Misrdagi senat saylovlari korruptsiya uchun yangi eshikdir

427
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misrdagi senat saylovlari korruptsiya uchun yangi eshikdir

Ustoz Homid Abdulaziz qalamiga mansub

Misrda 11 va 12 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan senat saylovlari, ko‘pchilikda – koronavirus keng tarqalishi moddiy xarajatlarni talab qilayotgan, sog‘liqni saqlash tarmog‘ida qiyinchilik tug‘dirayotgan bir manzarada bunday shoshilinch saylov o‘tkazish ortida nima sir-sinoat bor, degan savolni paydo qildi. Qolaversa, bu yoqda Efiopiyaning Nahza suv ombori kabi regional janjalli muammosi turibdi… Buning ustiga, Liviyaga harbiy aralashishga chaqirish manzarasida, Parlamentning chegara ortidagi harbiy missiyada Misr armiyasining qatnashishini ma’qullashidan so‘ng urush sur’atlari tezlashib ketmoqda… Ustiga-ustak, Misr Vakillar palatasi juda sust ishlabdi, bu yoqda odamlardan yiriq qismi qamoqlarda sudsiz, hatto tergovsiz yotishibdi, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga hamda tinch namoyish uyushtirishga cheklovlar qo‘yilgan…

Parlamentning ikkinchi palatasi o‘tgan yilgi konstitutsiyaviy o‘zgartishlar paketi doirasida qayta tiklandi. Bu o‘zgartishlardan biri 2014 yil prezident sifatida kelgan Sisiy uchun 2030 yilgacha hokimiyat tepasida qolishga hamda vakolatlarini kengaytirishga, armiyaning siyosiy hayotdagi nufuzining kengayishiga ruxsat beradi. Senatning 300 a’zodan tashkil topishi belgilandi, a’zolarning uchdan ikki qismi ro‘yxat va individual tizim bo‘yicha saylanadi, qolgan bir qismi esa, respublika prezidenti tomonidan besh yil muddatga tayinlanadi.

Hukumat Parlamentdagi ikkinchi palataning qaytishiga «demokratining rivojlanishi va xalq uchun suverenitet printsipini mustahkamlash» sari yangi qadam ekanini sabab qilib keltirdi. Biroq keltirilayotgan ushbu sabab ayni palataning bundan etti yil muqaddam bekor qilinishi sabablariga ziddir. Chunki 2013 yilga qayta nazar soladigan bo‘lsak, hozirgi konstitutsiyani yozish uchun tayinlangan ellik kishilik qo‘mita bir ovozdan qaror qabul qilgan. Unda «sho‘ro majlisi» (Parlamentning ikkinchi palatasi)ni bekor qilinishiga uning korruptsiya uchun eshik bo‘layotgani sabab qilib keltirilgan. Shuningdek, hukmron rejimning ayni palatadan o‘ziga moyil odamlarni siyosiy jihatdan rozi qilishda foydalangani ham sabab qilingan. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: U korruptsiya eshigi bo‘lgan bo‘lsa, nega qayta u eshikni ochilyapti?! Bugungi parlament o‘z bo‘ynidagi vazifani qildimi, masalan, Tiran va Sanafir orollarini Saudiyaga voz kechish kelishuvi yoki Nahza suv ombori bilan bog‘liq kelishuvlarni ko‘tardimi?! Shu vazifalarni parlament qilmagandan keyin uning yana bir palatasining kimga keragi bor, undan kimga foyda, axir, bu oddiy misrliklar bo‘yniga ortiqcha yuk bo‘lib tushmaydimi?! Bu palataning aytarli vakolatlari ham yo‘q, faqat qonun loyihasini o‘rganib chiqadi va parlamentga tavsiyalar taqdim etadi, xolos! Biroq aftidan, Misr rejimi o‘zining parlamentga kirish nasib qilmagan tarafdorlarini rozi qilish yo‘llarini istayotgan ko‘rinadi. Kambag‘allik avj olib, qashshoqlik darajasiga etib, odamlar puldan juda qiynalayotgan bir paytda, rejim hokimiyatdagi «ulush»ga o‘sha tarafdorlarini sherik qilish uchun mana shu ikkinchi palatadan foydalanmoqchi!

Parlamentning birinchi palatasiga a’zolar butun razvedka yo‘laklaridan kirib-joylangani kabi, ikkinchi palatada ham shunday ahvol takrorlanadi. U insonlar ishlariga qayg‘urmaydigan, ularning manfaatlarini qo‘riqlamaydigan bir korruptsiyachi rejimning qabih basharasini suvab-chiroylilab turuvchi bir dekoratsiya vazifasi bilan shug‘ullanadi, xolos. Insonlar ishlariga qayg‘urish u yoqda tursin, uning bor-yo‘q tashvishi hokimiyat kursisiga mahkam yopishib olib, Oq uydagi xo‘jayinlari manfaatlarini amalga oshirish va yangi tarafdorlar sotib olib, korruptsiyachilar doirasini kengaytirish bo‘ladi. Demak, bu palata faqat shuning uchun kerak, boshqa zarurati yo‘q. Uning uchun davlat mablag‘i behuda sarflanmoqda, chunki ayni saylov xarajatlariga ikki milliard Misr valyutasi sarflandi. Bundan tashqari, senatning o‘ziga sarflanayotgan mukofotlar va xarajatlar ham yiliga yarim milliard Misr valyutasini tashkil qiladi. Darhaqiqat, saylov okruglari hokimiyat vakillari va ularning  xizmatchilari soniga qarab ajratilgan. Aksariyat okruglarda faqat bitta ro‘yxat bo‘lib, u o‘zi bilan o‘zi raqobatlashadi. Bu ro‘yxat xavfsizlik xizmati tomonidan tuzilgan.

