Juba kelishuvi mustamlakachi kofir va ularning Sudandagi qo‘g‘irchoqlarining navbatdagi makridir

256
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Juba kelishuvi mustamlakachi kofir va ularning Sudandagi qo‘g‘irchoqlarining navbatdagi makridir

Muhandis Ahmad Ja’far qalamiga mansub

Joriy yilda Janubiy Sudan poytaxti Juba shahrida tinchlik shartnomasi imzolangan edi. Uni imzolaganlar o‘tish davri hukumati bilan isyonchilar harakatini tamsil etgan Qo‘zg‘olon fronti bo‘ldi. Buning ortidan qirq besh kun o‘tmasdan yakuniy imzo ham qo‘yilishi belgilandi.

Sudanni besh yo‘nalishga bo‘lishga asoslanadi: «Darfur yo‘nalishi, ikki mintaqa yo‘nalishi, sharq yo‘nalishi, shimol yo‘nalishi va markaz yo‘nalishi». Shubhasiz, bu jar yoqasiga qurilgan poydevor bo‘lib, uning oqibati muqarrar emirilishga, ya’ni, Sudanning qolgan erlari birligini ham buzilishiga olib boradi. Chunki bu shartnoma mustamlakachi kofir loyihasi bo‘yicha ketmoqda. Demak Sudan viloyatlari parcha-parcha qilib, bo‘lib tashlashga tayyorlanyapti.

Birinchi yo‘nalish: Hayotni kofir G‘arb hazorati asosiga qurishni ta’kidlash. Zero, bu hazorat Sudan davlati paydo bo‘lgandan beri uni tark etmadi. Masalan, o‘tish davri hukumati isyonchilar bilan qonunning ettinchi bo‘lim birinchi bandida aytilgan «milliy masala» (diniy muassasalar bilan davlat muassasalari o‘rtasini to‘liq ajratish) to‘g‘risida kelishib oldi. Bu esa, odamlarni adashtirishdan boshqa narsa emas va bundan Islomning yurtda qolgan ba’zi ahkomlarini ham yo‘q qilish ko‘zlangan. Chunki mustamlakachi Sudanga kirgandan boshlab to faqat armiyalarini olib chiqib ketguniga qadar din davlat ishlariga aralashmadi, atigi ba’zi oddiy ahkomlarigina bo‘ldi, xolos. Endi mana shu qolganini ham ayni birinchi band orqali yo‘q qilishmoqchi. Shuningdek, to‘qqizinchi bandda ham «shaxsni sudanlik sifatida tan olish va hurmat qilish hamda vatandoshlik holatini yaratish», deyilgan. Bu nima degani?! Bu – Sudandagi musulmonlarni dinlaridan uzoqlashtirish va ularni «sudanliklar» bo‘lishlariga qarab belgilash, demakdir. Bu mustamlakachilarni rozi qilish va musulmonlarni g‘arblashtirishga zo‘r berib harakat qilishdir. Ularning bu bilan erishadigan narsasi Azizu Jabborning g‘azabiga uchrash va o‘sha kofirlar tomonidan tepib-haydalish bo‘ladi, bundan boshqa narsaga erisholmaydilar.

