Avstriya musulmonlarga josuslik qilib kuzatmoqda

256
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Avstriya musulmonlarga josuslik qilib kuzatmoqda

Yusuf Saloma – Germaniya

Avstriya Integratsiya vaziri Susanne Raab surbetlarcha «siyosiy islom jamiyatimiz va ijtimoiy hayotimiz uchun zahardir, unga qarshi barcha uslub-vositalar bilan kurashish kerak», deyishga jur’at qildi. Ilgari ham Susanne – so‘nggi yillarda «patrialxal hokimiyat» xarakteriga ega bo‘lgan madaniyatlarning immigratsion harakatlari kuchayganidan keyin «siyosiy islomga qarshi kurashish»  o‘zining ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolganini ta’kidlagan edi.

Shuning uchun u 2020 yil iyul oyining ikkinchi yarmida iddao qilinayotgan «siyosiy Islom»ni hujjatlashtirish bilan shug‘ullanuvchi markaz ochdi va buni «siyosiy islomning xavf tug‘diruvchi fikrlariga qarshi kurash» bilan dastakladi. Markazni ochishdan oldin ushbu maqsadini ikki shaxsga ma’lum qilganda ular «bu Evropaning shaxdam qadami bo‘ladi», deya olqishlashgan. Ularning biri sotsiologiya va islom dinshunosligi bo‘yicha professor Muxanad Xorxide (Xurshid) bo‘lsa, ikkinchisi «Jorj Vashington» universiteti qoshidagi ekstremizm markazi rahbari Lorentso J. Vidinodir.

Susannening Xorxideni tanlaganligiga kelsak, Xorxide «mo‘’tadil musulmon» sifatida tanilgan hamda Avstriyaning sobiq ultra o‘ng qanot hukumati masjidlarni yopgan paytda bunga qarshi harakat qilish bilan shuhrat qozongan. Keyinchalik ma’muriy sud masjidlarning yopilishini noqonuniy, deb topgan. Aslida bu Xorxide degan kimsa Islomga qarshi kurashda vazir Suzannedan ham yomon hisoblanadi.

Vidinoga kelsak, Avstriya Federal kantsleri Sebastьyan Kurts o‘zining «siyosiy islom»ga qarshi kurashini dastaklashda mana shu kimsadan foydalangan. Holbuki, Vidinoning tarixi uning musulmonlarga qarshi tarmoqlar bilan aloqa qilgan, deya gumonlanadi. Aftidan, Susanne uni shu sababdan tanlagan bo‘lsa kerak.

Demak, bu erda mavzu kuzatuv va nazorat markazi ochish uchun qonuniy asos va omma qo‘llab-quvvatlovini yaratish haqida ketmoqda, xuddi banan respublikalari¹ va musulmon o‘lkalarida ayg‘oqchilik qiluvchi markazlar kabi. Shuningdek, Xitoy va Rossiyada ham shunday markazlar bor, ular o‘rtasida bu borada farq yo‘q.

Hech shubha yo‘qki, Integratsiya vaziri tiqishtirayotgan bunday chora irqchilikka asoslangan. Vaholanki, «tsivilizatsiyalashgan olam» davlatlari irqchilikka qarshi kurashishlarini hamda antisemitizmni jilovlaganliklarini da’vo qilishadi. Biroq masala musulmonlarga, xususan, Islom tuzumiga borib taqalgan paytda bu davlatlarning tsivilizatsiyalarining o‘zi asl basharalarini ochib qo‘ymoqda.

Susanne Raabning o‘zi qizlarning hijob kiyishini taqiqlash to‘g‘risida qonunni ilgari surgan va ular hijobni o‘z ixtiyorlari bilan kiymaydilar, balki ota-onalari shunga majbur qiladi, degan iddaoni qilgan. Natijada, bu qonun ommaviy so‘rov asosida yoki haqiqatdan ham qizlar ota-onalarining bosimi bilan kiyishlarini o‘rganish asosida qabul qilinmadi. Balki bu qonun Islomga dushmanlikdan kelib chiqib hamda «shunday qilish kerak», degan zo‘rlik asosida qabul qilindi. Xo‘sh, endi qizlarning hijoblarini mana shu qonun asosida va bosim bilan o‘z istaklariga zid ravishda hijoblarini echish mumkin ekan-da?! Qizlarning istaklari va fikrlari inobatga olinmaydimi?! Demak, demokratiya qonun zo‘rligi bilan ota-ona zo‘rligi o‘rtasini farq qilmas ekan-da?!

