Hukumat yopib qo‘ygan masjid maydonida namoz o‘qish to‘g‘risidagi savolga javob

311
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrir amiri olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy)

Muhammadamin Jadidiy (محمد أمين الجديدي)ning hukumat yopib qo‘ygan masjid maydonida namoz o‘qish to‘g‘risidagi savoliga javob

Savol:

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Tunis hukumati masjidlarni yopib qo‘ygandan so‘ng, ba’zi yigitlarimiz aholi bilan birga masjidlar yonida juma namozini o‘qishdi. Ba’zi imomlar buni botil, juma namozi masjiddan boshqa yerda o‘qilmaydi, deyishmoqda.

Bizga buning shar’iy hukmini hamda masjidlar yopib qo‘yilsa, odamlar nima qilishi kerakligini ko‘rsatib bersangiz.

Alloh Taolo sizlarga baraka ato etib, qilgan harakatlaringizni munosib mukofotlasin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Juma namozi masjidda hamda umumiy mulk doirasiga kiradigan ochiqlikda (ya’ni, maydonlar va hokazo joylarda) o‘qilishi joiz. Bu ikkisi ham mavjud bo‘lsa, ya’ni, masjid ochiq bo‘lib, namozxonlar tiqilinch bo‘lmasa, namoz masjidda o‘qiladi. Agar joy yetishmasa, ochiqlikda o‘qish mumkin. Muhimi, har ikki holatda ham xususiy joy bo‘lmasin. Boshqacha aytganda, juma namozini uylarda o‘qish joiz emas. Balki odamlar kirishdan man qilinmaydigan masjid yoki ochiqlikda o‘qilishi kerak. Ammo masjidlar qulflangan bo‘lsa, ochiqlikda o‘qish durustdir, buning hech qanday nojoiz yeri yo‘q. Bundan to‘sgan kishi gunohkor bo‘ladi. Bu haqda biz quyidagi nashrlarimizda aytganmiz:

1 –       Hijriy 1441 yil 18 sha’bon, milodiy 2020 yil 11 apreldagi nashrimizda bunday deyilgan: «Agar davlat juma namozini masjidlarda yoki umumiy bo‘lgan maydonlarda o‘qishni taqiqlasa, gunohkor bo‘ladi. Chunki nususlar shuni ifodalaydi va Alloh Subhanahuning

يَا أيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَاةِ مِنْ يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ

«Ey mo‘minlar, qachon Juma kunidagi namozga chorlansa (ya’ni azon aytilsa), darhol Allohning zikriga shoshib boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar! Agar biladigan bo‘lsangizlar, mana shu o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir» [Juma 9]

degan oyatidan shu narsa tushuniladi. Shu bois, musulmon juma namoziga hech bir taqiqsiz borishi kerak.

فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ

(Darhol Allohning zikriga shoshib boringlar va oldi-sotdini tark qilinglar). Demak, jumaga sa’y-harakat qilmoq farz bo‘lib, buning qarinasi mubohni tark qilishdir… Masjidlarni yopgan davlat esa – javobda aytganimizdek – qattiq gunohkor bo‘ladi».

2 –       Hizb nashr qilgan «Namoz ahkomlari» kitobida ham bu narsa batafsil bayon qilingan bo‘lib, quyidagicha keladi:

«Juma namozini shaharda, qishloqda, masjidda, shahardagi binolarda va ularning sahnida o‘qish durustdir:

–          Chunki Rosululloh ﷺ juma namozini Madinada o‘qiganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhu bu haqda bunday rivoyat qiladi: «Rosululloh ﷺning masjidida o‘qilgan juma namozidan keyingi ilk juma namozi Bahraynning Juvosiyidagi Abduqays masjidida o‘qilgan namozdir». Juvosiy Bahrayndagi qishloqlardan biridir. Abu Hurayra bunday rivoyat qiladi: «Men Bahraynda juma namozini o‘qishga ruxsat so‘rab, Umarga maktub yozdim. Chunki men Bahraynda omil edim. Umar esa, o‘zinglar turgan joyda to‘planib, o‘qiyveringlar, deb javob yozdi». Ammo Rosululloh ﷺdan «Shahardagi masjiddan boshqa yerda juma namozi ham, hayit namozlari ham o‘qilmaydi», deya qilingan rivoyat esa, sahih emas. Imom Ahmad bu rivoyatni hadis emas, deganlar.

–          Juma namozini ochiqlikda o‘qish joiz. Chunki masjidni shart qiluvchi biror bir nusus kelmagan. Juma namozi ham boshqa namozlar kabi barpo etilishi talab qilingan. Agar ado etishni vojib qiladigan umumiy nususdan boshqa yana biror narsa shart qilinganda edi, buning uchun nusus kelgan bo‘lishi kerak edi.

