Yadroshunos olim Faxrizodaga qilingan suiqasd

173
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Savolga javob

Yadroshunos olim Faxrizodaga qilingan suiqasd

Savol:

2020 yil 6 dekabrda «France 24» telekanalida Eron Inqilob gvardiyasi qo‘mondoni o‘rinbosari general Ali Fadviy «yadroshunos olim Muhsin Faxrizodaga suiqasd qilingani» to‘g‘risida xabar qildi. Generalning aytishicha, suiqasd amaliyoti rivojlangan kamera va sun’iy intellekt yordamida masofadan turib boshqariladigan pulemyotdan Faxrizodaning yuziga 13ta o‘q uzish bilan amalga oshirilgan. Bundan oldin 2020 yil 2 dekabrda Sho‘ro kengashi ishini (ya’ni, parlament ishini) nazorat qiluvchi Konstitutsiya himoyachilari kengashi uranni boyitishni 20 %ga oshirish bilan bog‘liq loyihani ma’qullagan edi va bu Muhsin Faxrizodaga suiqasd qilinishi manzarasida ro‘y bergandi. Bu qonun Ruhoniy hukumati bilan parlament o‘rtasida tortishuvni keltirib chiqardi. Chunki qonunga hukumat qarshi chiqsa, parlament uning to‘qqiz bandini ma’qulladi! Savol shundan iboratki, nega bular ixtilof qilishyapti, axir, eronlik yadrochi musulmon olimlar ichida eng etugi deya ko‘rilgan Faxrizoda joniga qasd qilgan tomonga qarshi hammalari qasos harakatida birlashsa bo‘lmasmidi, ayniqsa, Eron ayni suiqasd ortida yahudiylar vujudi turgani e’lon qilgan bo‘lsa? Yoki xuddi Eron rejimi Qosim Sulaymoniyning sahifasini yopib tashlagani kabi, bu ixtilof ham yadrochi olimning sahifasini yopish uchun bo‘lyaptimi?

Javob: Javob aniq-ravshan bo‘lishi uchun quyidagilarni keltiramiz:

Birinchi:

2020 yil 27 noyabr juma kuni Eron Mudofaa vazirligi rasmiysi va yurtning yadrochi olimi Muhsin Faxrizodaning joniga qilingan suiqasd, sodir etish uslubi va joyi e’tiboridan Eron rejimiga qarshi ko‘plab muammolarni tug‘dirdi. Bu katta suiqasd bo‘lib, ahamiyat jihatidan 2020 yil yanvarda general-leytenant Qosim Sulaymoniga qilingan suiqasddan kam emas. Chunki «hisobotlarga ko‘ra, diplomatlar Faxrizodani Eron bombasi, deb atashgan». (Bi-Bi-Si, 2020 yil 27 noyabr). Bir tomondan, u Eroning yadro va raketa dasturi masalasida asosiy figura sanalsa, ikkinchi tomondan, suiqasd amaliyoti ham Eron ichkarisida va poytaxt yaqinida sodir etildi, Qosim Sulaymoniyni suiqasdi kabi Iroqda sodir etilmadi. Shuningdek, amaliyotning ham mashinaga bomba qo‘yish, ham pulemyotdan otish orqali amalga oshirilishi tom ma’noda Eronga qarshi yirik missiya hisoblanadi. Garchi Erondagi olimlarga suiqasd qilish amaliyotlari davom etib, Eron har doim bularda yahudiy vujudini ayblab, bularga munosib vaqtda, munosib joyda javob qaytarajagi bilan tahdid qilayotgan va odatdagidek hech qanday javob qilmayotgan bo‘lsa-da, biroq bugungi kunda xalqaro vaziyat har vaqtdagidan ko‘ra kuchliroq soya solmoqda. Ayniqsa, bugun AQSh saylovlari va uning natijasida ziddiyatlar yuzaga kelgan va AQSh ichkarisida reaktsiyalar, bo‘linishlar bo‘layotgan bir vaziyatda shunday bo‘lmoqda.

