Arabiyya telekanali Islom boshqaruviga hujum qilishda davom etmoqda

288
0

Arabiyya telekanali Islom boshqaruviga hujum qilishda davom etmoqda

2020 yil 12 avgust chorshanba kuni Arabiyya telekanalining «Maraya» dasturida «Hizb ut-Tahrir va Xalifalik afsonasi» nomli ko‘rsatuv bo‘lib o‘tdi. Ko‘rsatuvda boshlovchi Mushoriy Zaydiy Xalifalikni «afsona», Hizb ut-Tahrirni «bid’at», dedi.

Darhaqiqat, musulmonlar har doim «Arabiyya» kanalini ko‘rayotganlarida yo Islom boshqaruvi haqidagi yoki Islomiy Xalifalik haqidagi yoxud Islom Ummati haqidagi mafkuraga va yo biror islomiy mafkuraga hujum qilinishiga o‘zlarini tayyorlab turadigan bo‘lib qoldilar. Bu kanal o‘z minbariga Islom tuzumini va uning hayotiy turmush tarzini yomon ko‘ruvchi kimsalarni chiqarishni o‘ziga munosib ko‘rgan. Hatto bugungi kunda biz kanal bosh muharririning Amirliklar boshlagan Rosululloh ﷺning Isro maskani bosqinchilari bilan munosabatlarni normallashtirish tashabbusiga ergashib, yahudiy vujudini tan olish bilan bog‘liq telemateriallarni zo‘r berib tayyorlayotganiga guvoh bo‘lyapmiz.

Xalifalik mafkurasiga hujum qilishiga kelsak, bu hujumdan qo‘rqmasak ham bo‘ladi. Chunki u musulmonlar orasida afkori ommaga aylanib bo‘ldi. Ayniqsa, bugun mustamlakachi kofir musulmon yurtlarida sinab ko‘rgan boshqaruvlarning har biri muvaffaqiyatsizlikka uchragan bir paytda. Ummat o‘z Payg‘ambari Muhammad ning Xalifalik davlatini qayta barpo etish haqidagi bashoratlarining ro‘yobga chiqishiga intiq bo‘lib turibdi. Bu hol Arabiyya kanalini halovatini buzdi. Chunki u o‘zining Islom boshqaruviga dushman kanal ekanligidan faxrlanadi.

Arabiyyaning Hizb ut-Tahrir va uning Xaliflik sari faoliyatiga hujum qilishiga kelsak, buni tushuntirib o‘tirishga hojat yo‘q. Chunki hali Arabiyya paydo bo‘lmasidan oldin ko‘pchilik uning nomini qora qilishga urinishgan… Ammo bugun ularning makrlari ham, o‘zlari ham tugagan, ammo Xalifalikka da’vat qolmoqda, u bilan barobar Hizb ut-Tahrir ham tobora rivojlanib o‘sib bormoqda.

Biroq haqiqatdan afsuslanarli eri, dastur boshlovchisining yigirma yildan beri pastkashlik qilishdan to‘xtamayotganidir! Axir, Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlarini o‘qiydigan, so‘ng islomiy fikrlarni o‘rganadigan va qachonlardir Islomni qizg‘angan bir musulmon kishi qanday qilib ma’lum bir shar’iy ahkomlar ustidan kula oladi. Vaholanki, bu ahkomlar – masalan Xalifalik ahkomi – shar’iy dalillari bor bo‘lib, hammaga kundek ayon-ku?! Hatto bu kimsa Islom Ummati sevgan xalifalar va da’vatchilarni mazax qilmoqda! Unga aytar so‘zimiz bunday:

Mushoriy Zaydiy janobalari, Allohdan qo‘rqing va manfaat, realistlik kabi qabul qilganingiz yo‘llar sizni qaerlarga olib kelganiga bir nazar soling. Qaerda kim edingizu, kim bo‘lib qoldingiz. Axir, qarang, Islomni o‘rganib-o‘rganib, endi uni o‘zingizdan yo‘qotdingiz! Qarang, Alloh sizdan mufakkirlik haybatini olib qo‘ydi. Chunki siz dilingizni kirlashtirib, aqlingiz va tilingizni Islom ahkomlariga qarshi kurash dasturlariga sarfladingiz, bularning barchasini Ummatga xoinlik, musulmonlarga esa, zulm qilganlarga xizmat sifatida bajardingiz! Hatto o‘zingiz yomon ko‘rgan va saqlangan masxaralash mantiqi o‘zingizga baloga aylandi, dasturingiz mavzularini olib borishda qo‘llovchi uslubingiz ayni mana shu mantiq bo‘lib qoldi!

Ko‘tarib yurganingiz bu ziyolilikdan Islomni o‘rganish va tushunish uchun ko‘prik sifatida foydalansangiz, o‘zingizga naqadar yarashgan bo‘lardi va sizni ba’zi achchiq tajribalar va yondashuvlaringizdan xalos qilgan bo‘lar edi! Qarang, bugun shu ziyolilikni botilni oqlash va unga chaqirishdek isqirt narsalar bilan o‘rab oldingiz!!

Janob Mushoriy, Alloh Taolo bunday dedi:

وَذَكِّرْ بِهِ أَن تُبْسَلَ نَفْسٌ بِمَا كَسَبَتْ لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ اللَّهِ وَلِيٌّ وَلَا شَفِيعٌ وَإِن تَعْدِلْ كُلَّ عَدْلٍ لَّا يُؤْخَذْ مِنْهَا

«Va uni (ya’ni Qur’onni, odamlarga) eslatib qo‘ying! Toki biron jon kasb qilgan (gunohlari) sababli (qiyomat kunida) o‘zi uchun Allohdan o‘zga na bir do‘st va na bir oqlovchi bo‘lmagan, agar bor narsani bersa ham — undan qabul qilinmaydigan holda, halokatga tashlanmasin» [An’om 70]

Shuning uchun to‘g‘ri ish qilyapman, deya botillik jarligida o‘zingizni halok qilmasligingiz uchun biz sizga murojaat qilyapmiz. Shoyad sizda Islomga nisbatan qadimgi harislik saqlanib qolgandir degan yaxshi gumon bilan, bunday osiyliklar botqog‘iga tobora botib borishingizdan saqlab qolish uchun nasihat qilyapmiz: Allohning g‘azabidan va yomon xotima topishdan o‘zingizni qutqaring. Keyin aqlingizni tozalab, Allohga tavba qiling, solih amallar qilib Alloh va Rosulini rozi qiling, bu amallaringiz o‘tgan gunohlaringizga kaforat bo‘lsin.

فَأَمَّا الَّذِينَ آمَنُواْ وَعَمِلُواْ الصَّالِحَاتِ فَيُوَفِّيهِمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدُهُم مِّن فَضْلِهِ وَأَمَّا الَّذِينَ اسْتَنكَفُواْ وَاسْتَكْبَرُواْ فَيُعَذِّبُهُمْ عَذَاباً أَلِيماً وَلاَ يَجِدُونَ لَهُم مِّن دُونِ اللَّهِ وَلِيّاً وَلاَ نَصِيراً

«Ana o‘shanda imon keltirib, yaxshi amallar qilgan kishilarning mukofotlarini komil qilib berib, yana O‘z fazlu karamidan qo‘shimcha ham qilur. Ammo or qilgan, kibru havo qilgan kimsalarni esa alamli azob bilan azoblaydi va ular o‘zlari uchun Allohdan o‘zga biror do‘st ham, biror madadkor ham topolmaslar» [Niso 173]

Muhandis Salohiddin Azoza

Hizb ut-Tahrirning

markaziy matbuot bo‘limi raisi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.