Muattar Payg‘ambarlik hijrati xotirasida

338
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Muattar Payg‘ambarlik hijrati xotirasida

وَيَأْبَى اللهُ إِلَّا أَنْ يُتِمَّ نُورَهُ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ

«Alloh, garchi kofirlar xohlamasalar-da, albatta O‘z nurini to‘la (har tarafga) yoyishni istaydi»

Hamd Tobib qalamiga mansub

Bugun kecha kabi bir xil shuvullab o‘tmoqda, mana 1442 yilga ham kelibmiz. Bugun ham xuddi kechagi kabi, Alloh Azza va Jallaning nurini o‘chirish va insonlar o‘rtasida qayta taralishini oldini olish uchun butun dunyodagi kufr davlatlari to‘planishdi. Xuddi Makka kofirlari to‘planishgani kabi, bugun Amerika Islom qadriyatlarini va islomiy yurtlardagi oliy axloqni nishonga olgan urushga butun dunyo davlatlari va tashkilotlarini safarbar qilmoqda… Bu yo‘lda musulmon yurtlaridagi hukmdorlarni ham yig‘yapti. Ummatning mustamlakachilar malaylariga qarshi boshlagan qo‘zg‘olonini yo‘q qilish uchun rejalar va uslublar ishlab chiqyapti.

Shu kunlarda kufr davlatlari, asosan, Amerika Islom Ummatining hazorat-madaniyatga oid loyihasini yo‘q qilish maqsadida qo‘llayotgan uslublari ko‘p va turli xildir. Bu loyiha aqida, fikrlar va ahkomlarni nishonga olgan. Shuningdek, u qadriyatlar, boyliklar, yurtlar va fuqarolarga qarshi qaratilgan bo‘lib, Ummat shon-shavkatini sindirish ko‘zlangan. Bir vaqtda, bu davlatlar Ummatning madaniy o‘zligini o‘chirib tashlash va bu o‘zlikni kofir davlatlarga qorishtirib, bilinmaydigan qilib tashlash uchun reja chizmoqda. Ushbu iblisona uslub va rejalardan ba’zilari quyidagilar:

1 –          Ummatni bir safar millatchilik, bir safar vatanparvarlik, bir safar din nomi bilan adashtirish uchun malay siyosatchilardan foydalanish uslubi. Darhaqiqat, bu jinoyatkor hukmdorlar Ummatni ko‘p marta adashtirishdi… O‘tgan asrning elliginchi yillarda Jamol Abdunnosir arab millatchiligi bilan adashtirdi. U millatchilik dastagi bilan Sayid Qutb rohimahulloh, Abdulqodir Avda rohimahulloh va boshqalar kabi Ummatning sara ulamolaridan ko‘pchiligini qatl qildi, minglab ulamolarni uzoq muddatga qamoqqa tashladi. Misr armiyasini millatchilik asosida Yamanga yuborib, ulardan ko‘pchiligini yirik davlatlar yoqqan mustamlakachilik urushida halok qildi.

Bugun ham Ummat din va diniy marosimlarga jonsaraklik qilish nomidan adashtirilmoqda. Ko‘plab siyosiy va harbiy jinoyatlar din niqobi bilan sodir etilib, Ummat, uning dini, madaniyati va qadriyatlari nishonga olinmoqda. Bu turli adashtirishda jangari tashkilotlardan foydalanilyapti, Shomda bo‘lgani kabi. Siyosiy tashkilotlardan foydalanilyapti, Tunisda bo‘lgani kabi. Davlat rahbarlaridan foydalanilyapti , Sudan, Pokiston va Turkiyada bo‘lgani kabi.

2 –          Sionistlar loyihasini musulmon yurtlariga zo‘rlab tiqishtirish uslubi. Buni mintaqada siyosiy loyiha orqali hamda «Katta O‘rta Sharq», degan niqob ostida yahudiylar bilan aloqalarni va siyosiy munosabatlarni normallashtirish orqali amalga oshirilmoqda. Maqsad, yahudiy vujudini mavjud siyosiy tizimning bir bo‘lagiga aylantirib, Falastinni ozod etish mafkurasini yo‘q qilish va musulmonlar haq-huquqini qayta ko‘rib chiqishdir. Shuningdek, bundan ushbu loyihani Islomga qarshi kurashdagi qurollardan biriga hamda mustamlakachilik loyihasiga xizmat qilishi uchun harbiy va siyosiy bazaga aylantirish ham ko‘zlangan. Haqiqatdan ham kofir davlatlar hukmdorlarni mana shunday iblisona dasturxon atrofiga taklif qilishdi, masalan, Kemp-Devid, Madrid, Oslo, Vodiy Araba kabi. Amirliklar hukmdorlarning kechagi qilmishlari ham ularning navbatdagisidir.