Integratsiyaga kelsak, undagi mana shunday qonuniy choralar insonlarni o‘z istak va rag‘batlariga zid narsalarga majbur qiladi. Bu chora-tadbirlar tuzumning muvaffaqiyatsizligiga, uning shaxsiy istaklar yoki nafs-havolarni qondirish uchun diktatorlik darajasiga tushib ketganiga dalildir. Bu bilan G‘arb da’vo qiladigan shaxsiy erkinlik va e’tiqod erkinligi printsipiga asoslangan insonlar ishonchlari va qat’iyatlari toptalgani ko‘rinib turibdi. Bundan chiqdi, qachon ish Islom va musulmonlarga borib taqalsa, tuzumga taalluqli bu fikrlar havoga uchib ketaveradi. Zotan, hindular, budparastlar va yahudiylar kabi g‘ayrimusulmonlarga bu choralarni qo‘llashayotganini hech ko‘rmaymiz. Demakki, ish o‘zlarining tuzumlari qarshisida turgan tuzumga taalluqli bo‘lyapti. Zero, ularning tuzumining soxtaligi odamlarga ochilib bo‘ldi, buzuq-badbo‘yligidan hamma jirkanmoqda.

Ular qonli kurashlar qilishlari ortidan Islomning davlatini ag‘darib, siyosiy vujudini yo‘q qilishgach, uni qaytib barpo bo‘lmaydigan qilib yo‘q qildik, deb o‘ylashgan edi. Ammo hozirda ushbu siyosiy vujudning-davlatning qaytishidan qo‘rqib qolishdi. Shuning uchun ham Islom davlatini g‘ayriinsoniy vahshiy qilib ko‘rsatishyapti. Masalan, mana shu Suzannaning o‘zi «hukumatimiz islomiy tashkilotlarga va ularning yurtdagi yacheykalariga qarshi kurashni rejalashtirmoqda», dedi. U odamlarni adashtirish maqsadida «muqaddaslik va hurmat darajasidagi samoviy din sifatidagi Islom bilan insoniyatga dushman bo‘lgan ideologiya sifatidagi siyosiy islom orasini ajratib olish zarurligi»ga chaqirdi. Bu ayol Islomni g‘ayriinsoniy, din deyishdan uyalmadi, ammo o‘zi yaxshi bilsa kerak, insoniyat o‘n uch asrdan ziyod davr mobaynida tinch va xavfsiz turmush kechirgan. Bundan farqli o‘laroq, keyingi ikki asrda hokimiyat, zo‘ravonlik, istibdod G‘arb va uning yirtqich kapitalizm tuzumi qo‘lida bo‘ldi. G‘arb shular yordamida yurtlarni mustamlaka etdi, xalqlarni repressiya qilib, boyliklarni taladi… Buni Suzannaning bilmasligi mumkin emas.

Suzannaning professor Xorxideni o‘ziga maslahatchi qilib olganining hech hayron qoladigan eri yo‘q. Chunki avvaldan ikkalasi ham bir xil fikrlashadi. Xorxide «siyosiy islom tashkilotlari» islom nomidan hokimiyatga chiqishni ko‘zlaydi va odamlarni manipulyatsiya qilish uchun dindan foydalanishadi, degan.

Ekstremistik islomni hujjatlashtirish markazi Integratsiya vazirligiga qaraydi va uning tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi. Uning maslahat hay’ati ekspertlarni o‘z ichiga oladi. Ulardan eng taniqlisi, Integratsiya vaziri Susanne Raabning ma’lum qilishicha, Ixvon tashkiloti bo‘yicha g‘arblik analog va AQShning «Jorj Vashington» universiteti qoshidagi Ekstremizm markazi rahbari Lorentso J. Vidinodir.

