AQSh Suriyadagi kuchlar muvozanatini o’zgartirmoqchi.

407
0

1

Amerika Qo’shma Shtatlari hukumati Suriya muholifatiga yordamni kuchaytirish uchun barcha imkoni bor yo’llarni ko’rib chiqmoqda. Bu haqida AQSh davlat departamertini vakili Jen Psaki jurnalistlarga bergan intervyuda aytibo’tdi.

“Prezident Barak Obama yordam ko’rsatish ko’lamini oshirish yo’llarini qidirmoqda… Bu erda keng ko’lamli, turli hil imkoniyatlar ko’rib chiqilmoqda”,- dedi Jen Psaki bergan bayonotida.

AQSh Bashar Asadga qarshi kurashda kuchlar muvozanatni o’zgarishi uchun dunyo hamjamiyatini Suriya muholifatini faolroq qo’llab-quvvatlashga chaqirdi.

Ayni paytda AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya masalasida Britani mulozimlari bilan muzokra olib borayotgani aytilmoqda. Maqsad tinch fuqarolarning o’limiga sabab bo’layotgan qirg’inni oldini oishdir, deyiladi xabarlarda.

Turkiston:

Aslida AQSh hukumati ham, G’arb davlatlari ham Suriya masalasi tezda hal bo’lishi va Asad hokimiyatdan tezroq qulashi tarafdori emas. Chunki Asadning o’rniga Amerika va G’arb manfaatlarini ro’yobga chiqarib bera oladigan yangi malayni topish qiyin bo’lyapti. Shuning uchun turli bahonalar bilan vaqtni cho’zib kelmoqda va Asad har qancha vahshiyona jinoyatga qo’l urmasin uni sirtdan qoralab qo’yishdan nariga o’tmayapti.

Masalan, birgina Misrning armiyasi Asadni ontar-to’ntar qilib tashlashga qodir. Agar Amerika istasa Mursiy janoblari ikki bukilib bu ishni amalga oshirgan bo’lardi. Biroq gap Asadning ketishida emas, balki uning o’rnini egallaydigan sodiq malayning yo’qligida. To’g’ri, G’arbga jonu dili bilan xizmat qilishga tayyor turgan Suriya muxolifati koalitsiyasi mavjud, ammo uning kelajagiga ishonch yo’q. Suriya xalqi hozirdanoq ularga quloq solmayapti, ular taklif qilayotgan demokratiyani yoqlovchi mo”tadil Islomni qabul qilmayapti.

AQSh va G’arb davlatlari muxolif kuchlarni qurol aslaha bilan ta’minlashi haqida bong urishlari musulmonlarga yordam qo’lini cho’zishga oshiqqanlaridan emas. Ular ko’rsatayotgan barcha yordamlar faqatgina demokratiyani yoqlagan va Asaddan keyin ularga tobe bo’ladigan muxolifatgagina ko’rsatilmoqda. Haqiqiy Islomni tiklash talabida bo’lgan “Jabhatun nusta” kabi guruhlarni esa allaqachon terroristik guruhlar qora ro’yxatiga kirgizib qo’ygan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.