Sharqiy O‘rta er dengizidagi taranglik hamda uning sabablari va echimlari

265
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sharqiy O‘rta er dengizidagi taranglik hamda uning sabablari va echimlari

Ustoz As’ad Mansur qalamiga mansub

Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi taranglik avj oldi. Bunga Turkiyaning neftь va gaz qidirish bo‘yicha dengiz xaritasini chizish uchun o‘zining iqtisodiy dengiz zonasiga harbiy kema qo‘riqchiligi ostida tadqiqot kemasini yuborishi sabab bo‘ldi. O‘tgan yillar davomida Sharqiy O‘rta er dengizida yirik miqdorda gaz topilganligi ikki davlat o‘rtasidagi taranglikning avj olishiga olib keldi. Gap shundaki, Falastin bosqinchisi yahudiy vujudi katta miqdordagi gazni tijorat maqsadida qazib olishni boshladi. 2020 yil 4 yanvarda Gretsiya, Kipr va yahudiy vujudi Evropa qo‘llab-quvvatlovida suv osti quvurini qurish bo‘yicha kelishuv imzolashdi. Evropaga gaz etkazib berishga mo‘ljallangan va 2025 yilda qurib bitkazilishi belgilangan ushbu quvurning quvvati yiliga 10 milliard m3 gaz etkazib berishga mo‘ljallangan. Shuni ham eslatmoq lozimki, ilgari Misr va Iordaniya rejimlari yahudiy vujudidan gaz sotib olish bo‘yicha ikkita alohida bitim imzolashgan edi. Ikki yurt ham musulmon xalqining bu bitimga nisbatan yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish va xiyonatdir degan e’tiborda keskin norozilik bildirishlariga e’tibor berishmadi. Ma’lumki, Misr odamlarning noroziligiga qaramay, yahudiylarga arzon narxda gaz eksport qilar edi.

Evropa Ittifoqining qo‘llab-quvvatlovi ostida Gretsiya bu zona menga qarashli, shu sababli Turkiyaning u erda qidiruv amaliyoti o‘tkazishi noqonuniy, deya da’vo qilmoqda. Turkiya tadqiqot kemasi Kipr bilan Krit orollari o‘rtasida Gretsiyaning bir nechta fregatlari (harbiy kemalari) yaqinida harakat qilayotgan edi. 2020 yil 13 avgustda greklarning bitta fregati o‘z harakati davomida turklarning qo‘riqchi kemasi bilan kesishib, qisqa to‘qnashuv sodir bo‘ldi… Natijada grek fregatining old qismi turk fregatining orqa qismiga kichik zarar etkazdi. Shunda prezident Erdogan «greklarni turklar kemasini nishonga olishdan ogohlantirib, kim unga hujum qiladigan bo‘lsa, bu unga juda qimmatga tushishi» to‘g‘risida bayonot berib, jumladan bunday dedi: «Turkiya hech kimning haqqiga ko‘z olaytirmaydi, ammo biror davlatning uning haqqini tortib olishiga ham yo‘l qo‘ymaydi. Gretsiyaning O‘rta er dengizi va Egey dengizidagi pozitsiyasi Mayis oroliga tutashgan kontinental shelьf (dengizning quruqlikka yaqin nisbatan sayoz qismi)dagi buzuq niyatga asoslanadi. Buni na aqlan izohlab bo‘ladi va na mantiqan».

Frantsiya Gretsiyani qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi va «Krit orolida grek kuchlari bilan harbiy mashq» o‘tkazdi hamda buni «prezident Makronning Frantsiyaning Sharqiy O‘rta er dengizidagi ishtirokini vaqtincha kuchaytirishga sodiqligining birinchi dalili», deya izohladi. Sharqiy O‘rta er dengiziga «Rafalь» rusumli ikkita qiruvchi samolyoti bilan bitta «Lafayet» frigatini joylashtirdi. Keyin «Turkiyani bahsli suvlarda neftь va gaz qidiruv ishlari olib borishni to‘xtatish»ga chaqirdi. Gretsiya bosh vaziri Mitsotakis 2020 yil 12 avgustda Makron bilan telefon orqali ayni mintaqadagi vaziyat xususida suhbatlashdi. Suhbat ortidan tvitterda «Makron Gretsiyaning haqiqiy do‘sti hamda Evropa qadriyatlari va xalqaro qonunning ehtirosli himoyachisi», deb yozdi. Natijada, xo‘rlangan Gretsiya Frantsiya va butun Evropaning qo‘llab-quvvatlovi bilan Turkiyani kurashga chaqirmoqda. Evropa Ittifoqi davlatlarining tashqi ishlar vazirlari 2020 yil 14 avgust kuni anjuman o‘tkazib, unda Gretsiyani qo‘llab-quvvatlashdi. Ular «Anqaraning harakatlari dushmanona va xavfli», deya ta’kidlashdi. Shunday qilib, Evropa, xususan, Frantsiya ayni taranglikdan Sharqiy O‘rta er dengizidagi nufuzlarini mustahkamlash va boyliklarini o‘g‘irlashda foydalanishmoqda.

Germaniya xalqaro pozitsiyani tartibga solishda o‘zini faol davlat qilib ko‘rsatish uchun vositachilik rolini o‘ynamoqda. Shuning uchun uning kantsleri Merkel Erdogan va Mitsotakis bilan telefon suhbati o‘tkazib, vaziyatni sokinlashtirishga, vaziyatni yumshatishga chaqirdi. Erdogan «tinchlik uchun so‘zlashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi va «Merkelning Mitsotakisni ayni maqsadga ko‘ndira olishiga umid qilishini, Turkiya kemasi qidiruv ishlarini 23 avgustga qadar davom ettirishi»ni bildirdi. Bu esa, Turkiyaning gaz qidiruv ishlarini olib borishda jiddiy emasligini, uni tinchlik nomi bilan to‘xtatishga tayyor ekanligini anglatadi!