Ikkinchi: O‘tish davrini uzaytirish orqali hokimiyat va boylik kvotalarini hamda boshqaruv masalasida buzuq ko‘z-qarashni kengaytirish. Chunki o‘tish davri so‘nggi tinchlik kelishuvi imzolanishi bilan boshlanadi va shartnomada ko‘rsatilganidek 39 oy davom etadi. Bundan tushunilib turibdiki, ushbu konstitutsiyaviy hujjat imzolangandan boshlab bir yildan ziyod vaqt o‘tdi hamki hamon o‘tish davri boshlangani yo‘q. Bu isyonchilarni hokimiyatga sherik qilish orqali rozi qilish maqsadida qilinyapti. Shuning uchun ularga vazirlar kengashidan 25 % berishdi. Ya’ni, besh kishi vazirlardan, uchtasi suveren kengash a’zolaridan bo‘ldi. Qonunchilik kengashining 25 %i ularning vakili bo‘lib, bu parlamentdagi 300 o‘rindan 25tasini tashkil qiladi. O‘tish davri hukumatining homiysi bo‘lmish Ozodlik va O‘zgarish kuchlari yaqinda parlament a’zolarining sonini 450ga ko‘paytirish taklifini kiritdi. Bu deputatlar butun binoga to‘ladi, deganni anglatadi. Shubhasiz, bu qarib-qartayib qolgan eski hukumat miyasidagi buzuq nazariyaning aynan o‘zidir. Darhaqiqat, bu ikki mintaqaga nisbatan 4,5,6 bandlarda kelgan milliy masalalar kelishuvi aytilgan bo‘lib, unga ko‘ra boyliklardan foydalanish isyonchilarga bunday taqsimlanadi: O‘n oy muddatga 40 % viloyatga va 60 % markazga. Bundan tashqari, isyonchilarga bitta viloyat voliysi (gubernatori) bilan ikkita voliy o‘rinbosari o‘rni va ikkala viloyat parlamentidan 30 % o‘rin beriladi, G‘arbiy Kordofan ham shunga kiradi. Bunga qo‘shimcha, sud hokimiyati raisi o‘rinbosarlaridan biri ikki mintaqadan bo‘ladi, Davlat xizmatlari Janubiy Kordofandan bo‘ladi. Shuningdek, o‘n yilga Moviy Nildan 3.2 %, G‘arbiy Kordofandan 4.3 % bo‘ladi… Bu ikki mintaqa kelishuvi bo‘yichadir. Darfurdagi boshqaruvni bo‘lishishga kelsak, u quyidagicha: Darfur yo‘nalishi bo‘yicha uyushmalarga 40 %, markazga 30 %, kelishuvga imzo chekkan boshqa harakatlarga 10 %, qolgan shu boyliklarga aloqador shaxslarga 20 %.

Subhanalloh! Yurtdagi boylik va resurslarning haqiqiy egalariga 20 % berib qo‘yib, qolgan hamma boyliklarni hukumat jinoyatchilari bilan isyonchilar bo‘lishib olishyapti… shumi tinchlik?! Bunday jinoyatlar Darfur shartnomasida ham yo‘q emas!

Uchinchi: Milliy nizolar va bo‘linish omillarini qo‘zg‘ash. Bu 25 moddaning 1 bandida kelganidek mahalliy doiralar tomonidan amalga oshiriladi: «Sudandagi barcha tillarni milliy til deb e’tibor qilib, barobar nishonlanishi kerak bo‘lgan milliy tillar sifatida nishonlash». Bu esa, Sudan aholisi o‘rtasida til asosida nizo olovini yoqadi.

