Xalifalik qulatilganidan beri masjidlarning buzilishi butun musulmonlar uchun fojiaga aylandi

273
0

Xalifalik qulatilganidan beri masjidlarning buzilishi butun musulmonlar uchun fojiaga aylandi

Keniya temir yo‘llari Nayrobi-Kisumu temir yo‘l liniyasini qurish maqsadida o‘nlab oilalarning uylari bilan birga Kisumu viloyatining Kibos hududida joylashgan masjidni ham buzib tashladi. Bu masjid Kisumudagi eng katta va eng qadimgi masjidlardan biri bo‘lib, taxminan 83 yil avval qurilgan edi.

Biz, Hizb ut-Tahrir Keniya viloyati a’zolari masjid va aholi turar joylarini buzish to‘g‘risidagi mavjud sud buyrug‘iga qarshi ushbu adolatsiz va odobga to‘g‘ri kelmaydigan harakatni qoralaymiz. Shubhasiz, hukumat odamlar bilan, ayniqsa musulmonlar bilan yaxshi munosabatda bo‘la olmadi. Mol-mulk va ibodatxonalar xavfsizligini ta’minlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Hech shubha yo‘qki, Islomga zid bo‘lgan, musulmonlarga qarshi qaratilgan bunday ish Allohni g‘azablantirishga olib boradi.

وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن مَّنَعَ مَسَاجِدَ اللَّـهِ أَن يُذْكَرَ فِيهَا اسْمُهُ وَسَعَى فِي خَرَابِهَا

«Allohning masjidlarini ularda Alloh ismi zikr qilinishidan to‘sadigan va ularni xarob qilish harakatida yuradigan kimsalardan ham zolimroq kim bor?» [Baqara 114]

Masjidlarning buzilishi nafaqat Nubiya ahli, balki barcha musulmonlar uchun fojiaga aylandi. Zero, biz yaxlit bir Ummatmiz, Islomda masjidlar yuqori o‘ringa ega. Chunki ular Allohning uylaridir. Musulmonlarga nisbatan dushmanchilikni ko‘rsatayotgan ushbu sharmandali holat xalqaro dushmanchilik natijasidir. Bunday holatlar Xitoyda keng tarqalgan bo‘lib, u erdagi Islomga dushman hukumat minglagan masjidlarni buzib yubordi. Biz shuningdek, yahudiylarning Aqso masjidini bosib olganini, uni oyoq osti qilish uchun ertayu kech harakat qilayotganlarini va masjid ostida qazish ishlarini olib borayotganini unutmasligimiz lozim.

Musulmonlar Xalifalik qulatilishi ortidan o‘z qadriyatlari, jumladan masjidlarining haqiqiy himoyachisidan ayrildilar. Ular yuz yil tajovuzlar, hujumlar va buzib tashlashlarga yuz tutdilar. Bu ayanchli voqea musulmonlarni o‘z yurtlarining birida Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish uchun faoliyat olib borayotganlarga qo‘shilishga undashi lozim. Zero, Xalifalik butun dunyodagi musulmon va g‘ayrimusulmonlarning mol-mulki, hayoti va ibodatxonalari xavfsizligini ta’minlaydi.

Hizb ut-Tahrirning Keniyadagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.