–          Bitta yurtda bir nechta joyda juma namozini barpo qilish ham joiz. Agar yurt katta bo‘lsa, juma namozini bir necha masjidda o‘qish mumkin, bunga ehtiyoj bor yoki yo‘qligi hisobga olinmaydi. Chunki bir nechta joyda juma namozini o‘qish mumkin emasligi to‘g‘risida ham, bunga ehtiyoj bo‘lishi yoki bo‘lmasligi to‘g‘risida ham nusus kelmagan. Demakki, mutlaq kelgan nusus shu bo‘yicha qoladi. Ammo Nabiy ﷺning juma namozini faqat bitta masjidda o‘qiganlari bittadan ortiq masjidda o‘qib bo‘lmasligiga dalolat qilmaydi. Chunki Rosululloh ﷺning bir ishni qilmaganliklari uni qilmaslik kerakligini anglatmaydi. Rosululloh ﷺning bitta masjidi bo‘lganligi va o‘sha masjidda namoz o‘qiganligi bittadan ko‘proq masjidda namoz o‘qishni xohlamaganiga dalolat qilmaydi». Iqtibos tugadi.

3 –       Hijriy 1360 yili vafot etgan Abdurahmon Jaziriyning «To‘rt mazhab fiqhi» kitobida bunday deyiladi:

«Juma namozini ochiqlikda o‘qish durustmi? Mazhab imomlarining uchtasi juma namozini ochiqlikda o‘qish durustligiga ittifoq qilganlar. Faqatgina Molikiylar durust emas, deganlar:

–          Molikiylar aytadi: juma namozi uylarda ham, ochiqlikda ham durust bo‘lmaydi, balki faqatgina masjidda ado etilmog‘i darkor.

–          Hanbaliylar aytadi: modomiki shahar binolariga yaqin ekan, ochiqlikda o‘qilgan juma namozi sahih bo‘laveradi. Qanchalik yaqin bo‘lishi urfga ko‘ra belgilanadi. Agar yaqin bo‘lmasa, namoz durust bo‘lmaydi. Agar xalifa juma namozini sahroda o‘qisa, zaiflarga imomlik qilib berishi uchun shaharda biror kishini qoldirishi lozim.

–          Shofeiylar aytadi: modomiki shahar binolariga yaqin ekan, ochiqlikda o‘qilgan juma namozi sahih bo‘laveradi. Yaqinlik o‘lchovi – ularning nazdida – musofir yetib kelib namozini qasr qilishi durust bo‘lmagan joydir.

–          Hanafiylar aytadi: Juma namozining sahih bo‘lishi uchun masjid shart qilinmagan. Balki uni ochiqlikda ham o‘qish mumkin. Shu shart bilanki, shahardan bir farsaxdan ziyod uzoqda bo‘lmasin hamda shartlarida aytilganidek, xalifa u yerda juma namozini o‘qishga ruxsat bergan bo‘lsin».

4 –       Xulosa:

a)         Ko‘rib turganingizdek, imom Molik uni masjidda o‘qimoq vojibligini aytyapti… U kishining mana shu ra’yiga ko‘ra, hukmdorning masjidni yopishi jumaning farzligini to‘xtatib qo‘yadi. Agar hukmdor masjidda namoz o‘qishga to‘sqinlik qilsa, Ummat hukmdorga qarshi turishi kerak.

b)         Boshqa fuqaholarga, ayniqsa uchala mazhab imomining ra’yiga kelsak, ular jumani masjidda hamda ochiqlikda o‘qishni joiz, sanaganlar.

v)         Ammo bizning tarjihimizga kelsak, biz buni yuqorida bayon qilib bunday dedik: «Juma namozi masjidda hamda umumiy mulk doirasiga kiradigan ochiqlikda (ya’ni, maydonlar va hokazo joylarda) o‘qilishi joiz. Bu ikkisi ham mavjud bo‘lsa, ya’ni, masjid ochiq bo‘lib, namozxonlar tiqilinch bo‘lmasa, namoz masjidda o‘qiladi. Agar joy yetishmasa, ochiqlikda o‘qish mumkin. Muhimi, har ikki holatda ham xususiy joy bo‘lmasin. Boshqacha aytganda, juma namozini uylarda o‘qish joiz emas. Balki odamlar kirishdan man qilinmaydigan masjid yoki ochiqlikda o‘qilishi kerak. Ammo masjidlar qulflangan bo‘lsa, ochiqlikda o‘qish durustdir, buning hech qanday nojoiz yeri yo‘q. Bundan to‘sgan kishi gunohkor bo‘ladi…».

g)         Xullas kalom, sizlarning masjid maydonida o‘qigan namozingiz sahih namozdir. Davlat esa, ikki marta gunohkor bo‘ldi: birinchisi, masjidni yopish bilan, ikkinchisi, masjid tashqarisida o‘qilishiga to‘sqinlik qilish bilan.

Alloh Subhanahudan tazarru ila so‘raymiz, Xalifalikni barpo bo‘lishini tezlashtirsinki, musulmonlar namozlarini to‘g‘ri shaklda ado etishga muyassar bo‘lsinlar.

وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا اللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ الدِّينَ حُنَفَاءَ وَيُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُؤْتُوا الزَّكَاةَ وَذَلِكَ دِينُ الْقَيِّمَةِ

«Holbuki ular faqat yagona Ollohga, u zot uchun dinni xolis qilgan To‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni to‘kis ado etishga hamda zakotni (haqdorlarga) ato etishga buyurilgan edilar. Mana shu to‘g‘ri yo‘ldagi (Ummatning) dinidir» [Bayyina 5]

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

22 jumodulavval 1442h

6 yanvar 2021m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.