Ikkinchi:

Eron ushbu suiqasd amaliyotini uyushtirganlikda darhol yahudiy vujudini aybladi. Zotan, bu amaliyot bosqinchi vujudning Erondagi strategik yadro va raketa salohiyatini zaiflashtirishga bo‘lgan urinishlari sirasiga kiradi. Yahudiy vujudi ehtimolli qasosdan ehtiyot bo‘lish uchun odatdagidek bu amaliyotdan o‘zini uzoqda ekanini ko‘rsatib, uni sodir etganlikdan tonishi mumkin edi. Biroq, bu safar unday qilmadi. Balki bergan bayonotlarida go‘yo ayni suiqasdni amalga oshirgan o‘zi ekaniga ishora qilayotgani ko‘rinib turdi. Albatta, yahudiy vujudining bunday pozitsiyasi Tramp ma’muriyatining yashil chirog‘isiz bo‘lmaydi. Hatto AQSh ma’muriyat yahudiy vujudining suiqasd qilishiga eng kamida rozi bo‘lgan ham! Bunga dalillar quyidagicha:

1 –       AQSh prezidenti Donalьd Tramp o‘zining Tvitterdagi sahifasida suiqasd haqidagi xabarni qayta e’lon qildi: «AQSh prezidenti Donalьd Tramp o‘zining Tvitterdagi sahifasida Faxrizodaga suiqasd qilingani haqidagi xabarni qayta e’lon qildi. Shuningdek, Tramp Tvitterdagi sahifasida isroillik jurnalist Yosi Melьmanning suiqasd bilan bog‘liq maqolasini ham qayta nashr qildi. Maqolada bu olim Eronning maxfiy harbiy dasturi rahbari bo‘lgani, bir necha yildan beri Isroilning «Mossad» razvedka xizmati tomonidan qidirilayotgani, uning suiqasd qilinishi Eronga psixologik va professional jihatdan zarba bo‘lgani aytiladi». (RT telekanali, 2020 yil 27 noyabr). Bu so‘zlar bilan go‘yo Eronni biror javob yo‘llashga majbur qilinayotgandek!

2 –       2020 yil 28 noyabrda Al-Jazira fazoviy telekanali va uning elektron sahifasi tarqatgan xabarga ko‘ra, yahudiy vujudi bosh vaziri Netanьyaxu g‘ayrioddiy bayonot berib, Faxrizodaga qilingan suiqasd javobgarligini go‘yo yahudiy vujudi o‘z zimmasiga olganiga ishora qildi: (Isroil bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu videolavha chiqarib, unda o‘zining o‘tgan bir necha hafta ichida erishgan yutuqlarini g‘ayrioddiy ravishda bayon qildi. Shunisi diqqatga molikki, u ayni videoda yutuqlarining ba’zilarini ochiqlashini, hammasini ochiqlamasligini, chunki bunga qodir emasligini aytgan). Ya’ni, yahudiy vujudi suiqasd javobgarligini yashirmadi, inkor etmadi, balki uning javobgarligini olgandek bayonotlar bermoqda. Bundan tashqari, dunyo bo‘ylab o‘zining elchixonalarida yuqori darajada ehtiyotkorlik holatini e’lon qildi.

3 –       Tahdid va qo‘rqituvlarga yana misol, AQSh o‘zining «USS Nimitz» avianosetsi 2020 yil 27 noyabrda, ya’ni, suiqasd qilingan kuni boshqa bir necha harbiy kemalar hamrohligida Fors Ko‘rfaziga jo‘natilganini, suiqasddan sal avval esa, o‘zining «V-52» bombardimonchi samolyoti jo‘natilganini e’lon qildi. Suiqasddan keyin Tramp shiddatli ogohlantiruv yo‘lladi: «Vashington post gazetasiga ko‘ra, amerikalik bir rasmiy prezident Donalьd Trampning agar Iroqda birorta amerikalik askar o‘ldirilgudek bo‘lsa, bunga zudlik bilan «qirg‘inbarot» javob yo‘llanishi bilan tahdid qilganini ma’lum qildi. Gazetada yoritilgan bu tahdid juma kuni poytaxt yaqinida eronlik yadrochi olim Muhsin Faxrizodaning o‘ldirilishi bilan bir vaqtda aytildi». (Hurra, 2020 yil 28 noyabr).