3 –          Xalqlarni och qo‘yib, er yuziga darbadar-qochqinga aylantirish uslubi. Bu ham global ravishda qo‘llanayotgan loyihaning bir qismi bo‘lib, undan musulmonlarni bo‘lib tashlash, birliklarini parchalash, kufr rejalariga tiz cho‘ktirish, yirik qarzlar bilan xalqaro tashkilotlarga tobe qilish ko‘zlangan. Bu qarzlar mustamlakachilikning qator qurollaridan navbatdagisi bo‘lib, yurtlaru fuqarolarni uzoq muddatga nishonga olgan.

4 –          Ayniqsa ilmda taniqli ulamolarni o‘ldirish, xususan, o‘zgartirishga da’vat qiladigan siyosatchi ulamolarni minglabini qamoqlarga tashlash uslubi. Bu ko‘proq Saudiya Arabistonida, Sisiy Misrida va Iroqda uchrayotgan uslubdir.

5 –          Ummat qo‘zg‘olonlarini yo‘q qilish maqsadida, ularni jilovlash uslubi. Buni qirg‘in qilish, qochqinga aylantirish orqali hamda ayrim islomiy jamoalarni hukumat va parlamentga kiritib adashtirish bilan amalga oshirilyapti.

Xo‘sh, kofirlar shunchalik qattiq va turli-tuman kurashlari bilan Ummatni o‘z dini va madaniy loyihasidan chalg‘itishga muvaffaq bo‘lishdimi? Musulmonlar G‘arb loyihasini qabul qilib, siyosiy loyihalariga yahudiylarning qo‘shilishiga rozi bo‘ladilarmi?

Alloh Azza va Jalla faqat o‘zining kalimasi oliy bo‘lishidan, kofirlar kalimasi tuban bo‘lishidan o‘zga narsani istamaydi. Alloh Azza va Jalla Islomning Evropa va Amerikaning qoq markazigacha yorib kirib yoyilishidan boshqa narsaga rozi bo‘lmaydi. Ulardan har yili ellik mingdan ziyodining Islomga kirishlarini, haqqa ergashib, buzuq kapitalizmni uloqtirishlarini, nasroniylar mamlakati markazidagi cherkovlarning masjidlarga aylantirilishini istaydi. Alloh Azza va Jalla musulmon yurtlarida o‘zining kalimasi oliy bo‘lishini xohlaydi. Zero, ushbu yurtlarda bugun hukmdorlarning razilligi o‘z xalqlariga yaqqol ko‘rinib qoldi, ular hukmdorlarga xoinlik va malaylik sifatini berishyapti, hukmdorlarga qarshi son-sanoqsiz xalq qo‘zg‘alib, ularning ag‘darilishini talab qilishyapti… Alloh xuddi shunday bo‘lishini istamoqda. Alloh Azza va Jalla faqatgina o‘z kalimasi oliy bo‘lishini istaydi, garchi ketma-ket kelayotgan bu hukmdorlar buzg‘unchi ta’lim dasturlari va ma’rifatlarini zo‘rlab o‘tkazish orqali Islomni musulmonlar hayotidan yo‘qotishga har qancha urinishsa ham, Islomlarini mahkam ushlovchi va razil G‘arb fikrlarini uloqtiruvchi musulmon yoshlarning soni ko‘payishidan o‘zga narsani xohlamaydi. Alloh Azza va Jalla o‘z kalimasi oliy, kofirlarning kalimasi razil bo‘lishini, yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirishga chaqirayotgan malay hukmdorlarning kalimasining er bilan yakson etilishini istaydi. Allohning izni ila, ular musulmonlarni o‘z dinlaridan yahudiylar tomonga burish, yahudiylar bilan boshqa xalq o‘rtasida tinchlik o‘rnatish va munosabatlarni normallashtirish urinishlarida albatta omadsizlikka uchrashadi. Hatto yahudiy vujudi bosh vazirining o‘zi Kemp-Devid shartnomasining qirq yilligi tantanasida «Biz musulmon olamidagi xalqlar bilan tinchlik o‘rnatishda ayanchli muvaffaqiyatga uchradik, garchi faqat hukumatlar bilan tinchlik o‘rnatishga zohirda muvaffaq bo‘lsak ham…», dedi.