Amerikaga kelsak, «tomonlarni bevosita muzokaralarni boshlashga chaqirdi». Bir vaqtda, Gretsiya tashqi ishlar vaziri Dendias 2020 yil 14 avgustda amerikalik hamkasbi Pompeo bilan uchrashdi va uchrashuv ortidan «umid qilamanki, agar xalqaro dengiz qonuniga hamma amal qilsa, nizo bo‘lmaydi», dedi. Bu bayonot shuni ko‘rsatmoqdaki, Amerika Evropa davlatlari, ayniqsa, u erga o‘z kuchlarini yuborgan Frantsiyaga o‘xshab, Gretsiyani ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlayotganini e’lon qilmayapti. Shundan so‘ng Frantsiya rahbari Makron AQSh rahbari Tramp bilan telefon orqali bog‘lanib, mavzu haqida suhbatlashdi. Oq uy «AQSh va Frantsiya prezidentlari Turkiya bilan Gretsiya o‘rtasidagi tang vaziyatdan xavotir bildirdilar va ikkala tarafning ham muloqotga rioya qilishlari zarurligini ta’kidladilar», deyish bilan kifoyalandi. Bu shunga dalolat qilmoqdaki, AQSh Frantsiyaning harbiy harakatiga norozi va Gretsiyani qo‘llab-quvvatlamayapti. Shuning uchun ham Makron Tramp bilan bevosita bog‘lanishga majbur bo‘ldi. Chunki Amerika Sharqiy O‘rta er dengizida Evropa hukmronligi bo‘lishini istamaydi. Shu bois, bu nufuzni yo‘q qilib, o‘z nufuzini kuchaytirishga harakat qiladi. U Britaniyaning Kiprdan quvib chiqarishga harakat qilyapti, demakki, Frantsiyaning Evroittifoq a’zosi bo‘lgan Gretsiyani qo‘llab-quvvatlash, degan niqob ostida mintaqada bo‘lishiga hargiz yo‘l qo‘ymaydi.

Turkiya Mudofaa vaziri Akar bunday dedi: «Lozanna shartnomasi Turkiya-Gretsiya munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjati hisoblanadi. Ayni shartnomaga ko‘ra, 23ta oroldan 16tasi noharbiy maqomini saqlab qoladi, ikki davlat ham shunga imzo chekishgan. Biroq shunga qaramay, barchamiz 16ta orolda qurol-yarog‘ ko‘radigan bo‘lib qoldik va bu xalqaro qonunga mutlaqo ziddir. Misr bilan Gretsiyaning dengiz chegaralarini belgilash bo‘yicha imzolagan kelishuvlari hech qanday qonunga asoslanmagan. Mayis oroli Turkiyadan atigi ikki kilometr uzoqlikda, Britaniyadan 580 kilometr uzoqlikda bo‘lib, maydoni 10 kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Turkiya 1800 km. chizig‘iga ega, dengiz zonasi 40.000 km2. Shuning uchun muloqot bu davlatlar o‘rtasidagi muammolarni hal etishning asosiy vositasidir. Turk va grek ekspertlari ikki marta Afinada, bir marta Anqarada uchrashdilar. Biz to‘rtinchi uchrashuvni Anqarada o‘tkazishni greklarga etkazdik». Bundan ko‘rinib turibdiki, Turkiya o‘zidan tortib olingan bu zonani qaytarib olish haqida o‘ylamayapti va gaz qidiruv ishlarida ham jiddiy emas.

Turkiya rejimining bu borada jiddiy emasligi shundaki, Egey dengizidagi orollar Gretsiyadan juda uzoq, Turkiya hududlariga esa tutash bo‘lishiga qaramasdan, Mustafo Kamol davrida bu orollardan voz kechgan. Mustafo Kamol Lozanna shartnomasida qolgan islomiy yurtlardan voz kechgani kabi, ayni voz kechish bilan qator xiyonatlar sodir etdi va bu haqiqatdir. Erdogan ayni haqiqatni tilga olmaydi va o‘sha xiyonatlarni yuvishga harakat qilmaydi. Aksincha, Gretsiya bilan ham, Frantsiya bilan ham NATO doirasidagi salibchilik koalitsiyasida hamkor.

Demak, Turkiya uchun yagona echim NATOdan chiqishdir. Chunki uning hamma a’zolari har bir masalada unga qarshi harakat qilmoqda. Turkiya esa, G‘arbga tekin xizmat qilib beryapti, xuddi Koreya urushida bo‘lgani kabi. Hatto musulmonlarga qarshi harakat qilmoqda, xuddi Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Somalida qilayotgani kabi. Shuningdek, Turkiya Lozanna shartnomasidan ham chiqishi kerak. Chunki musulmonlar vakili sifatida Xalifalik davlati unga imzo chekkan emas. Balki Mustafo Kamolning G‘arb mustamlakasi qo‘llovi bilan tuzilgan noqonuniy hukumati imzo chekkan. Turkiya mana shularni qilsa, butun O‘rta er dengizini islomiy dengizga aylantirib, u erdan barcha musulmonlarga neftь va gaz chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Bu esa, avvalgi tuzum bo‘lmish Xalifalik tuzumiga, Islom boshqaruviga qaytilmagunicha hargiz amalga oshmaydi.

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.