Uchinchi:

Bularning barchasi shuni anglatmoqdaki, Tramp ma’muriyati bilan yahudiy vujudi ikkalasi ham AQShdagi hokimiyat o‘tkazilishi davrida, ayniqsa, Eron yangi «saylangan» prezident Baydendan yaxshilik kutayotgan bir paytda, Eron hech qanday reaktsiya bildirmasligini tushunishyapti! Ta’kidlash lozimki, Tramp bilan Baydenning bir-biridan farq qilmasliklari, faqat uslub va vositalardagina farq qilishlari mumkinligi ma’lum. Chunki bu ikki shaxs Amerikaning manfaatlarini malay davlatlar manfaatidan ham, AQSh siyosati doirasidan chiqmaydigan davlatlar manfaatidan ham ustun deb biladilar. Kim buni obdan o‘ylab ko‘rsa, yaqqol ko‘rishi mumkin. Shunday qilib, Eron suiqasdga javob yo‘llash atrofida aylanib, asosiy diqqatni boshqa masalalarga qaratmoqda. Maqsadi, harbiy javob yo‘llanishini talab qilayotgan jamoatchilik fikrini boshqa tomonga chalg‘itish. Misol uchun:

1 –       Eron o‘zining yadro va raketa dasturi masalasida eng e’tiborli bir olimiga suiqasdni uyushtirgan tomonning yahudiy vujudi ekanini biladi, bila turib, bundan o‘zini «muammo»ga tushirish ko‘zlanganligi to‘g‘risida bayonot berib yotibdi. Masalan, Eron rahbari Ruhoniyning matbuot kotibi suiqasdni uyushtiruvchiga va uning ortida turgan Trampga ishora qilib, «ular bizni muammoga tiqishmoqchi, biroq bilib qo‘ysinlarki, biz ularning o‘yinlarini fosh qildik. Ular nopok niyatlarini aslo amalga oshirolmaydilar», dedi. Ya’ni, Eron o‘ziga kim zarba yo‘llaganini, ular ilgari ham uning olimlariga zarba berishganini, Suriya va Iroqdagi askarlariga zarba berishganini bilyapti, bila turib, ularga qarshi javob bermasligini va ularning qopqoniga tushmasligini aytyapti… Baydenning prezidentlikni egallashini kutib kun sanayapti! Zotan, Eronning bo‘lishi shu… U o‘z dushmani «katta shayton»ga qarshi ekani bilan maqtanishdan va «Amerikaga o‘lim, Isroilga o‘lim», degan shiorlar bilan hayqirishdan charchamaydi. Darvoqe, Tramp ma’muriyati ham Eronning Amerikaga bo‘lgan dushmanligi soxta ekanini juda yaxshi biladi. Bilgani uchun ham 2020 yil boshida Eron Inqilob qo‘riqchilarining Quddus gvardiyasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyga oshkora suiqasd qildi, keyin Kozimiyni Iroqqa bosh vazir qilib qo‘ydi. Eronning bunga norozi ekanini, uning Suriya va boshqa erlarda Amerikaga ko‘rsatgan shuncha xizmatlarini bila turib, bundan ko‘z yumdi!

2 –       Eron kuchli jangovar javob yo‘llashdan jamoatchilikni chalg‘itayotgan yana bir narsa bor. Bu – jamoatchilikni uranni boyitishni 20 %ga ko‘tarish mavzusiga qaratish. Ma’lumki, Eron hukumati ilgari yadroviy shartnomadan so‘ng uning boyitilishini 20 %dan 3.67 %ga tushirishga majbur bo‘lgan edi. To‘g‘ri, uranni boyitishni 20 %ga ko‘tarish kerak. Biroq, bu Faxrizoda suiqasdiga munosib harbiy javob yo‘llashdan jamoatchilikni chalg‘itish maqsadida hukumat bilan boshqa kengashlar o‘rtasida ziddiyat chiqarmagan holda amalga oshirilishi kerak edi. Sho‘ro kengashi javob qaytarishni yaxshi, deya hisoblasa, hukumat yomon va zararli, deb hisoblamoqda! «Chorshanba kuni Eron rahbari Hasan Ruhoniy hukumat yig‘ilishida AQSh sanktsiyalariga qarshi chiqish va eronlik etuk olim Muhsin Faxrizoda suiqasdiga javob qaytarish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga rozi bo‘lmadi. Bu loyiha kecha seshanba kuni Konservatorlar nazoratidagi Eron parlamenti tomonidan taklif qilingan edi. Eron televideniesi xabariga ko‘ra, Ruhoniy parlament qarorini zararli, deb hisoblagan. Eron Konservatorlar parlamenti qabul qilgan bu qarorlar ichida muhimlari uranni boyitishni 20 %ga ko‘tarish va Xalqaro Atom Energiyasi Agentligining qo‘shimcha protokoliga amal qilishni bekor qilishdan iborat. Ma’lumki, Eron yadroviy shartnomaga erishilishidan oldin uranni 20 %da boyitish bilan shug‘ullanar edi. Ammo shartnomadan so‘ng uni 3.67 %da boyitishga va’da bergan». (Arabiy Jadid, 2020 yil 2 dekabr). Shuningdek, «Sho‘ro Kengashi ishini nazorat qiluvchi Konstitutsiya himoyachilari kengashi uranni boyitishni 20 %ga oshirish bilan bog‘liq loyihani ma’qulladi. Bu loyiha yadrochi olim Muhsin Faxrizodaga suiqasd qilinishi manzarasida yaqinda qabul qilingan… Ushbu qonun loyihasi Erondagi hukmron elita o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘ldi, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy hukumati bu loyihaga qarshi ekanini bildirdi». (RT Arabik, 2020 yil 2 dekabr).