Mana, masala tiniq oydinlashdi-qoldi. Demak, G‘arb bir tomondan Islom, ikkinchi tomondan kapitalistik demokratiya o‘rtasida davom etayotgan fikriy va siyosiy kurashni olib borishga kuchi etmaydi.

Mafkuraviy kurash olib borish, fikrga qarshi fikr bilan kurashish, insonlar qay birini to‘g‘ri va afzal ekaniga qanoatlangan holda qabul qilishlari uchun ularga fikr berish o‘rniga, endi qonun bilan va davlat hokimiyati orqali zo‘ravonlik qilish yo‘liga o‘tishdi. Insonlarga qarshi ayg‘oqchilik qilish, ularni kuzatuv va nazorat ostiga olish, hayotlariga tazyiq o‘tkazish kabi nomardlik uslublarini qo‘llaydigan bo‘lishdi, masalan musulmon yurtlaridagi zo‘ravon hukumatlar qilishayotgani kabi.

Islomga qarshi nafratli ma’ruzalar qilish ultra o‘ng qanotning qoidasiga aylandi. So‘ng Parlamentga chiqishiga yordam beruvchi mashhurlikka erishish uchun harakat qiladigan minbariga aylandi. Keyin esa, ma’ruzalar hokimiyatga etishish uchun saylov dasturlarida tirgak bo‘ldi. Aksar siyosatchilar minbarni mana shu qorong‘i yo‘laklar orqali xalq deputatligiga olib boruvchi yo‘lga aylantirib oldi. Ba’zilari masalani mo‘’tadil musulmonlar va mo‘’tadil islomdan aralashgan nopok uslublar bilan qo‘zg‘ayapti. Ammo bunda faqat ruhiy jihatga e’tibor qaratiladi, boshqasiga emas.

Oqibatda bu kabi choralar ular aytgan islomchilar va terroristlardan emas, balki Islomdan qo‘rqishga va musulmonlarni yomon ko‘rishga olib bordi. Terrorizm deganda muayyan jamoa yoki hizb emas, balki faqat Islom va musulmonlar tushuniladigan bo‘lib qoldi. Terrorizm shaxslarga va jamoalarga taalluqli, degan gaplari esa g‘irt yolg‘on. Bu yolg‘on ular uchun jamiyatdagi qo‘rquv darajasini oshirishlariga, binobarin, beqarorlikka va integratsion jarayonni barbod qilishga yordam beradi.

Beqarorlik esa, har qanday xorijiy shaxsdan qutulishga, har qanday begona fikrdan voz kechishga chaqirayotgan ultra o‘ng qanot guruhlari paydo bo‘lishiga, millatchilik va irqchilikka mahkam yopishishlariga, irqchilikka chorlovchi shiorlarni ko‘tarib chiqishlariga olib keldi. Hatto mo‘’tadil siyosatchilarga mana shunday irqchi guruhlarni moyil qiluvchi ma’ruzalar kerak bo‘ldi, chunki ular jamiyatda ko‘payib, ko‘plab mintaqalarda jamiyatning fikri va xalqchilligi ustidan hukmron bo‘lib qoldi.

Bu ishlar faqat Avstriyaning o‘ziga cheklanmadi. Balki musulmonlarni kamsitish va ularning aqidalarini haqoratlab, hayotiy yo‘llariga qarshi kurashish butun G‘arb davlatlarida urfga aylandi. U erlardagi musulmonlar bulardan o‘zlarini himoya qiladigan hech kimni topolmay qoldilar. Qaerdan ham topardilar, axir, ularning o‘z davlatlari bo‘lmasa. Davlatlari bo‘lganida edi, albatta Islom daxlsizligini himoya qilar va musulmonlarni hech kimga haqorat qildirib qo‘ymas edi. Anavi hujumkorlar ham bu davlatdan haybatlanib, u bilan ming marta o‘lchab muomala qilishadi, bitta musulmonni ham birov tahqirlashga yoki kamsitishga jur’at qilolmaydi.

¹ Banan respublikalari – bu Lotin Amerikasidagi siyosiy beqarorlikni boshdan kechirayotgan va cheklangan qishloq xo‘jalikka bog‘liq bo‘lgan davlatlarga nisbatan qo‘llanuvchi atama. (Vikipediyadan).

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.