To‘rtinchi: Bu – yurt birligi uchun siyosiy jihatdan eng xavflisi. Ya’ni, ikkala mintaqaga avtonom boshqaruvni va uning ortidan o‘z taqdirini o‘zi belgilashni joriy qilish. Bu navbatdagi bo‘linishdir, xuddi Sudan janubini bo‘lishda bo‘lgani kabi. Ikkala mintaqada avtonom boshqaruv ta’minlandi va qonunu konstitutsiyalarni o‘zlari alohida ishlab chiqishadigan bo‘ldi. Ya’ni, konstitutsiyalari davlatdan ajratildi va mazkur shartnomada ikki mintaqaga 1973 yilda ishlab chiqilgan va 1974 yilda tuzatish kiritilgan konstitutsiyani joriy qilinadigan bo‘ldi. Binobarin, voliy viloyat ichkarisidan tayinlanadigan va moliyasi undan ajratilgan bo‘ldi. Bu esa, faqat bo‘linish e’lon etilishi qolganini, boshqa hamma narsa bo‘linish uchun tayyor qilinganini anglatadi. Bundan tashqari, 2020 yil 3 sentyabr payshanba kuni bosh vazir Abdulloh Hamduk bilan Xalq harakati raisi Adzulaziz Hulv o‘rtasida shartnoma imzolanib, 4-bandda aytilganidek, bu shartnomada o‘z taqdirini o‘zi belgilash va ilmoniylik ochiq tan olindi: «Nuba Tog‘lari aholisi bilan Moviy Nil aholisi mavjud vaziyatni, ya’ni, o‘z-o‘zini boshqaruvni saqlab qoladilar. Toki, xavfsizlik choralari nizolashayotgan tomonlar tarafidan kelishilsin hamda din davlatdan ajratilsin». 3-bandda bunday deyilgan: «Sudanda demokratik davlat tiklash lozim. Toki, Sudan barcha vatandoshlar huquqini ta’minlovchi demokratik davlatga aylanib, konstitutsiya dinni davlatdan ajratish printsipiga amal qilsin. Ushbu printsip mavjud bo‘lmagan taqdirda, o‘z taqdirini o‘zi belgilash hurmat qilinsin. Shuningdek, barcha sudanlik fuqarolarga aqida va ibodat erkinligi berilib, diniy marosimlar bilan shug‘ullanishlari kafolatlansin. Davlat biror rasmiy dinni tan olishi va tiklashi mumkin emas». Darfurga kelsak, shartnomada uning boshqaruvi federal bo‘lishi, viloyatlarini, qonun chiqarish va ijroiy vakolatlari va imtiyozlarini belgilash aytildi. Bu bilan mash’um shartnomada Darfurni nafaqat bo‘linish qolipiga solindi, balki bundan ham yomon qilmishga, federal boshqaruvni Sudanning har bir viloyatiga belgilash qilmishiga qo‘l urildi. Bu narsa shartnomaning 25-moddasining 2-bandida qayd etilgan. Binobarin, bu matnlarning barchasidan ko‘rinib turibdiki, qarshimizda, mustamlakachilik loyihasida aytilganidek, Sudanni besh viloyatga bo‘lib tashlash uchun hamma narsa hozir, faqat uning e’lon etilishi qoldi, xolos!

Beshinchi: «Inqoz» boshlagan ishni, ya’ni, qurolli kuchlarni zaiflashtirib, bo‘lib tashlashni davom ettirish. Buning uchun isyonchi kuchlar shasxlar sifatida emas, qismlar va to‘liq dviziyalar sifatida armiyaga qo‘shiladi hamda armiyaga qo‘shilgan isyonchi kuchlar o‘z joylaridan 40 oygacha ko‘chirilmaydi va bu muddatni uzaytirish ham mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Darfurda xavfsizlikni saqlash uchun 12 ming askar, 6 ming isyonchi kuchlar va 6 ming hukumat kuchlaridan iborat mushtarak kuchlar tuziladi.

Ko‘rinib turibdiki, ushbu shartnoma voqeligi aniq: mustamlakachi kofirning Islomni jamiyat va qonunlardan hatto hidini ham qoldirmay yo‘q qilishga hamda Sudandagi qolgan ozgina islomiy narsalarni ham tugatishga qaratilgan loyihasiga qo‘shilish. Shubhasiz, bu Islomni bugungi ahvoldan ham ayanchli jarlikka uloqtiradi. Agar G‘arbning hokimiyat tepasida turib bizga achchiq kunlarni totdirayotgan anavi malay va qo‘g‘irchoqlari bo‘lmaganda edi, bunday shartnomalar va boshqa qilmishlar ham bo‘lmagan bo‘lur edi. Shuning uchun ham kundan-kunga torayib, bizni bo‘g‘ib kelayotgan bunday kishanlardan qutulmoqning yagona yo‘li shu malaylarni danak kabi tuflab tashlash va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishdir. Yolg‘iz ushbu davlatgina bizni qaytadan butun bashariyatni rabboniy adolat bilan boshqaradigan va insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummatga aylantirishga qodirdir.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.