To‘rtinchi:

Shuni e’tibordan qochirmaslik kerakki, bularning barchasi Tramp ma’muriyatining Eron bilan munosabatini buzganini anglatmaydi. Bil’aks, bu ma’muriyat Eronni tahqirlashini va xorlashini yanada kuchaytirmoqda. U o‘ziga Eronni turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham tinimsiz xizmat qilishini istayapti. Ya’ni, AQSh ma’muriyati o‘zgarsin-o‘zgarmasin, Amerika siyosati doirasida uning manfaatlari va ma’muriyati istaklarini to‘la-to‘kis bajarishini xohlayapti. Ilgari Qosim Sulaymoniy suiqasd qilinganda Eron tahdid qilib, Iroqdagi «Aynul asad» bazasiga «kutilgan» bobma zarbasini yo‘lladi. Bu go‘yo oldindan kelishib olingandek edi… Shu bilan tahdid ham to‘xtadi, qoldi! Eronning chet-eldagi qo‘llari ma’lum darajada qasos olishga qodir bo‘lishiga qaramay, bu davlat qasosni istamayapti. Misol uchun, «Quds arabiy» gazetasining 2020 yil 24 noyabr kungi sonida Britaniyada chiqadigan «Middle East Eye» veb-saytiga tayangan holda qilgan xabariga ko‘ra, Eron Iroqdagi o‘z jangari kuchlariga bosim qilib, u erdagi Amerikaga tegishli har qanday manfaatni nishonga olishni to‘xtatishni buyurgan: «Eronning Quddus kuchlari qo‘mondoni Ismoil Qoniy o‘tgan hafta Bag‘doddagi yashil zona hisoblangan AQSh elchixonasiga raketa zarbalari yo‘llanishidan 24 soat o‘tib etib keldi. U Iroqdagi jangchi guruhlarga Amerika ob’ektlarini nishonga olishni to‘xtatishni buyurdi».

Beshinchi: Yahudiy vujudining hujumlari, Amerikaning bunga rozi bo‘lishi va shu orqali vaziyatni taranglashtirilishi kabi bo‘lgan va bo‘layotgan voqea-hodisalarni diqqat bilan kuzatgan kishi quyidagilarga guvoh bo‘ladi:

1 –       Prezident Tramp AQSh elchixonasini Quddusga ko‘chirish, yahudiylar vujudining Suriyadagi Jo‘lon tepaligini annektsiya qilganini tan olish, «Asr kelishuvi» ishlab chiqib, bu bosqinchi davlatni rozi qilish kabi ishlar bilan unga yaqin bo‘ldi. Shundan so‘ng Tramp ma’muriyati Eronning yadroviy dasturi yahudiy vujudiga tahdid tug‘dirmoqda, darhol uni yo‘q qilish yoki cheklash shart, degan xulosaga keldi. Shuning uchun bu ishni amalga oshirishga avvalgi ma’muriyatlardan ko‘proq shoshildi. Ta’kidlash joizki, Respublikachilar partiyasining tayanchi bo‘lgan oq tanli amerikaliklar orasidagi konservativ evangelistlarning keng qatlami yahudiy vujudi xavfsizligini maksimal darajada ta’minlash uchun AQShning ushbu siyosatini qo‘llab-quvvatlashmoqda. Hatto bunga siyosatdan ham yuqori turuvchi «diniy» mafkuraviy masala, deb qarashmoqda.