Garchi rejim bu saylov haqida ikki oydan beri gapirib kelayotgan bo‘lsa-da, biroq ko‘pchilik odamlar bundan xabarlari yo‘q. Hatto saylovning birinchi kuni yurtda saylov bo‘layotgani ba’zilar uchun tasodif bo‘ldi! Buning ustiga, saylov uchastkalariga odamlarning kam kelishidan shu narsa ko‘rinyaptiki, insonlar bir qirg‘oqda, rejim boshqa qirg‘oqda yashayapti. Chunki haqiqatda ham, rejimni na insonlar qiyinchiligi tashvishlantirsin, na valyuta inflyatsiyasi, na ishsizlik va na suvsizlik. Vaholanki, bularning barchasi Misr uchun real tahdiddir. Hatto avval Kipr, so‘ng Gretsiya bilan chegaralarning demarkatsiya qilinishi ortidan Misrning iqtisodiy suvlaridan voz kechishi ham rejim uchun tashvish emas. Aksincha, u senat uchun shunday soxta saylov jarayonlariga millionlab xarajat qilishni biladi, alhol, senatning asosiy vazifasi biznesmen va manfaatdor kimsalardan iborat tarafdorlarini ko‘nglini olishdan hamda bundan bir necha yil avvalgi rejimga rozi bo‘lish bilan poraxo‘rlikka yangi eshik ochib berishdan boshqa narsa bo‘lmaydi.

Odatdagidek, rejim odamlarni majburan ovoz berishga undashga urinyapti va shu orqali o‘zining yo‘qotgan qonuniyligini qayta topish uchun saylovga ko‘p sonda odam kelishini ta’minlamoqchi. Hukumat idoralarida ishlovchi barcha misrliklar o‘z rahbarlari tomonidan saylovlarda qatnashish zarur, degan og‘zaki ko‘rsatma oldi. Hatto shunday ko‘rsatma nohukumat va xususiy sektorlardagi ishchilarga ham berildi. Bu ishda idoralar rahbarlari bilan xavfsizlik doiralari, xususan, milliy xavfsizlik xizmati o‘tgan ikki kun mobaynida bog‘lanib, ulardan davlat xavfsizligi xizmatidagi nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashni talab qilishdi hamda g‘alaba qozonish uchun ro‘yxatdagi nomzodlarning kerakli foizlarga erishishlarini ta’minlashni buyurishdi. Zero, «Mustaqbali Vatan» partiyasi etakchilik qilayotgan ayni ro‘yxatdagi nomzodlarning g‘alabaga erishishlari uchun ular olgan ovozlaridan 5 foizi etarli bo‘ladi. Xo‘sh, bu Misr rejimining o‘zi boshqarayotgan o‘yini emasmi?!

O‘z odatiga ko‘ra, bu rejim uzrsiz ovoz berishga bormagan shaxslarga moliyaviy jarima solish bilan tahdid qilishni unutmadi. Masalan, milliy saylov komissiyasi raisi Loshin Ibrohim «ovoz berish tugaganidan keyin komissiya ovoz berishga kelmagan shaxslar nomlarini sanab chiqib, ularni kerakli chora ko‘rish uchun prokuraturaga taqdim etadi», degan da’voni qildi.

Bu kabi saylovlar badbashara rejimga chiroy bera olmaydi. Insonlar oldida uning aybi allaqachon ochilib-sharmandasi chiqib bo‘lgan. Ular rejimning qanchalar abgorligini, yurt boyliklaridan voz kechganini, o‘zlari, aqidalari va istaklariga yot rejimligini anglab etganlar. Shuningdek, fuqaro manfaatiga Islom asosida qaramasligini, bil’aks, Islomga va uning da’vatini ko‘tarib chiqayotganlarga qarshi mintaqada AQSh etakchilik qilayotgan urushga qo‘shilganini yaxshi biladilar.

Misr Islom qal’asidir. Fathlar boshlangan va Islomning salibchiyu tatarlar doxil dushmanlari ustidan nusratlar quchilgan diyordir. Bog‘dodda Xalifalik tugatilishi ortidan uni qayta bag‘riga olgan va Abbosiylar Xalifaligi bilan Umaviylar Xalifaligi o‘rtasidagi halqani bog‘lagan yurtdir. Demak, bugun ham Misr Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik uchun qayta boshlanish nuqtasi bo‘lishga loyiq. Bu esa, to Ummat farzandlari tomonidan anavi rejim ag‘darilmaguncha amalga oshmaydi.

وَنُرِيدُ أَن نَّمُنَّ عَلَى الَّذِينَ اسْتُضْعِفُوا فِي الْأَرْضِ وَنَجْعَلَهُمْ أَئِمَّةً وَنَجْعَلَهُمُ الْوَارِثِينَ

«Biz er yuzida xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni barchaga peshvo zotlarga aylantirishni va ularni vorislar qilishni istaymiz» [Qasos 5]

Roya gazetasi saytidan olindi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.