidasi borligiga, hayot, hayotdan oldingi vujud va hayotdan keyingi hayot to‘g‘risida o‘ziga xos fikri mavjudligiga bir nazar solishsin. Kapitalizm Xoliqning borligini tan olsa-da, biroq U zotning insonlar ishlarini boshqarib, munosabatlarini tartiblashtiruvchi zotligini inkor qiladi. To‘g‘ri, kapitalizm sezilarli haqiqiy uyg‘onishni paydo qildi. Biroq bu vaqtinchalik va buzuq uyg‘onish bo‘lib, bu narsa har qanday aqliraso kishiga ko‘rinib turibdi. G‘arb va jamiyatlarining buzuqligi, unda yirik sarmoyadorlarning va hokimiyat tepasidagilarning hukmronlik, zo‘ravonlik qilayotgani bunga ochiq dalildir. Mana, bu tuzum sarmoyador-puldorlar va manfaatparastlarga xizmat qilib, o‘shalarning ehtiyojini qondirmoqda. Ulardan boshqalar esa, har birlari o‘z darajalariga qarab mana shu tuzumning olovida jizg‘inak bo‘lmoqda. G‘arb xalqlari bizning musulmon xalqlardan va boshqalardan ko‘ra yuqoriroq darajada turadi!

Shuning uchun ham bugun olam haqiqiy alьternativaga, Islom tuzumiga va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatiga juda-juda muhtoj. Zero, Islom tuzumigina olamni kapitalizmdan qutqara oladi. Bundan tashqari, kapitalizm o‘zi ham cho‘kmoqda, o‘zi bilan birga olamni ham cho‘ktirmoqda. Islom shunday tuzumki, u insonlar ustidan – dini, irqi, rangi va mazhabidan qat’iy nazar – adolatni tatbiq qiladi. Musulmonlarga nisbatan oladigan bo‘lsak, G‘arb tortib olgan hurmatlari, shon-shavkatlari, boyliklari, resurslari va erkinliklarini qayta olib beradi. Islom tuzumi Alloh musulmonlar uchun rozi bo‘lgan, tatbiq qilishni ularga buyurgan, unga qarshi chiqishni harom qilgan tuzumdir. Darhaqiqat, Alloh Taolo O‘z nabiysi Muhammad ﷺga bunday xitob qilgan:

فَاحْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلاَ تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ عَمَّا جَاءَكَ مِنْ الْحَقِّ

«(Ey Muhammad), odamlar o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuriting va Sizga kelgan haqdan yuz o‘girib, ularning havoyi nafslariga ergashmang!» [Moida 48]

Yana bunday xitob qilgan:

وَأَنْ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلاَ تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ

«(Ey Muhammad), ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling!» [Moida 49]

Bu erda Nabiy ﷺga qilingan xitob Ummatga qilingan xitobdir. Shuning uchun Islomni tatbiq qilish va u bilan hukm yuritish butun Ummat zimmasidagi haq vojibga aylangan. Musulmon kishining holati faqat uch holatdan biri bo‘lishi lozim: yo ustidan Islom bilan hukm yuritilayotgan fuqaro bo‘lsin yoki Islom bilan hukm yuritayotgan hokim bo‘lsin yoxud Islom bilan o‘zi hukm yuritishga, yoki hukm yuritilishiga harakat qilayotgan kishi bo‘lsin. Aks holda gunohkor bo‘ladi. Shunday ekan, Islom tatbiqiga dushmanlik qilib, unga qarshi kurashayotgan kimsalar haqida nima deyish mumkin?! Shuningdek, Islomni tatbiq qiladigan va uni insonlarning ko‘z o‘ngidagi amaliy voqelikka aylantiradigan Xalifalik davlatining qaytib kelishiga to‘sqinlik qiluvchilarni nima deb atash mumkin?! Shubhasiz, bunday qilmish Allohning nazdida gunohi azimdir.

Rejimlarning «masjidlar ochiq, odamlarga namoz o‘qishlari uchun ruxsat berilgan, namoz, zakot, ro‘za va haj ibodatlari ado bo‘lyapti», deya qilayotgan tashviqotlari Islomni tatbiq qilish emas. Ba’zi davlatlarning Islom shariatidagi kichik bir jazo qonunini tatbiq qilayotgani ham Islom tatbiq qilinayotganini anglatmaydi. Chunki bularning barchasi Islomni tatbiq holatiga olib chiqmaydi hamda islomiy yurtlarni Islom diyoriga aylantirmaydi. Yurtlarimiz Islom diyoriga aylanishi uchun Islom to‘la va keng qamrovda tatbiq qilinishi lozim.

﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا ادْخُلُوا فِي السِّلْمِ كَافَّةً وَلاَ تَتَّبِعُوا خُطُوَاتِ الشَّيْطَانِ إِنَّهُ لَكُمْ عَدُوٌّ مُبِينٌ﴾

«Ey mo‘minlar, to‘la holdagi Islomga kiringiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Shubhasiz, u sizlarning ochiq dushmaningizdir» [Baqara 208]

Shu bois, musulmon uchun Islomni tatbiq qilishdan yoki shunga harakat qilishdan ko‘ra vojibroq ish yo‘q. Masalan, Rosululloh ﷺ Madinada Islom davlatini barpo qilib, Islom bilan hukm yuritganlar hamda butun Arab yarim orolini tiz cho‘ktirib, Islom bayrog‘i ostiga kiritganlar. Ul zotdan keyin kelgan roshid xalifalar ham Payg‘ambarlik minhoji asosida yurib, yurtlarni fath qilganlar, Islomni Rosululloh ﷺdek tatbiq qilganlar. Garchi keyingi xalifalar Payg‘ambarlik minhojidan og‘gan bo‘lsalar-da, biroq Islom o‘zining tuzumi va davlati bilan musulmonlar ustidan tatbiq etib kelingan. Musulmon yurtlari bitta hukmdor-xalifa tomonidan boshqariladigan bitta davlat bo‘lgan. Musulmonlar xalifaga to‘liq, keng qamrovli ravishda Islom bilan hukm yuritishi sharti bilan Allohning Kitobi va Rosulining sunnati asosida itoat bay’atini beradilar. Agar bunga xilof ish tutib, Islom bilan hukm yuritmasa yoki o‘zida ochiq kufrni namoyon qilsa, unga quloq solib itoat qilinmaydi. Bu holatda uni ishdan bo‘shatib, o‘rniga Islomni tatbiq qiluvchi shaxsni saylash vojib bo‘ladi. Uboda ibn Somitdan uning bunday degani rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ bizni da’vat qildilar. Biz u kishiga bay’at berdik. Bizdan bay’at olar ekan, xursandchilikda ham, xafachilikda ham, og‘ir kunlarimizda ham, engil kunlarimizda ham quloq solib, itoat etishga, ishni egasidan talashmasligimizga bay’at berishimizni aytib: faqat agar ochiq kufrni ko‘rsangiz va sizda bu haqda Allohdan aniq hujjat bo‘lsa, (shundagina talashishingiz mumkin), dedilar. Shunday qilib, Islom davlati o‘n uch asrdan ziyod vaqt mobaynida butun dunyoni boshqarib keldi. Odamlar bu davrda tom ma’nodagi adolatni his qildilar. Islom davlati dunyoning hech bir raqibisiz birinchi davlati bo‘ldi. Keyinchalik G‘arb unga ko‘ppaklardek tashlanib, milodiy yigirmanchi yilning boshlarida uni hayotdan chetlatib yubordi, shu bilan insonlar qonini ichish va boyliklarini talashdek maqsadiga etdi.

Musulmonlarning hayot-mamot masalasi sifatida qarashlari kerak bo‘lgan taqdiriy masalalari Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish orqali yana Islomni tatbiq qilishdir. Musulmonlar yurtlarini Islom boshqarmog‘i darkor. Bu esa, xalifasiz aslo amalga oshmaydi. Ummat xalifaga o‘zidan vakil sifatida Islomni tatbiq qilishi va butun dunyoga Islomni da’vat va jihod orqali olib chiqishi sharti asosida rozilik va tanlov bilan bay’at beradi hamda yashirinu oshkor ishlarda xalifaga itoat qilish uchun unga qo‘l uzatib, qalb qo‘rini beradi. Ushbu da’vat va jihod hidoyat va nur risolati bo‘lib, Alloh u bilan o‘zi istagan bandalarini bandalarga ibodat qilishdan bandalar Robbisiga ibodat qilishga, dunyo torligidan, dunyo va oxirat kengligiga, dinlar zulmidan Islom adolatiga olib chiqadi.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar» [Anfol 24]

Roya gazetasining 2021 yil 17 fevral chorshanba kungi 326-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.