2 –       Amerika ichkarisida bo‘linish kuchayib, keskin tus olgach, Tramp ma’muriyati Eron bilan bo‘lgan vaziyatni taranglashtirib, yangi saylangan demokrat prezident Bayden oldida Yaqin Sharqda to‘siqlar yaratishga urinmoqda. Ertaga AQSh prezidentligiga o‘tirganda uni neftь mintaqalaridagi keskin kurashlar botqog‘iga tiqib qo‘ymoqchi bo‘lyapti. Bu niyat AQSh neftь-energetika kompaniyalari va qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning strategik qarashlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan. Chunki ularning AQSh siyosatiga ta’sirlari salmoqlidir.

3 –       Amerikadagi prezidentlik saylovlari natijasi bugun hanuzgacha uzil-kesil o‘z tasdiqini topmay turgan bir paytda, AQSh neftь-energetika va qurol ishlab chiqaruvchi kompaniyalari Trampning saylovoldi kampaniyasini himoya qilishmoqda. Bu kompaniyalar:

–          Aftidan, AQSh ichkarisida ziyonga kirib qolishdi. Shu sababli ularni Amerikaning Parij iqlim o‘zgarishi kelishuviga qaytishi kutib turibdi, zero, bu kelishuv ular uchun  katta ziyon bo‘lgan. Shuning uchun AQShning ayni kelishuvga qaytishi bu kompaniyalarga koronavirus pandemiyasi davrida neftь narxi jihatidan salbiy ta’sir qilishi mumkin. Zotan, koronavirus pandemiyasi davrining 2021 yil oxirigacha cho‘zilishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, yangi prezident Bayden biror yo‘lini qilib Eronning yadroviy kelishuviga qaytishi ham mumkin va bu mazkur kompaniyalarga salbiy ta’sir qiladi.

–          Mana shunday xavf-xatarlar bo‘layotgan bir paytda, ayni kompaniyalar Tramp ma’muriyatining qolgan muddatidan foydalanib qolishga urinishyapti. Ayniqsa, Qo‘shma Shtatlardagi sudlar Trampning saylovda firibgarlik bo‘ldi, degan da’vosini rad etib, uning saylov natijalarini bekor qilish imkoniyatini pasaytirishdi. Keyin bo‘lsa, bu kompaniyalar Tramp ma’muriyatini Fors ko‘rfazidagi vaziyatni taranglashtirishga undashyapti. Bularning barchasidan neftь narxini oshirish va qurol savdosini oshirishni ko‘zlashgan.

Oltinchi:

Ko‘rfazdagi vaziyat taranglashsa, yahudiy vujudiga bo‘lgan reaktsiya Saudiya va Amirliklar kabi boshqa davlatlar tomonga burilib qoladi. Bunga oqlov-hujjat ham oson. Chunki bu davlatlar yahudiylar bilan munosabatlarni ham maxfiy, ham oshkora normallashtirib yotishibdi. Eron Faxrizodaga suiqasd qilinishiga nisbatan reaktsiya bildirganda «munofiqlar» haqida gapirdi. Ya’ni, bu bilan Saudiya, Amirliklar va Bahraynga shama qildi. Hatto yahudiy vujudi suiqasd javobgarligini o‘z zimmasiga olishga ishora qilayotganiga qaramay, Eron Tehron yaqinida sodir etilgan hujumni saudiyaliklar amalga oshirdi hamda Saudiya razvedkasi Eron ichkarisida mana shunday «yahudiycha amaliyot»ni rejalashtirib, moliyalashtirdi, deyishi ham mumkin. Xususan, yahudiy vujudi bosh vaziri 2020 yil 23 noyabrda yashirin ravishda Saudiyaga safar qilganligi, u erda Ibn Salmon va AQSh Davlat kotibi Pompeo bilan uchrashganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan ekan, bularning barchasi suiqasd amaliyotini Saudiyaga bog‘lashni osonlashtirmoqda, buning ehtimolini orttirmoqda. Shuningdek, suiqasdga javob Amirlikka qaratilishi ham mumkin, masalan, Britaniyada chiqadigan «Middle East Eye» veb-saytida bunday xabar nashr qilindi: «Eron Faxrizoda suiqasdiga javoban jangovar zarbani Amirliklarga yo‘llash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qildi. Ushbu veb-saytning ismi oshkor etilmagan Amirliklardagi bir manbaga tayanib xabar qilishicha, Tehron to‘g‘ridan-to‘g‘ri Abu-Dabi shahzodasi Muhammad ibn Zoyidga telefon qilib, unga Faxrizodaga suiqasd qilinishiga javoban uning mamlakatiga zarba yo‘llayajagini bildirdi…». Shuningdek, Eronning javobi Husiylarni raketalar va uchuvchisiz samolyotlar bilan qo‘llab-quvvatlash orqali Saudiyadagi neftь ob’ektlariga zarba berishi orqali bo‘lishi ham mumkin. Zotan, bu asli bor narsa bo‘lib, uni yanada oshirish ortiqcha javobgarlikni talab qilmaydi. Agar Eron shunday yo‘l tutadigan bo‘lsa, u suiqasdga gapni chalg‘itmasdan real tarzda kuchli zarba yo‘llashni talab qilayotgan o‘z xalqini laqillatgan bo‘ladi!