Ular Islom Ummatiga qarshi har qancha urushlarni boshqarishayotgan bo‘lmasinlar, Alloh Azza va Jalla o‘z nurining to‘la taralishidan va Islomning er yuzida g‘olib bo‘lishidan boshqa narsani istamaydi. Zotan, ushbu Ummat misoli sof oltin kabi, olovda har qancha kuydirilsa ham tobora sayqallanib-toblanib bormoqda, undan o‘ziga yot aralashmalar to‘kilib tozalanmoqda, voqea-hodisalar uni yanada salobatli va rejali qilib qo‘ymoqda. Ha, Alloh bu Ummatni quyidagi kalomida bunday madh etgan:

﴿كُنتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْراًّ لَّهُم مِّنْهُمُ الْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ الْفَاسِقُونَ﴾

«(Ey ummati Muhammad), odamlar uchun chiqarilgan ummatlarning eng yaxshisi bo‘ldingiz. Zero, siz ma’rufga buyurib, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz. Agar ahli kitob ham imon keltirganda edi, o‘zlari uchun yaxshi bo‘lardi. Ulardan mo‘minlari ham bor va (lekin) ularning ko‘plari itoatsiz kimsalardir» [Oli Imron 110]

Rosululloh ﷺ Ummatga bunday baho berdilar:

«مَثَلُ أُمَّتِي مَثَلُ الْمَطَرِ لَا يُدْرَى أَوَّلُهُ خَيْرٌ أَمْ آخِرُهُ»

«Ummatim misoli yomg‘irga o‘xshaydi. Uning boshlanishi yaxshimi yoki oxirimi bilib bo‘lmaydi». (Imom Termiziy rivoyati).

Istiqbolimizdagi yillar yaxshiliklar bilan to‘ladigan hamda rabboniy va’da, nabaviy bashorat ro‘yobga chiqadigan, Islom qaytib kelib, uning davlati barpo bo‘ladigan va Islom kuchli bo‘ladigan yillardir. Alloh Taolo ushbu kalomida va’da qilgandek, dinimiz er yuziga keng tarqaladi:

هُوَ الَّذِي أَرْسَلَ رَسُولَهُ بالهدى وَدِينِ الْحَقِّ لِيُظْهِرَهُ عَلَى الدِّينِ كُلِّهِ وَلَوْ كَرِهَ الْمُشْرِكُونَ

«U (Alloh) O‘z payg‘ambarini hidoyat va haq din bilan — garchi mushriklar xohlamasalar-da — barcha dinlar ustidan g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir» [Tavba 33]

Shuningdek, ikki shaharning ikkinchisi va Vatikanning beshigi bo‘lmish Rimning fath bo‘lishi to‘g‘risidagi hamda Allohning dini er yuzining barcha eriga tarqalishi haqidagi Muhammad Mustafo ﷺ quyida marhamat qilgan bashoratlari ham ro‘yobga chiqadi:

«لَيَبْلُغَنَّ هَذَا الْأَمْرُ مَا بَلَغَ اللَّيْلُ وَالنَّهَارُ, وَلاَ يَتْرُكُ اللَّهُ بَيْتَ مَدَرٍ وَلاَ وَبَرٍ إِلاَّ أَدْخَلَهُ اللَّهُ هَذَا الدِّينَ بِعِزِّ عَزِيزٍ أَوْ بِذُلِّ ذَلِيلٍ، عِزًّا يُعِزُّ اللَّهُ دِينَ الْإِسْلَامِ، وَذُلاًّ يُذِلُّ بِهِ الْكُفْرَ»

«Bu ish kecha va kunduz etib borgan joygacha etib boradi. Alloh bironta ham o‘trog‘u ko‘chmanchining uyini qoldirmasdan unga bu dinni azizning azizligi yoki xorning xorligi bilan kiritadi. Azizlikki, u bilan Alloh Islom dinini aziz qiladi. Xorlikki, u bilan Alloh kufrni xor qiladi». (Imom Ahmad rivoyati).

Alloh Taolodan ushbu yangi hijriy yilni yaxshilik ochqichi qilishini, ilohiy nur zulm va zulmat ustidan g‘olib bo‘lishini so‘rab qolamiz.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.