Ettinchi:

Shunday qilib, musulmonlarning olimlari, xususan, Erondagi yadrochi fizik olimlari birin-ketin o‘ldirilmoqda va bunga hech qanday chora ko‘rilmayapti! Chora ko‘rilmagani esa, muborak Falastin zamini bosqinchisi bo‘lgan manfur davlatga eronlik musulmon olimlar joniga to‘xtovsiz qasd qilishga jur’at berib kelmoqda! Alamli jihati shuki, musulmon yurtlaridagi hukmdorlar xorlikni kuch-qudrat evaziga sotib olib, mustamlakachi kofirlarga yuvindixo‘r yoki ularning siyosati doirasidan chiqmaydigan kimsalarga aylanishmoqda… Chunki ular o‘zlariga hujum qilinsa, bunga sukut qilishyapti, hurmatlari oyoq osti etilsa, bunga qarshi chiqishmayapti… Xalifalik ag‘darilishi ortidan yuzaga kelgan ahvol mana shu… Musulmonlar miq etmas hukmdorlar balosiga uchradilar!

Xalifalik qayta barpo etilmaguncha musulmonlarning kuch-qudrati qaytmaydi. Zero, Xalifalik zamonida rumliklar tomonidan tahqirlangan birgina ayolga yordam ko‘rsatish uchun xalifa butun armiyani harakatga keltirgan edi. Xuddi shuningdek, dunyo va uning lazzatlariga parvo qilmaydigan, balki Alloh Azza va Jallaning in’omiga intiladigan er o‘g‘lonlarining oyoqqa turishi bilan musulmonlarning kuch-qudrati yana qayta tiklanadi. Ular anavi hukmdorlarni supurib, barchalarini havoga chang misol uchirib tashlaydilar va zolim podshohliklariga yakun yasaydilar. Ushbu er o‘g‘lonlari, o‘zining mo‘min qullariga nusrat beruvchi Robbilari tavfiqi ila qudratli, ulug‘vor va hurmatli davlatlarini, ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish bilan Islom Ummatini tamsil etadilar. Ana shunda davlatimiz yahudiy vujudini yo‘q qiladi, Amerika va boshqa mustamlakachi kofir davlatlarning musulmon mintaqalariga uzatilgan qo‘llariga bolta urib, to qiyomat kuniga qadar ularga qayta qo‘l cho‘zolmaydigan qilib qo‘yadi. O‘shanda masjidlarimiz mezanalaridan Alloh Taoloning ushbu kalomi tinimsiz yangrab turadi:

وَقُلْ جَاءَ الْحَقُّ وَزَهَقَ الْبَاطِلُ إِنَّ الْبَاطِلَ كَانَ زَهُوقاً

«Yana ayting: Haqiqat (ya’ni, Islom) keldi va botil (ya’ni, kufr) o‘chib-yo‘qoldi. Chunki botil yo‘qolguvchi narsadir» [Isro 81]

وَيَقُولُونَ مَتَى هُوَ قُلْ عَسَى أَنْ يَكُونَ قَرِيباً

«Hali ular: «U (kun) qachon bo‘lur?» deb (so‘raydilar). «Shoyadki yaqin bo‘lsa», deb ayting!» [Isro 51]

22 rabiussoniy 1442h

7 dekabr 2020m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.